Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet56/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Qit’a:
Siyosat misqalida zulm rangin, Jahon ko‘zgusidin bilkull oritti. Ki qahri biymidin fitna qochibon, Adam sahrosig‘a ketti va yetti.


Bir kuni bir bebok kishi uning huzuriga guldasta keltirdi. Tamg‘ochxon
so‘radi:

  • Bu gulni qaerdan olding?

  • Gulzordan keltirdim, dedi.

  • O‘z mulkingdagi gulzordan keltirdingmi?

  • Yo‘q boshqa birovning gulzoridan.



1Samarqand tarixi. Birinchi tom. T.: Fan, 1971. – B.149-150.
2 Narshaxiy. Buxoro tarixi. T., 1991.– B. 108.

  • Gulzor egasidan so‘radingmi?

  • Yo‘q. Bu gulni shaharda sotmaslar. Ko‘p beqadr narsadir.

Bu so‘zni podshoh eshitdi va bir muddat o‘ylanib qoldi. Keyin dedi:

  • Agar har kim birovning gulzoridan beruxsat gul olsalar, birovning bog‘idan mevalar olsalar, fuqaro bog‘u bo‘stonlari xarob bo‘lur.

Boshini ko‘tarib dedi:

  • Buni qo‘lini kesinglar.

Akobirlar uning gunohini so‘radilar. Shoh quloq solmadi va bir qo‘lini kesdirdi.
Tamg‘ochxon hamisha shunga o‘xshash fasodchilarni jazolar edi. Bir kuni bir to‘da fasodchilar uning saroyiga kelib: “Biz misoli sabzalardurmiz, Birimizni yulib tashlasang, yana boshqatdan ko‘karib chiqaveramiz”, dedilar.
Tamg‘ochxon ularga xat bitib chiqarib yubordi. Xatda: “Biz misoli bog‘bondurmiz. Har qanday begona o‘t unib chiqsa, tomiri bilan yulib tashlayveramiz”, deyilgan edi”.
Shuningdek, Nuriddin Muhammad Avfiyning “Lubob al-albob” (“Qalblar qalbi") kitobida Qoraxoniy hukmdor Ibrohim Tamg‘ochxonni mamlakat osoyishtaligi uchun ko‘rgan chora-tadbirlari hikoya qilinadi:
Bir vaqt Ibrohim Tamg‘ochxon o‘zining yaqinlaridan biriga: “Ko‘pdan beri siyosat qilichini intiqom qinidan chiqardim, ko‘p yaxshi yigitlarni o‘ldirmoqdaman, holbuki, ikki shahar xalqi menga isyon qilmoqchilar. Men endi shunday odamlarga muhtojman, hozirda menga ish odamlari kerak. Ularni qadrini bildim. Sen bir vaqtlar o‘g‘rilar boshlig‘i bo‘lgan kishini topib keltir. Men uni avf qilay va u men uchun kerakli odamlarni keltirsin degan”. Bu vaqtda yo‘lbosarlar, ham o‘g‘rilar boshlig‘i bo‘lib turgan, so‘ngra qattiq jazodan qo‘rqib, bu ishni tashlagan, to‘rt o‘g‘li bilan birga o‘z kuchi bilan yashash yo‘liga kirgan bir odam bor edi. Shu kishini xon o‘z huzuriga yo‘qlab sarpolar berdi. So‘ng shu kishi xonning amri bilan ilgari o‘g‘irlik va yo‘lbosarlik qilgan uch yuz kishini to‘pladi. Xon bularni xizmatiga qabul etdi. In’omlar qilib, choponlar kiygizdi. So‘ngra, bularni choponlar hozirlangan xonaga va undan keyingi ikkinchi xonaga navbat bilan kirgizdilar. Unda ularni bittalab xibs qildilar. Nihoyat xaligi boshliq va o‘g‘illarini ham tutdilar. So‘ngra bularning hammasini o‘limga hukm etdilar. Bu qadar qattiq tadbir, Samarqandda hech vaqt ko‘rilmagan edi. O‘g‘rilar va qaroqchilarga bu voqea shunday kuchli ta’sir qildiki, bundan so‘ng mamlakatda hech bir dirham aqcha yo‘qolmadi”.
Nuriddin Muhammad Avfiyning ushbu ma’lumotidan Qoraxoniy hukmdorlar davrida xalqning turmushiga, ularning tinch hayotiga tahdid soluvchi shaxslar oqilona tadbirlar tufayli kamayganligini bilamiz. Bu esa o‘z navbatida xalqning hukmdorlarga bo‘lgan ishonchlarini ortishiga olib kelgan.
O‘sha davrlarda Movarounnahrda, jumladan Farg‘ona vodiysida ilm-fan va madaniy hayotning bu qadar taraqqiy etishiga ijtimoiy muhitning nisbatan barqarorligi hamda hukmron sulola bo‘lmish Qoraxoniylarning ilm ahliga homiylik qilib kelganliklarida deb tushunish mumkin. Masalan, o‘sha
davrdagi shoirlar uchun Qoraxoniylar saroyida ajoyib odat hukm surgan bo‘lib, Nizomiy Aruziy Samarqandiy tomonidan quyidagilar bayon qilingan:
Movarounnahr zodagonlari saroyida shunday bir odat rasm bo‘lgan edi. Podshoh majlislarida yoki boshqa yig‘inlarda oltin yoki kumush tangalar solingan bir necha tovoqni mehmonlar oldiga olib kelishar va “Kumush toqmi-juft?” deb so‘rashar edi. Xizrxonning majlisida har birida ikki yuz ellik dinordan bo‘lgan to‘rtta tovoq qizil oltin qo‘yilar va bir siqimdan taqsim qilinardi. Bir gal har to‘rttala tovoqni ham Rashidiyga berishni buyurdi. Uning hurmatu shuhrati oshib ketdi”1.
Ta’kidlab o‘tish joizki, siyosiy vaziyatning barqorar turishi nafaqat ijod va ilm ahlini balki shahar va qishloqdalar yashovchi oddiy mehnatkash xalqni farovon turmush kechirishi uchun muhim omillaridan biri bo‘lgan. Ayniqsa, tinchlik davrida shaharlardagi hayot qizg‘in kechgan.
Quyida biz Burhoniddin Marg‘inoniy davridagi Farg‘ona vodiysining ayrim shaharlari to‘g‘risida muxtasar ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz. Bu o‘z navbatida Farg‘ona shaharlarining Burhoniddin Marg‘inoniy davri va undagi keyingi asrlardagi ahvoli xususida bir oz bo‘lsa-da, o‘quvchilar tasavvurini boyitishda yordam beradi degan umiddamiz.
Shu o‘rinda aytish joizki, Farg‘ona vodiysida joylashgan qadimgi arxeologik yodgorliklarda ko‘p yillardan buyon tadqiqot olib borayotgan G.P. Ivanov, B.H.Matboboev, A.A.Anorboev singari qadimshunos olimlarimizning ilmiy asarlaridan imkon boricha o‘quvchilarga ko‘proq ma’lumotlar berib o‘tishga harakat qildik.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling