Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Xitoy yilnomalari ma’lumotiga ko‘ra, VII asrda vodiyda ikkita poytaxt bo‘lgan: shimoliy tomonda Koson Turk hoqonligi hukmdorlarining qarorgohi va janubda- Xuminda mahalliy hukmdorlar vakili turgan. Xumin qaerda joylashgani noaniq bo‘lsa-da, ammo VIII asr boshlaridagi Quvaning siyosiy va iqtisodiy salohiyatini hisobga olib, arab manbalaridagi Qubo va Xitoy yilnomalaridagi Xumin bir shahar, ya’ni Quva degan xulosaga kelingan.
Dastlabki keng ko‘lamli arxeologik qazishmalarni O‘zbekiston Respublikasi FA Tarix va arxeologiya instituti xodimlari 1956-1970 yillari akademik Ya. G‘ulomov rahbarligida olib bordi. Arxeologlar yodgorlikning turli joylarida qazishmalar o‘tkazdilar. Natijada arkning X asrda buzilib yaroqsiz holga kelib qolgani xaqidagi yozma manbalar xabarini qazishmalar tasdiqladi. Biroq o‘rta asrlarda Quvaning kuchsizlanishi to‘g‘risidagi fikr o‘z rivojini topmadi. Ya’ni, shahar siyosiy va madaniy markaz sifatida to XIII asr boshlariga qadar, ya’ni mo‘g‘illar tomonidan vayron etilguncha yirik kentlardan biri bo‘lib qoldi. Ayniqsa, shahristonning shimol tomonida keng ko‘lamli arxeologik qazishmalar olib borildi. Bu yerda 1958-1959 yillari buddaviylik ibodatxonasi kovlab ochildi. Yashash joyi va ibodatxona, undagi sig‘inish iajmuasi yaxshi saqlangan. Bu kompleks VII asrda faoliyat ko‘rsatgan va VIII asr boshlarida buzib yuborilgan. Quvadan aniqlangan haykallar va boshqa topilmalar ushbu shahar aholisining bir qismi arablar kelgunga qadar buddaviylik diniga sig‘inganini dalillaydi. Buddaviylik aholi sig‘ingan yagona din emas edi, 1956-1958 yillardagi qazishmalarda otashparastlik dini bilan bog‘liq topilmalar ham aniqlangan. Zardushtiylik va buddaviylik topilmalari VII-VIII asrlarga taalluqli va ular ikki diniy tizim vakillarining Quva shaxrida yonma-yon yashaganlarini ko‘rsatadi. Bunga yana xristianlikning xoch (krest) ko‘rinishidagi taqinchoqni ham kiritish kerak. Bu topilma X asr bilan belgilanishi mumkin. 1996-2006 yilardagi qazishmalarda yodgorlikning janubi-sharqiy burchagida balandligi 4 metrdan ortiq bo‘lgan shahar qadimgi devorining bir qismi ochildi. Shahristonning janubi-sharqiy burchagida arxeologlar va me’morlar uchun ahamiyati katta bo‘lgan darvoza ochib o‘rganildi. Bungacha shahristonda ikkita darvoza bor deb qaralgan. Natijada shahar kirish qismining murakkab me’moriy yechimlari aniqlandi va bunday inshoot, aytish mumkinki, Markaziy Osiyo o‘rta asrlar tarixida birinchi marta to‘la ochib o‘rganildi. Izlanishlarning ko‘rsatishicha, shahar darvozasi o‘rta asrlardan ham oldinroq mavjud bo‘lgan. Arxeologlar janubiy mudofaa devorini ham o‘rgandilar. Ammo bu yerdan eramizning VI asrdan oldingi vaqtga to‘g‘ri keladigan fortifikatsiya inshooti qayd etilmadi. Tadqiqotlar davomida shaxar maydoni bir tekisda o‘zlashtirilmaganligi aniqlaydi. Janubiy va g‘arbiy mudofaa devorida eramizning birinchi asrlariga oid mavze qazib o‘rganildi. O‘tgan asrning 50-yillarida arxeologlar ark va shahristonning maydoni 12 gektarligi va VI asrga kelib bu maydonga aholi sig‘may qolib, shahriston tashqarisiga chiqilganini aniqladilar. Bundan tashqari, shimoliy devorning kesimi, uning ostida eramiz boshlariga oid yana qandaydir mudofaa devori borligini qayd etildi. Umuman, o‘tgan asrning 50-b0 yillaridagi tekshirishlar natijalari: ya’ni, birinchi asrga oid sopollari ko‘plab uchrashi, ikkita bronza paykonlarining topilishi Quva eramiz boshlarida paydo bo‘lgan, degan xulosaga olib kelgan edi. Keyingi yillarda Quvada yanada qadimgi madaniy qatlamlar to‘grisida materiallar topidsi. Birinchi marta shahristonni janubi-sharqiy burchagidagi kezishma paytida bronza paykon topildi. Xuddi shunga o‘xshash kamon paykonlari Farg‘ona vodiysi ilk temir davrining mozor-qo‘rg‘onlarida uchragan edi va Pomirdagi shunday topilmalarga o‘xshashligi hisobga olinib, miloddan avvalgi V asr deb sanasi belgalangan . Qadimgi davrni yorituvchi ko‘plab arxeologik materiallar 1998 yilgi qazishmalar paytida topildi. Bir paytda ikki nuqtada shaxriston janubi- sharqiy burchagida va janubiy mudofaa devorlari ostidan qadimgi belgilari bilan sopollar kompleksi qayd etildi. Sopollar aksariyati qo‘lda yasalgan va sirti och sariq va qizil angob bilan qoplangan. Ba’zilarida bo‘yoq izlari ham saqlangan. Texnologik belgilari va idish shakllari vodiyning Eylaton madaniyatida uchraydi va miloddan avvalgi VI-III asrlar bilan belgilanadi. Quva topilmalari Eylaton kompleksining keyingi davriga to‘g‘ri keladi va shunga qaramay, shahriston topilmalari 2500 yil bilan sanalanishi mumkin”1 Shuningdek Boqijon Matboboevning “Qadimgi Quva (Qubo)” nomli maqolasidagi ma’lumotlar ham G.P.Ivanov keltirilgan fikrlarini tasdiqlaydi: “Quva (Qubo) Farg‘ona vodiysi va umuman Markaziy Osiyo tarixida 1500 yilga yaqin siyosiy sahnada turdi. Buning bir ijtimoiy-iqtisodiy sabablari bor edi. Quva yer osti va usti boyliklari serob bo‘lgan georafik nuqtada joylashgandi. U g‘arb va sharqni birlashtirgan yo‘l bo‘yidagi shahar edi. Uzoq So‘g‘d (Buxoro, Samarqand), Baqtriya - Toxariston (O‘zbekiston janubi, Afg‘oniston shimoli)dan kelgan savdo karvonlari olis Xitoyga yo‘l olishdan oldin Quvada qo‘nim topardilar. Ortiqcha tovarlar sotilib, keraklilari g‘amlab olinadigan savdo markazi edi. Yana shu bilan birga Quva dehqonlar va ko‘chmanchi chorvadorlar manfaatini birlashtiruvchi hunarmandlar shahri ham edi. Atrofdagi chorvador yoki dehqon o‘z mahsulotiga shahardan kerakli uy-ro‘zg‘or, qurol - aslaha buyumg‘ariga almashtirib yoki sotib olib ketavergan. Quva o‘rta asrlarda asl hunarmandlar, ilm - fan, madaniyat arboblari to‘plangan ziyolilar shahri ham edi 2”. Zahiriddin Muhammad Boburdan so‘ng to XVIII asrning boshlariga qadar Quva to‘g‘risida yozma manbalarda ma’lumot uchramaydi. XIX asr boshlaridan boshlab tarixiy va badiiy asarlarda Quva shahrini Qubod nomi bilan yuritala boshlangan. Folklorshunos olim M.Jo‘raev tomonidan nashrga tayyorlangan “Ipak yo‘li afsonalari” to‘plamida “Qayquvod tepa” afsonasi keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra qadim zamonlarda Quvada bir podishoh bo‘lib, 1 Ivanov G.P. Qadimgi Quva shahri // Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlari. T.,2008. – B.88-89. 2 Matboboev B. Qadimgi Quva (Qubo) // O‘zbekiston tarixida qadimgi Farg‘ona. T.: Fan, 2001. – B.65. uni asli oti Qayqubot bo‘lgan ekan1. Bunday rivoyat bizningcha, o‘rta asarlardan keyin Quvada batomam hayot to‘xtab oddiy tepalik holiga kelib qolgandan so‘ng paydo bo‘lganligi ehtimoldan xoli emas. Shu boisdan tarixchilar Quva singari Quvodiyon shahrini ham Kay Qubod ismli afsonaviy shaxs tomonidan qurilganligiga shubha qilmaganlar. Jumladan, XVIII asrda yashab o‘tgan tarixchi Muhammad Tohir o‘zining “Ajoyib at-tabaqot” nomli asarida quyidagilarni keltiradi: “Qubodiyon (Tojikistoning Shahrituz tumanidagi Kayqubod qal’asi- N.A.) Movarounnahrga tobe qishloqlardan bo‘lib… uni Kayqubod ibn Eroj bino etgan…Qadimda ushbu viloyatni Qubodobod deb ataganlar. Keyinchalik u Qubodiyon nomi bilan mashhur bo‘lib ketdi”2. Xalq orasida Kayqubod to‘g‘risidagi afsonalar va dostonlarning keng tarqalganligi ham Quvaning shu nom bilan atalishining yana bir sabablaridan bo‘lishi mumkin. XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida yashab ijod qilgan Qo‘qon adabiy muxitining yirik vakillaridan biri Gulxaniy ham o‘zining “Zarbulmasal” asarida ham Quva to‘g‘risida shunday yozadi: “Roviylar andog‘ rivoyat qilurlarkim, ilgarigi ahli ayyomi nofarjomda Farg‘ona iqliminda Kayqubod otliq podshohdin qolg‘on bir eski shahriston bor edi”3. Mulla Olim Maxdum Hoji o‘zning “Tarixi Turkiston” asarida XVIII asrning ikkinchi yarmida hukmronlik qilgan Qo‘qon xoni Norbo‘tabiy davrini tavsif qila turib Quvani Qabodiyon nomi bilan tilga olib o‘tadi: “Norbo‘taxon birodari Hojibek ilan bir necha kun Andijonda turib, andin azimat aylab, Qabodiyonga qo‘nub va andin Yormazorg‘a kelib, andin dorul amoralari Ho‘qand shahriga doxil bo‘libdur”.4 Qizig‘i shundaki, 1812 yili Qo‘qon xonligiga tashrif buyurgan hindistonlik sayyoh Mir Izatulloh ham Qubo qishlog‘ini Qayqubod nomi bilan ataydi5. Qo‘qon xonligi davrida ko‘hna Qubo shahristoni xaroblari tepaligi tuprog‘ining selitraga boyligi sababidan o‘q dori uchun xom ashyo vazifasini bajaruvchi sho‘r (selitra) qazib olingan6. Aynan shu sababdan qadimgi shahriston Sho‘r nomi bilan ham yuritilgan7. Keyinchalik qadimgi shahristondan sho‘r qazib olinishi haqidagi ma’lumotlar rus tadqiqotchilarining ham asarlarida qayd etilgan8. 1811 yilda Shoh Hakim Holis tomonidan yozilgan “G‘azotnomai Shoh Jarir” yoki “Safed Bulon qissasi” deb ataluvchi dostonida arablarning Markaziy Osiyoga dastlabki yurishlari va islomning ilk yillarida Farg‘ona 1 Ipak yo‘li afsonalari. Toshkent, 1993. – B.121. 2 Axmedov B. Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI-XVIII vv. Tashkent, 1985. S.144. 3 Gulxaniy. Zarbulmasal. Toshkent, 1974. – B.9. 4 Mulla Olim Maxdum Hoji. Tarixi Turkiston. Qarshi.: Nasaf, 1992. –B.19. 5 Puteshestvie Mir Izzet Ullы v Kokandskoe xanstvo (1812) // Istoriya Uzbekistana v istochnikax. T.:Fan, 1988. S. 158. 6 Troiskaya A.L. Katalog arxiva Kokandskix xanov XIX veka. M.: Nauka, 1968. S.312. 7 Mirzoolim Mushrif. Qo‘qon xonligi tarixi. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1995.– B. 68. 8 Masalskiy V.I. Turkestanskiy kray. t.XIX, SPb., 1913. S.708. vodiysida vodiysida jumladan Qubo, Axsikent, Koson shaharlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealarni bayon qiladi. “Safed Bulon qissasi”da hikoya qilinishicha, VII asrning oxirlarida Arabistonda hokimyat uchun kurash avj olgan bir paytda, ana shunday yurishlarning biriga Muhammad alayhis salomning nabiralari Shoh Jarir [Muhammad Jarir] boshchilik qiladi. U Farg‘ona vodiysida islom dinini joriy qilish maqsadida o‘n ikki ming qo‘shin bilan bu yerga keladi. Bu yerda u Qubo podshosi Xushdod bilnod, Koson hokimi Ixshid va O‘ng‘or hokimi Karvonbos bilan jang qiladi. Muhammad Jarirning Farg‘onaga kelishi va Safed Bulon deb ataluvchi mavzeda 2700 sahoba va sahobai tobe’inlarning halok bo‘lganligini Jamol Qarshiyning “Mulxaqot as-suroh” asarida ham tilga olanadi1. “Safed Bulon qissasi” dostonning muhim tomoni shundaki, unda keltirilgan voqealarning to‘liq bayoni hozircha mazkur dostondan boshqa hech bir asarda mavjud emas. Ayniqsa Qubo bilan bog‘liq kechgan voqealar boshqa manbalarda tilga olinmaydi: “Bu yonda bor turur Qubo degan shahar, Ulug‘ini oti Xushdod bad qahr. Quboni begidur ul gibri noahl, Ko‘rinur har kimarsa ko‘ziga sahl.. Oni farmonida ko‘p qal’a bordur, Barisig‘a vazifa ul berodur” 2. Dostonning davomida Shoh Jarirni Qubo hukmdori Xushdod bilan jang qilgani va uni Qubo shahrini olib Axsiga ravona bo‘lganligi haqida so‘z yuritiladi. XIX asrning ikinchi yarmida Qo‘qon adabiy ilmiy muhitidan yetishib chiqqan iste’dodli olim, mohir tabib va ma’rifatparvar shoir Mahmud Hakim Yayfoniyning “Xullas ut –tavorix” asarida Qubo haqida ma’lumotlar uchraydi: “Zamoni avvalda Farg‘ona muzofotiga Sulton Mahmudxonni zamonida Abusaidxon podshohi adolatshior erdi. Abusaidxondin besh adad o‘g‘ul qoldi va bul mulkini hukumati alarga ta’luq topdi. Alarni poytaxtlari viloyati Qubod erdi. Alhol mashhurda Quvodir va bul Qubod aval vaqtda bir shahri azim va viloyati base’ erdi. Alholda bir qishloqdur”3. O‘zbek shoiri, tilshunos, ma’rifatparvar olim Is’hoqxon Junaydulloxo‘ja o‘g‘li Ibrat(1862-1937 yy.) o‘zining “Tarixi Farg‘ona” asarida Quva to‘g‘risida kengroq ma’lumot keltiradi: “Ammo “Ravzat us – safoda”No‘shiravon atosi Qubod podshoh vaqti vafotiga yaqin Turkiston mamlakatini No‘shiravon o‘g‘liga tayin qilib, Farg‘onani aksar joylarini ul obod qilgan ekan. Quboni Qubod o‘zi bino qilgan ekan. Farg‘onaning 1 Dyakonov M.M. Neskolko nadpisey na kayrakax iz Kirgizii // epigrafika Vostoka. M., 1948. S. 14. 2 Shoh Hakim Holis. “ Safed Bulon qissasi”. Toshkent, 1994. – B.46-47. 3 Mahmud Hakim Yayfoniy. “Xullas ut-tavorix” Qo‘qon adabiyot adabiyot muzeyi. №70(1440). –B.145. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling