Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
QUBO (QUVA)Qubo (Farg‘ona viloyati Quva tumani markazidagi qadimgi shahar) to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar X asrdan boshlab arab manbalarida uchraydi. Ensiklopedist olim Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at- Tabariyning (839-923 yy) “Tarix ar-rusul va - al-muluk” umumiy tarix tipida yozilgan asarida olamning yaratilishidan to 912-913 yillarga qadar Arabiston, Rum (Kichik Osiyo), Eron va arab xalifalagi asoratiga tushib qolgan mmalakatlarda, shuningdek Markaziy Osiyoda bo‘lib o‘tgan ijtimoiy siyosiy voqealar hikoya qilinadi2. Xususan Quva to‘g‘risida ilk ma’lumotlar mazkur asarda keltiriladi: “Ulardan ba’zilari aytadilar: Qachonki Nasr Shoshga kelgach, uni Shosh hukmdori Kadar sovg‘a va sulh uchun badal hamda garovdagilar bilan kutib oldi. Nasr unga mamalakatidan Xoris ibn Surayjni haydab yuborishini shart qilib qo‘ydi va u Horisni Farobga quvib yubordi. U (Nasr ibn Sayyor) Shoshga Nizak ibn Solihni noib 1 Nizomiy Aruziy Samarqandiy... – B.47. 2 Ahmedov B.A. O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari. T.: O‘qituvchi, 1991. – B.81 qilib tayinlab so‘ng yurishga ketdi va Farg‘onaning Qubosida to‘xtadi. Qubo aholisi uning kelishidan ogoh bo‘lib yem xashakni yoqib yubordilar va oziq ovqatni yashirib qo‘ydilar1”. Nasr ibn Sayyorning 739 yilda Farg‘onaga qilgan yurishi to‘g‘risida tadqiqotchi T.Qodirova ma’lumotlar keltirar ekan Tabariyning bayoniga asoslangan holda Farg‘ona hukmdori vorisxo‘rining qarorgohi Quvada bo‘lganligini ta’kidlab o‘tadi: “Nasr Shoshda o‘zining noibi Nizak ibn Solihni qo‘yib o‘zi bo‘lsa Farg‘onaga yurish qildi. Nasr qo‘shinlari bilan Farg‘ona hukmdori vorisxo‘ri o‘rtalarida Quva shahri yaqinida bo‘lib o‘tgan bir necha janglardan so‘ng farg‘onaliklar sulh tuzishni taklif qildilar”2. asrning ikkinchi yarmi va X asrning birinchi choragida yashab o‘tgan arab sayyohi va geograf olimi Abu Is’hoq Ibrohim ibn Muhammad al-Forsiy al-Istaxriy (850-934 yy.)ning “Kitob masolik ul-mamolik”(“Mamlakatlarga boriladigan yo‘llar haqida kitob”) nomli 20 bbodan iborat geografik asarida Arabiston, Mag‘rib, Misr, Suriya, Iroq, Eron, Movarunnahr shuningdek Hindistonning chegaralari iqlimi, ma’muriy bo‘linishi, mashhur shaharlari, ularga olib boridigan yo‘llar, aholisi va uning mashg‘uloti, mashhur kishilari, savdo-sotiq va boshqa masalalar bayon etilgan bo‘lib3, unda Quva to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar uchraydi: “Qubo kattaligi jihatidan Axsikentga tengdir. Viloyatning eng xushmanazara joyidir. Bu yerda ko‘xandiz, shahriston va rabod bor. Ko‘xandiz xaroba xolidi. Juma masjidi ko‘xandizda joylashgan. Bozor, amir saroyi, va zindon rabodda joylashgan. Rabod devor bilan o‘ralgan bo‘lib, u yerda bog‘lar va oqar suvlar serobdir”4. asrning ko‘zga ko‘ringan yirik geograf olimlaridan Abulqosim ibn Havqal an-Nisbiy, (tug‘ilgan yili noma’lum. 976 yil atrofida Bag‘dodda vafot etgan.) Istaxriyning “Kitob masolik ul-mamolik”(“Mamlakatlarga boriladigan yo‘llar haqida kitob”) foydalanilgan holda xuddi shu nom bilan asar yozgan bo‘lib, u bu haqda shunday yozadi: “Men – uning kitobidagi bir emas, bir necha xaritalarni tuzatdim; so‘ngra ushbu kitobni yozishga qaror qildim., Istaxriy kitobida uchragan xatolarni tuzatdim;kitobga birtalay xaritalarni ilova qildim va ularni izohlab berdim”5. Darhaqiqat Ibn Havqalning “Kitob masolik ul-mamolik” (“Mamlakatlarga boriladigan yo‘llar haqida kitob”) asari Istaxriy asaridan ko‘p jihatdan farq qilgan. Masalan Istaxriyning asarida Movarounnahr to‘g‘risida 18 bet ma’lumot keltirilsa, ibn Havqalda shu bobning o‘zi 33 betni tashkil qiladi6. Quva to‘g‘risidagi ma’lumotlari ham Istaxriyning ma’lumotlaridan farq qiladi: 1 Istoriya at -Tabari. T.: Fan, 1987. S. 269. 2 Kadыrova T. Iz istorii krestyanskix dvijeniy Mavarannaxre i Xorasane. T.:Nauka, 1965. S.105. 3 Ahmedov B.A. O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari…– B. 85. 4Kitab Masalik al-mamalik al-Istaxri // Materialы po istorii kirgizov i Kirgizii. M.:Nauka, 1973. S. 31. 5Krachkovskiy I.Yu.Arabskaya geograficheskaya literatura. Soch., IV tom M-L., 1957. S.198. 6Betger Ye.K. Izvlechenie iz knigi «Puti i stranы» Abu-l-Kasыma Ibn –Xaukalya // Trudы SAGU. Tashkent,1957 №4. S.13. “Axsikatdan keyin kattaligi jixatdan Qubo [shahri] turadi, [u] Axsikat yaqinidagi [iqlimi] eng eng sog‘lom shaharlardan biridir. Shaharda qo‘rg‘on, shahriston va rabad mavjud, qo‘rg‘on xaroba holatdadir. Jome’ masjidi qo‘rg‘onda, shahar bozorlari - rabadda, hukmdor saroyi bilan kamoqxona ham rabadda [joylashgan]. Rabad atroflari devor bilan o‘ralgan, uning yonida ko‘p sonli bog‘lar va ariqlar joylashgan. Bog‘larning va oqar suvlarning ko‘pligi bilan Qubo [shahri] Axsikatdan ustun turadi”1. X asrning ko‘zga ko‘ringan yirik geograf olimlaridan yana biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abubakr al Muqaddasiyning (947-1000 yy.) “Ahsan at-taqosim fi ma’rifat al aqolim”( “Iqlimlarni o‘rganish uchun eng yaxshi qo‘llanma”) asarida ham Qubo to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, bu haqda akademik V.V.Bartoldning “Mo‘g‘ullar davrida Turkiston” asarida bayon etilgan: “Qubo shahri (hozirgi Quva qishlog‘i) maxsus bir viloyatning paytaxti bo‘lib, bunda undan boshqa shaharlar bo‘lmagan. Qubo butun Farg‘onada ikkinchi shahar hisob etilib, suvlarining va bog‘larining ko‘pligi yuzasidan hatto Axsikentdan ustunlik qilgan. Maqdisiyga ko‘ra, Qubo o‘zining boyligi yuzasidan ham Axsikentdan ustunlik qilgan. Maqdisiy bu shaharni al o‘zi haqida yolg‘iz uning o‘rtasida bir maydon borligini va masjidi jomening bozor ichida bo‘lganligini yozadir”2. Al- Muqaddasiy Quboni poytaxt Axsikentga nisbatan kengroq va go‘zalroq hamda toza bo‘lganligini ham ta’idlab o‘tgan3. Bundan tashqari al-Muqaddasiy Qubo yaqinida oltin, kumush konlari mavjudligini tilga oladi4. 983 yilda Juzjon viloyatining hokimi amir Abul Xoris Muhammad ibn Ahmadga bag‘ishlab yozilgan muallifi noma’lum “Kitobi hudud al-olam minal mashriq ilal mag‘rib” (“Sharqdan g‘arbgacha olam chegaralari kitobi”) nomli geografik asarda ham Quva to‘g‘risida ma’lumotlar uchraydi: “Yana bir daryo Qubodirki, bu o‘sha tog‘lardan boshlanadi va Qubo yaqinida O‘zgand daryosiga (Sirdaryoga – N.A.) quyiladi…Farg‘ona – ulug‘, obod va juda ko‘rkam viloyatdir. Uning tog‘lari, tekis joylari, oqar suvlari va shaharlari ko‘p. Bu Turkistonning darvozasidir. Bu yerga juda ko‘p turkiy qullar keltirilgan. Tog‘larida, juda ko‘p yerda mis, simob, sangi manotis va boshqa toshlar, dori toshlar ko‘p. Qubo – Farg‘onaning eng obod, katta shahri”5. Mashhur biograf, tarixchi va sayyoh Abu Sa’id Abdulkarim ibn Muhammad as-Sam’oniyning 1113-1167 yy.) “Kitob al-ansob” (“Nasablar haqida kitob”) nomli asarida alifbo tartibida Islomiyatdan to 1 Mamadaliev H. IX-X asrlar arab manbalarida Farg‘ona shaharlarining tavsifi // “Farg‘ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” mavzusidagi Respublika ilmiy anjuman materiallari. Farg‘ona, 2009. – B.142-143. 2 Bartold V.V. Mo‘g‘ullar davrida Turkiston. Samarqand, 1931. – B.111. 3 Al-Moqadasi. Ansab at - taqsim // BGA. 3. P. 272. 4Bartold. V.V. Fergana. Statыi iz «Ensiklopedii islama». Sochineniya III tom.M.:Nauka, 1965. S. 532. 5 Hasanov H. Sayyoh olimlar. T.: O‘zbekiston, 1981. – B.44. muallifning zamonigaga musulmon mamlakatlarida, ko‘proq Eron va Movarounnahrda o‘tgan mashhur kishilar haqida keng ma’lumot beriladi1. Shuningdek mashhur sayyoh, geograf, adib va tarixchi Yoqut Hamaviyning (to‘liq ismi Abu Abdulloh Shahobiddin Yoqub ibn Abdulloh ar-Rumiy al- Hamaviy (1179-1229) “Mu’jam ul buldon”(“Mamlakatlar ro‘yxati”, yoki “Shaharlar qomusi” deb ham ataladi) nomli 14 jildlik toponomi asarida ham Farg‘ona vodiysining shahar va qishloqlariga oid ma’lumotlar uchraydi2. “Mu’jam al-buldon” dagi Farg‘ona viloyatiga tegishli geografik ma’lumotlar unga qarashli bo‘lgan shahar va qishloqlar, ularning geografik o‘rni, tabiati suvlari, qazilma boyliklari, qadimda mazkur joylarda mavjud bo‘lgan binolar, ularning devorlari, minoralari, darvozalari haqida ma’lumot beradi. Sam’oniy va Yoqut Hamaviy Farg‘ona shaharlari to‘g‘risida so‘z yuritar ekanlar Qubo va Quboviy nisbasi bilan mashhur bo‘lgan olimlar haqidagi ma’lumotlarni ham bayon qilganlar. Jumladan, Yoqut Hamaviy Qubo shahrini yirik shaharlardan biri ekanligini ta’kidlab, uning atrofida keng bog‘lar va yaylovlar borligi haqida ma’lumotlar keltiradi. Unga ko‘ra Quboning jome’ masjidi bozor ichida bo‘lgan. Rabodda bo‘lsa turli o‘lkalardann kelgan g‘oziylar maskan qurishgan. Yoqut Hamaviy Qubo shahri to‘g‘risida yozar ekan bu shahardan yetishib chiqqan olimlar nomini tilga olib o‘tadi: “Ibrohim ibn Ali al-Husayn Abu Isxoq al-Quboviy as-So‘fiy shu shahar chekkasidagi bir dahaning shayxi bo‘lgan. U shu yerda tug‘ilib katta bo‘lgach, keyinroq chet o‘lkalarga ketgan. Xuroson, Iroq, Hijozga safar qilib, as-Saurda to‘xtagan va vafotigacha o‘sha yerda yashagan. Tug‘ilgan yili haqida so‘raganlarida “Men 497 (1103) yilda tug‘ilganman”, deb javob bergan. U 573 (1178) yilda vafot etgan”3. A.Bobojonov “Mu’jam al-buldon” asarida Farg‘ona va farg‘onalik olimlar” nomli maqolasida Ibrohim Quboviy xususida shunday yozadi “Ibrohim ibn Ali ibn al-Husayn Abu Is’hoq al-Quboviy as-Sufiy. Tasavvuf tariqati shayxlaridan. 394/1003 yoki 395/ 1004 yilda tug‘ilgan bo‘lib, 471/1082 yil vafot etgan. Yoqut al-Quboiyning yoshligidayoq ilm talabida Xuroson, Iroq, Hijoz shaharlariga safar qilgani, so‘ng Surda vafotiga qadar qirq yil yashaganini zikr qiladi: “Uning eshitish qobilyati yaxshi edi… Shomda bu toifdagi [ilm] yo‘li saqlanib qolgan shayx bo‘lmagan”... Yoqutning al-Quboviy haqidagi ma’lumotlari boshqa manbalarda uchramasligi sababi qadrlidir”4. Sam’oniy va Yoqut yana bir qubolik olim nomi tilga olganlar: “Abu-l-Makorim Rizqulloh ibn Muhammad al-Quboviy Buxoroda adabiyot fanidan mudarrislik qilgan. Mening o‘zim 547 (1153) yili Buxoroda bo‘lganimda u bilan uchrashganman va uning darslaridan ma’ruzalar tinglaganman”1. 1 Ahmedov B.A. O‘zbekiston xalqlari tarixi manbalari... – B. 108. 2 Irmatov B.M. Osnovnыe istochniki svedeniy o Maverannaxre v «Mudjam al-buldan» Yakuta. Obщ. Nauki v Uzbekistane. 1991. № 6, S.45. 3 Kamoliddinov Sh.S.Svedeniya «Kitab al-ansab» Sam, ani o Fergane... S.42. 4 Bobojonov A. Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” asarida Farg‘ona va farg‘onalik olimlar... – B.164. A. Bobobojonov Yoqut Hamaviyning ma’lumotlariga tayangan holda mazkur qubolik olim Abu-l-Makorim Rizqulloh ibn Muhammad ibn Abu-l- Hasan ibn Umar al-Quboviy to‘g‘risida quyidagilarni bayon etadi “[Abu Sa’d as-Sam’oniy deydi]: “U Farg‘ona nohiyalaridan biri Qubo ahllidan edi. Buxoroda yashagan. Solih adib bo‘lgan. Men uning suhbatidan bahramand bo‘lganman”. Yoqut adib haqida yuqoridagi ma’lumotlarni keltiradi, xolos. “Mu’jam al-buldonda” al-Quboviy tug‘ilgan va vafot etgan sanalar zikr qilinmagan bo‘lsada. Mazkur ma’lumotdan adibning Abu Sa’d as-Sam’oniyga zamondosh bo‘lganligi va XII asrda yashaganligi ma’lum bo‘ladi”2. Bu davrlarda yashab o‘tgan yana yana bir necha qubolik allomalar to‘g‘risida yozma manbalarda ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy to‘g‘risida quyidagilarni keltirish mumkin. Bu zot Narshaxiyning “Buxoro tarixi” nomli asarini arab tilidan fors tiliga tarjima qilgan bo‘lib, bu haqda uning o‘zi shunday yozadi: “Bu kitob arab tilida, go‘zal iboralar bilan uch yuz o‘ttiz ikkinchi yil oylarida (4 sentyabr 943–23 avgust 944) yozilgan edi. (Ammo) ko‘pchilik kishilar arb tilida yozilgan kitobni o‘qishga rag‘bat ko‘rgazmaganliklari sababli, do‘stlarim mendan u kitobni fors tiliga tarjima qilishni iltimos qildilar. Men iltimosni qabul qildim va besh yuz yigirma ikkinchi yilning jumod ul-avval oyida (may, 1128) bu kitobni fors tiliga tarjima qildim. Biroq arab tilidagi nusxada kerakksiz va buning ustiga o‘qiganda (kishi) tabiatiga malollik orttiradigan narsalar (haqida ham) so‘zlangan ekan. U narsalarning bayoni (tarjimaga) kiritilmadi” 3. Abu Nasr Ahmad al-Quboviyning ushbu so‘zlaridan anglashiladiki, u oddiy tarjimon bo‘lmay, balki o‘z davrining yetuk tarixchisi ham bo‘lgan edi. Shu bois O.A.Suxareva o‘zining “Buxoroning X-XII asrlardagi tarixiy topografiyasi masalasida” nomli maqolasida “Abu Nasr Ahmad al-Quboviyning tarjimasini Buxoro tarixi bo‘yicha yangi asar deb hisoblash mumkin. Chunki bu asar o‘zida to‘la yangi ma’lumotlarni qamrab olgan”, deb yozgan edi4. Bundan tashqari Qoraxoniylar davri bo‘yicha Quboviyning kiritgan tuzatishlari hozirgi zamon mutaxassislari tomonidan uni xizmati buyuk ekanligi e’tirof qilinib, “Quboviyga ko‘ra” deb ishtiboh qilinadi. Bu esa Farg‘onada adabiyot maktabidan tashqari, tarix maktabi ham muvaffaqiyatli tarzda faoliyat ko‘rsatganligini bildiradi. Shuningdek, Abu Nasr Ahmad, Abdulloh va uning o‘g‘li Ahmad al-Farg‘oniydek (XI asr) buyuk tarixchilarni Farg‘ona diyoridan yetishib chiqqanligi yuqoridagi fikrlarimizga asos bo‘lishi mumkin. Tarixchi Jamol Qarshiyning “al-Mulxaqot bi-s-suroh” asarida “shayxul imom din va millat quyoshi, ulamolar ulug‘i” deya e’tirof etilgan ilohiyotchi 1Kamoliddinov Sh.S. Svedeniya «Kitab al-ansab» Sam,ani o Fergane. Obщ. Nauki v Uzbekistane. 1989. № 5, S.42. 2 Bobojonov A. Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” asarida Farg‘ona va farg‘onalik olimlar... – B.166-167. 3 Narshaxiy. Buxoro tarixi. Toshkent, 1991. – B.88. 4 Suxareva O.A. k voprosu ob istoricheskoy topografii Buxarы X-XII vv. // Trudы.Tom XXVII. S., 1954. S.27. olim Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad al-Quboviy nomi tilga olingan1. Bizningcha ushbu olim XIII asrda yashab o‘tgan bo‘lsa kerak. XV asrga kelib, o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan adabiyotshunos olimi Davlatshoh Samarqandiyning “Tazkirat ush-shuaro” nomli asarida yana bir qubolik mashhur shoir Rukniddin Quboviy to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan: “Rukniddin Quboviy Movarounnahrning mashhur shoirlari jumlasidan bo‘lib, Asiriddin Umoniyning izdoshi, Puri Bahoyi Jomiyning ustozidir. Asli Turkistondan. Sayohat qilib Iroqi Ajamga kelib qolgan, Isfahonda Badriddin Jojirmiy bilan bellashgan va mushoira qilgan. Unining suxoniga kelsak, Badriddin Jojirmiyning so‘zlaridan ko‘ra afzalroqdir. Badriddin Jojirmiyning ustozi shoir Mujiriy (Baylakoniy) Quboviyning hamasridir”2. Afsuski, Rukniddin Quboviyning yashab o‘tgan davri ma’lum emas. Faqat Davlatshoh Samarqandiy keltirgan ma’lumotlarga izoh bergan akademik olim B.Ahmedov uni XII asrning ikkinchi yarmi, XIII asrning boshlarida yashab o‘tgan deydi3. Davlatshoh Samarqandiy nafaqat Rukniddin Quboviy balki Quboning o‘sha davrdagi holati haqida keltirgan ma’lumoti ham biz uchun g‘oyat muhimdir: “Ammo, Qubo Turkiston chetida joylashgan ko‘ngil ochuvchi, yoqimli bir viloyatdurkim (ilgari) ulkan shahar bo‘lib, hozirda xarobdir. U diyor (shu kunlarda) mo‘g‘ul va qalmoqlarning maskanidir”4. Bundan ko‘rinadki, Qubo shahri chindan ham mo‘g‘ullar bosqinidan chetda qolmagan va o‘z navbatida batamom vayron etilgan. Shu sababdan Davlatshoh Samarqandiy Quboni mo‘g‘ullar va qalmoqlarga maskan bo‘lib qolganligini bejiz ta’kidlab o‘tmagan. Binobarin, XIII asr boshlarida mo‘g‘ullar tomonidan Qubo shahrini vayron qilinganligi va o‘sha davrdan boshlab Qubo shahar sifatida faoliyat ko‘rsatmaganligini dastlabki arxeologik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi5. Mashhur turk olimi va adibi Shamsiddin Somiy qalamiga mansub olti jildlik “Qomus al a’lom” asarida xuddi shu kabi Qubo to‘g‘risida ma’lumot bayon etilgan: “Movarounnahrda Farg‘onada mulxaq bir qasaba o‘lub, mashoxir so‘fiyundin Abu Is’hoq Ibrohim al-Quboviy va shoir mashoxiri masqati raisi bo‘linmishdir. Sulton Mahmud Sabuq tegin zamonida bu qasaba mulxaqotinda Bayg‘u ibn Tag‘on hukm surib, adil va haqqoniyat ila shuhrat bo‘lmishdir. Mo‘g‘ul fitnasida xarob o‘lmishdir”6 Temuriylar davriga kelib, Quva shahar emas balki, qishloq sifatida tilga olina boshlangan. Zahiriddin Muhammad Boburning (1483-1530) tabiiy va tarixiy geografik qomusiy asari bo‘lmish “Boburnoma”da Qubo 1494-1503 1 Djamal al-Karshi. Al Mulxakat bi-s-surax. Istoriya Kazaxstana v persidskix istochnikax. I tom. Almatы.: Dayk–Presss, 2005. S. 150. 2 Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo‘stoni. T., 1981. – B.74-75. 3 O‘sha asar.–B. 74. 4 O‘sha asar.–B. 75. 5 Jukov V.D. Arxeologicheskie ob’ekti na trasse Yujnogo Ferganskogo kanala, «Izvestiya UzFAN», 1940, №1, S.27. 6Qomus al-a'lom, 6 nchi jild. Istanbul, 1316(1898 miladiy). – B.4264. yillarda Farg‘onada yuz bergan siyosiy voqealar jarayonida tilga olinadi: “Sulton Ahmad mirzo O‘ratepa va Xo‘jand va Marg‘inonni olib kelib, Andijonning to‘rt yig‘ochida, Quboga tushti. Bu fursatta, Darvesh gov otliq, Andijonning arbobidin nomunosib so‘z aytqon uchun, yasoqqa yetti. Bu siyosattin tamom el bosildilar… Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling