Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Samarqandda kal’a va to‘rtta darvoza bor. Sharqiy darzoza “Xitoy darvoza”si deb ataladi va u tepalikda joylashgan. Ana shu joydan ko‘p sonli zinapoyalar orqali So‘g‘d daryosiga tushiladi. G‘arbiy darvoza — Navbahor ham tepalikda joylashgan, shimoliy darvoza — Buxoro darvozasi va janubiy darvoza— Katta darvoza deb ataladi. Samarqand— yirik shaharlardagi singari katta bozorlari, bir qancha dahalari, hammomlari, karvon saroylari va uylari bo‘lgan shahar. Bu yerda oqar suv bo‘lib, u qisman qo‘rg‘oshindan qilingan kanaldin oqib keladi. Jome masjidi shahristondagi arkdan pastroqda joylashgan, ular o‘rtasidan katta yo‘l kesib o‘tadi. Shahristondagi Asfizar deb atalgan joyda Somoniylar tomonidan bunyod etilgan saroy binolari joylashgan... Ba’zi bir joylardan mustasno, deyarli har bir ko‘chadan va har bir bog‘dan oqar suv o‘tadi, ayrim xonadonlardagina bog‘ yo‘q, xolos. Samarqanddagi binolar paxsa va yogochdan
ishlangan. Samarqand — Movarounnahrning mohir hunarmandlari to‘plangan joy bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Samarqandda ta’lim olishgan1”. Shu kunga qadar Movarounnahrdagi Qoraxoniylar hukmdorlari bilan bog‘liq bir qancha yer-suv masalasiga doir yozma hujjatlar tadqiq etilgan. Shunday vaqfnomalardan biri Ibrohim Tamg‘ochxon tomonidan berilgan bo‘- lib, vaqfnomada ko‘rsatilishicha, Samarqand madrasasi mutavaliysinig yillik maoshi 2 ming dirham, fiqhshunos mudarris 3600 dirham, adabiyotshunos mudarris 1200 dirham. Qur’ondan dars beruvchi va Qur’on o‘quvchi mudarrislar 1200 dan 1500 dirhamgacha, talabalar 360 dirhamdan maosh olganlar. O‘sha davrda bozordagi narx - navoga nisbatan bu tuzukkina haqdir. Masalan, mudarris yoki hunarmandning bir oylik maoshiga 2-3 ta qo‘y, 150-200 kg yopilgan non olish mumkin edi. Bu esa, hukmdorlarni ilm ahliga nisbatan g‘amxo‘rligi qay darajada bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, Islom qonunshunoslarining katta miqdorda maosh bilan ta’minlanganliklari, bizga bu davrda fiqh maktablarining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatganligini, qolaversa, fiqhshunoslikka e’tibor kuchli bo‘lganligini ko‘rsatadi. Qonunlar ham shu sababdan fiqhshunoslar tomonidan davlatning siyosatida tayanch vazifasini o‘taydigan darajada qilib ishlangan edi. Unga Qoraxoniy hukmdorlarning o‘zlari ham amal qilganlar. Fikrimizni Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida keltirilgan quyidagi ma’ulumot ham tasdiqlaydi: “Koraki Alaviyonning bu yerlar Nasrxon ibn Tamg‘ochxon(ya’ni Shamsulmuk) davrigacha sultonlik mulki bo‘lgan edi. Nasrxon bu yerlarni shaharga yaqin bo‘lganligi uchun faqihlarning dehqonchilik qilishlari osonroq bo‘lsin deb, ilm ahllariga berdi va o‘zi buning evaziga uzoq yerlardan oldi”2. Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiyning (1440-1504) “Axloqi Muhsiniy” asarida Qoraxoniy hukmdor Tamg‘ochxonni qonunga qat’iy amal qilganligini quyidagi misol bilan aytib o‘tadi: “Kelturubdurlarkim, Tamg‘ochxon podshohlik davrida zulm va sitam bunyodini mamlakat sahnasidan supurib tashlagan edi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling