Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet61/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Quva atamalarining lingvistik va toponimistik tahlilidan ayon bo‘lishicha, bu nom aslida “Qaviybod”, “Qavabod” yoki “Kaybod” shakllarida talaffuz etilgan. Avlodlar talaffuzida u keyinchalik o‘zgarib ketgan. Atama ikki bo‘g‘inli, u “qaviy”, “qava” yoki “kay” hamda “bod” yoki “bot” iboralari birikmasida shakllangan. “Qaviy, qava, va kay” mazkur toponimning asosi bo‘lib, “bod” esa uning ot yasovchi suffiksidir. Bu qadimiy eroncha so‘zlar “ulug‘”, “zo‘r”, “zabardast” va “martabali” yo‘lboshchi, yetakchi, sardor, boshliq,, hokim va podshoh kabi mahnolarni anglatgan. “Kay” va “kaviy” kabi sinonimik so‘zlarga “bod” yoki “bot” iborasining birikishi bilan atama “Kaybod” yoki “Qaviybat” shakllarida ifoda etilib, u “kay” yoki “qaviy”larning qarorgohi, tojdor hukmroning kayoniy taxti o‘natilgan qasr va mamlakatning bosh shahri – poytaxti mahnosini anglatadi. Demak, Quva aslida “Kaybod” yoki “Qaviybot” nomi bilan atalgan. Qadimgi Farg‘ona davlati Davanning ilk poytaxtining bunday nomlanishi shubhasiz, uzoq o‘tmishda “kay” va “qaviy” darajotlari bilan ulug‘langan yetekchi yo‘lboshchilarning yuqori martabali mavqeiga monand bo‘lib, ularning oliy darajasiga qiyosan “kay” va “qaviy”lar qarorgohi va poytaxti kabi mahnolarni bildirgan. Xullas, Quva shahrinng nomi podshoh qarorgohi va mamlakat poytaxti ma’nosini anglatadi.
Demak, Quva (“Kayobod”) Farg‘onaning qadimiy poytaxtidir”1.
Bizning fikrimizga ko‘ra, Quvaning qadimgi nomi Quvo deb atalganligi haqiqatga yaqindir. Chunki fors tilida “Quvo” so‘zi “kuch quvvat” ma’nosini anglatish bilan birga2 ikkinchi yana bir ma’noga ega bo‘lgan. Ya’ni “Quvo” so‘zi “mustahkam qal’a” ma’nosini ham anglatib kelgan.3 Shu sababdan shahar Quvo nomi bilan atalgan bo‘lishi mumkin. Qolaversa, fikrimizni sharqshunos olim A. Xo‘jaevning tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Unga ko‘ra, xitoy manba- larida eramizdan avvalgi II asrlarda Davan (Farg‘ona) davlatining poytaxti bo‘lgan Guyshuan, Gesay nomlari bilan qayd etilgan shahar aslida Quvasoy toponimikasining xitoycha “Kuvay-san” transkripsiyasidir4. Demak miloddan avvalgi II asrlarda Quva Quvasoy nomi bilan atalgan bo‘lsa, shaharni chindan ham Quvo nomi bilan bog‘lashimizga asos bor. Shaharni mustahkam qal’a sifatida “Quvo” nomi bilan atalganligini 1996-1998 yillarda olib



B.744.
1Muhammadjonov A. Qubo – Quva demakdir. Moziydan sado.1(29). 2006.-B. 8-9.
2Navoiy asarlari lug‘ati. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972. –


3Persidko-russkiy slovar. Sostavitel prof.B.V. Miller. 1953. S. 387.
4Xodjaev A. Izvlecheniya iz kitayskix istochnikov // Materialы po etnicheskoy istorii

tyurskix narodov Sentralnoy Azii. T., 2003. S. 6.

borilgan arxeologik tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Chunki Quva shahristoni devorlarini hozirgacha saqlanib qolganlarining qalingligi 12-15 metrga, balandligi 6-8 metrga boradi1. Garchand ushbu devorlar o‘rta asrlarda barpo etilgan bo‘lsada, biroq shahar devorlarini mustahkamligi V-VI asrlarda ham keyingi davr devorlaridan qolishmas edi. Qolaversa, qadimgi Quva shahri aholisini arablarga ko‘rsatgan qarshiliklarini nazarda tutsak mazkur shaharni bejiz “Quvo” nomini olmaganligiga amin bo‘lamiz. Shunday ekan Markaziy Osiyoning qadimgi shaharlarining nomlanishida ularning geografik joylanishi, tabiati, aholisining turmush tarzi va diniy e’tiqodlari singari o‘ziga xos jihatlari muhim ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, Quvaning qadimda Quvo deb atalishiga uning dushman hujumlariga bardosh beruvchi mustahkam qal’asi va aholisining jasurligi sabab bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas.
Albatta, shu kunga qadar mavjud bo‘lgan yozma manbalar va olib berilgan arxeologik tadqiqotlar qo‘hna Qubo tarixi to‘g‘risida muhim ma’lumotlarni bermoqda. Biroq yozma manbalar va arxeologik topilmalardan tashqari Quva tarixiga doir muhim ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan yodgorliklar bular tuman hududida joylashgan ziyoratgohlar bo‘lib, ular hali deyarli tadqiq etilmagan. O‘ylaymizki kelgusida mazkur ziyoratgohlarning o‘rganish tufayli biz Quboning qadim tarixi yuzasidan yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Shu kunga qadar Quva tumanida olib borilgan izlanishlarimiz tufayli quyidagi ziyoratgohlar aniqlandi:
1.Ayritom ota mazori. 2. Chilla mazortepa ziyoratgohi. 3. Sa’d ibn Vaqqos ziyoratgohi. 4. Bolalik qayrag‘och ziyoratgohi. 5. Buloq buva ziyoratgohi, 6. Qayrag‘och mozor. 7. Qorovul ota ziyoratgohi 8. Oq ota mazori. 9. Xo‘ja 10. Hasan mazori. 11. Chirmoch ota mazori. 12. Qorong‘il ota mazori, 13. Xo‘jam podshoh ziyoratgohi. 14. Xo‘ja Bilol ota mazori. 15. Xo‘ja 16. Xo‘ja Ahror Vali mazori.
17. Qorong‘u ota mazori. 18. Xo‘ja Kiprik mazori, 19. Mo‘ndaloq ota mozori. 20. To‘nqo‘yma mozori. 21. Qizmozor ziyoratgohi. 22. Sho‘ralangar ota mozori. 23. Besh terak ota mozori. 24. 25. Go‘dak mozor. 26. Shahid mozor. 27. Mozorbuva ziyoratgohi. 28. Oqtepa mozori. 29. Mozortagi ziyoratgohi. 30. Takyontepa mozori
31. Xo‘ja Chilgaz mozori. 32. Sayidi A’lo mozori. 33. Yuvosh ota mozori. Ta’kidlab o‘tish joizki Quva tumanida ham O‘zbekistonning boshqa arxeologik yodgorliklarida bo‘lgani kabi yodgorliklar aksariyat hollarda uning hududida joylashgan muqaddas ziyoratgohlar nomi bilan atalgan. Bu esa, o‘z navbatida, yodgorlikni paydo bo‘lish tarixi shu mozorda dafn etilgan avliyo bilan bog‘liq degan qarashlarni ham keltirib chiqargan. Masalan, Qorovultepa ziyoratgohini olaylik. Ushbu ziyoratgoh Quva tumanining Tolmazor qishlog‘ida joylashgan. Rivoyatga ko‘ra, Qorovul ota Sa’d ibn Vaqqosning akasi bo‘lib, g‘orga kirib g‘oyib bo‘lgan. Unga atab keyinchalik ramziy kichik qabr ko‘targanlar. Aholining tasavuriga qaraganda u Quvaning balogardoni hisoblanadi2. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra yetti aka- ukaning biri hamdir1.


1Matboboev B. Qadimgi Quva... –B.55.
2 Dala tadqiqotlari. 2003 yil. Farg‘ona viloyati, Quva tamani, Tolmozor qishlog‘i.
Mazkur arxeologik yodgorlikdagi “g‘or” atamasi, aslida, buzilgan qo‘rg‘onning kirishdagi arkasimon usulda qurilgan qismi bo‘lsa-da biroq mahalliy aholi uni avliyolar g‘oyib bo‘lgan g‘or deb qarab kelishi natijasida turli rivoyatlar yuzaga kelgan. Bunday g‘orlar nafaqat Quvada balki unga qo‘shni bo‘lgan hududlarda ham uchraydi. Masalan, Xojam poshsho arxeologik yodgorligidagi bunda holatni mahalliy aholi “chiltonlar g‘ori” deb ataganlar2. Yodgorlikning o‘ziga xos arxitekturasi, tepalikning g‘ayrioddiy ko‘rinishi aholini bu yodgorliklarga sakral munosabatda bo‘lishlariga asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Har bir tumandagi arxeologik yodgorliklarda bu qarashlar o‘z ifodasini topgan. Mahalliy xalq orasida “Aziz joylarda azizlar yotadi”, degan qarashlar aks etganligidadir. Farg‘ona viloyatida hozirgi kunga qadar ro‘yxatga olingan 112 ta arxeologik yodgorliklari jami 19 ta tuman va shahar hududlaridagi Oqtepa, Bandikushod buva, Ummatbobo, Rapqon mozor, Chiltonmozor, Qorashoh mozor, Oqota, Bo‘ston ota, Qorovul ota, Zurak momo, Qizlar mozor, Langar mozor, Sohibi Hidoya, Arab mozor, Garbobo, Mashhad mozor, Xo‘jam poshsho, Mo‘yi muborak, Abu Turob, Xoja Chilik, Xo‘ja Kiprik, Xo‘ja Bilol, Hazrat Ali, Xo‘ja Orif ziyoratgohlari mazkur arxeologik yodgorliklarida joylashgan bo‘lib, arxeologik yodgorliklar ham shu ziyoratgohlar nomi bilan atalgan va yodgorlikni anglatuvchi “tepa” so‘zi mozor nomiga qo‘shib aytilgan3. Masalan Chillamozortepa, Xo‘jam poshsho tepa singari.
Arxeologik yodgorliklarlar bilan bog‘liq ziyoratgohlar Farg‘ona vodiysining Andijon, Namagan viloyatlarida ham mavjuddir. Tadqiqotlarimiz davomida Namagan viloyatidagi mavjud Buvi ona mozori, Sherqurbon Vali mozori, Chillamozor, Chodak mozor, Uyg‘urmozor, Tolmozor,


1Abashin S.N. «Sem svyatыx bratev» // Podvijniki islama. M.: Vostochnaya literatura, 2003. S. 19.
2 Dala tadqiqotlari. 2003 yil. Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Avval qishlog‘i.
3 Bu haqda qarang: Ivanov G. P. Otchet arxeologicheskix rabot Ferganskogo oblastnogo muzeya v 1996. Nauchnыy arxiv FOKM. № 1855; Abdulahatov N, Hoshimov B. Mo‘yi muborak...– B. 82; Vorones M. E. Kamennoe izobrajenie zmey iz kishlaka Sox Ferganskoy oblasti // Kratkie soobщeniya o dokladax i polevыx issledovaniyax instituta istorii materialnoy kulturы. 61. M., 1956. S. 55.; Gorbunova N.G. K voprosu o lokalizatsii nekotorыx srednevekovыx gorodov yujnoy Ferganы // Srednyaya Aziya i yee sosedi v derevnosti i srednevekove. M., 1981. S. 86; Oboldueva T.G. Otchet o rabotax na xolme Xudjam–posho v 1973 // Otchet o rabote Ferganskoy ekspeditsii v 1973 godu. Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi ilmiy arxividan. №418; Dala tadqiqotlari. 2003 yil. Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumani, Avval qishlog‘i; Mirzaliev G. Otchet o razvedochnыx rabotax na Usman–tepe i Ak–tepe // Otchet o rabote Ferganskoy ekspeditsii v 1973 godu. Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi ilmiy arxividan. №418; Dala tadqiqotlari 2002 yil. Farg‘ona viloyati, Oxunboboev tumani, Langar qishlog‘i; Dala tadqiqotlari 2004 yil. Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Zurayk momo qishlog‘i; Gorbunova N. G. Otchet o rabote Ferganskoy ekspeditsii v 1973 godu. Arxiv oblastnogo muzeya №418; Ivanov G. P Arxeologicheskie rabotы Ferganskogo oblastnogo muzeya // O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar. T., 2002; Ivanov G.P. Raskopki Kitkon–tepe. Otchyor o rabote po sostavleniyu arxeologicheskoy kartы Ferganskoy oblasti v 1976. FOKM №458; Ivanov G. P. Shigin A. Ye. Raskopki Kitkon–tepe. Otchet ob arxeologicheskoy ekspeditsii Ferganskogo oblasnogo muzeya v 1977 g. FOKM №45; Dala tadqiqotlari. 1998 yil. Farg‘ona viloyati, Quva tumani, Qadimgi Qayquvot tepaligi; Bulatova V. A. Drevnyaya Kuva. T., 1972.
Chormozor, Jiydali mozor, Oq mozor, Bo‘zchi mozor, Go‘rimiron shuningdek Andijon viloyatidagi Qilich mozor, Ali tepa, Niyozbotir mozori, To‘skovul ota mozori, Go‘dak mozor, Daxma tepa, Qashqarmozor, Quvvatmozor, Ulug‘ mozor, Xutaqambarota, Askarbuva mozori, Xovuskon ota mozori, Qambar ota, Oppoq xo‘ja, Ko‘paymozor, Manaq ota, To‘qqiz buloq mozori, Kindik tepa, Mozor tepa, Oqto‘nlik ota, Qiz mozor singari ziyoratgohlar aynan qadimgi arxeologik yodgorliklarda joylashganligi qayd etildi1.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, muqaddas ziyoratgohlarning arxeologik yodgorliklarda mavjudligi ikki tomondan shu yodgorlikni va ziyoratgohni saqlanib qolishida muhim rol o‘nagan. Binobarin, ziyoratgohni mahalliy aholi tomonidan aziz-avliyolar yashab o‘tgan joy sifatida qarashlari ushbu arxeologik yodgorliklarni muqaddas joy sifatida saqlanib qolinishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Bu esa yodgorliklarni tadqiq etish va ularni tarixini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunisi e’tiborga loyiqki, mazkur yodgorliklarni qadimgi Buyuk Ipak yo‘li shaharlari hududida joylashganligi ham o‘z navbatida aholi yashash punktlarida keyingi ziyoratgohlarni paydo bo‘lishi uchun muhim rol o‘ynagan2.



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling