Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet51/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xorazm viloyatida suv kam, atrof cho‘llar bilan o‘ralgani uchun har qarich yerga ekin ekilar edi. Yer osti, sizot suvlar ko‘pligiga qaramay, Amudaryoning har ikkala sohili bo‘ylab yam-yashil ekinzordan iborat qishloqlar bir-biriga tutashib ketgan edi.
Xorazm vohasining har bir qishlog‘ida bozor bor edi. Bozorsiz qishloq kam topilardi. Daryoga yaqin bo‘lgani uchun har bir ekinzor suv toshqini xavfining oldi olinib, daraxtlar va butalar aralash devor-to‘siqlardan iborat to‘g‘on bilan to‘silgan edi. Suv har yili toshganida, har yili bu to‘g‘onlar hashar yo‘li bilan yangilanar edi. Xorazmning ko‘pgina yerlari Amudaryoning Gavhare nahri (kanali) suvi bilan sug‘orilardi, Nahr chuqur bo‘lib, unda kemalar qatnardi.
Manbalarda Xorazm viloyatidagi qishloqlar haqida ma’lumotlar juda kam. Yoqut Hamaviy faqat ba’zi qishloqlarni sanab o‘tadi: Harur, Gazniz, Muborak, Navbog‘, Farnifason, Bof, Zamahshar (mashhur alloma Abul-Qosim Mahmud Zamahshariy Jorulloh tug‘ilgan qishloq).
Manbalarda Buxoro “eng ulug‘, eng katta, eng mashhur tengi yo‘q go‘zal shahar” deb ta’riflanadi.
Xorazm davlatidagi eng yirik shaharlardan biri Buxoroi sharif edi. O‘sha zamondagi boshqa shaharlar kabi, Buxoro ham, ichkarisidagi kichik shahar ko‘handiz ham mustahkam devorlar bilan o‘ralgan edi. Tashqi devorlar ko‘p marta qayta qurilgan. Xorazmshoh Aloiddin Muhammad Buxoroni olganidan so‘ng ham devorlarini qayta tiklashga farmon bergan.
Manbaga ko‘ra, Buxoroda hunarmandchilik, ayniqsa, to‘qimachilik yuksak rivojlangan. Ayniqsa, zarbof, zandoniycha, qarbos (surp) gazlamalari mashhur bo‘lib, bu matolarning olis mamlakatda ham xaridori ko‘p edi.
Manbalarga ko‘ra, Buxoro viloyatida Bomijkat, Tavovis, Boykand (yoki Poykand), Karmana, Maymurg‘ shaxarlari, Agarun, Afsavon (Afshona?), Anisun, Bob, Bardiz, Binob, Barakat, Bayrami, Bobokat, Boshkashr, Toza, Taraha, Xorajar, Harxor, Hurmisan (Xormaysan), Harduvon, Hakanja, Xumhisor, Zomin, Romisan (Romitan), Zar’ayna, Dahfand, Zabag‘duvon, Sabzayun, Surmarv, Sayyora, Shavakon, Sharafdon, Shakan, Shirvon, Tarab, Tus, Turnavoz, Oyshan, Faraxsha (Varaxsha), Gudashfard, Kashkon, Keshakan, Nahl, Nujobod, Navfar, Vardana, Varzan, Varkon, Varkot, Yuvxasun va boshqalar.
So‘g‘d viloyati serhosil yerlari va obod shaharlari bilan mashhur edi. Samarqand So‘g‘di manbalarda yer yuzidagi to‘rtinchi jannat deb ataladi (uchtasi; Damashqdagi G‘uta, Forsdagi Shu’ub Bovvand Basrdagi Ubulla (3. Qazviniy). So‘g‘dning barcha shaharlarida ko‘handiz ichki qal’alari bor edi.
So‘g‘d viloyatining ma’muriy markazi—Samarqand Yer yuzidagi eng go‘zal va boy shahar deb ta’rifi ketgan edi (Amir Temur zamonigacha ham). Ichki qal’a devori va shahar atrofidagi devorlar o‘rtasida serhosil ekinzori bo‘lgan qishloqlar, yer- mulklar bor edi. Shaharga to‘rtta darvoza orqali kirilardi. Ichki shaharda qo‘rg‘oshin quvurlar orqali uylar, hovlilarga suv o‘tkazilgandi. Shahar bog‘larga burkanganidan binolar hatto markazdagi tepalikdan ham ko‘rinmasdi.
Samarqand shahri darvozalarining ismlari saqlanib qolgan: Bobi Doston, Bobi Ko‘xak (hozir Ulug‘bek rasadxonasi joylashgan tarj.), Bobi Toq, Namozgoh.
Manbalarda ba’zi mahallalarning nomlari ham tilga olinadi: Ushtabezak, Bandilaxon, Jokardiza (Chokardiza), Za’rimas, Sanj-aziza va boshqalar.
Samarqand hunarmandlari, ayniqsa qog‘oz ustalari olamga mashhur edi.
Samarqand qog‘oziga sifat jihatidan faqat xitoy qog‘ozi teng kelardi.
Xitoy sayyohi Yelyuy Chu Soy 1218 yilda Samarqandga kelib azim shaxar sharafiga she’r bitgan:
Ko‘zlarini ochsangiz, Xushbo‘y sharob oqadi.
Daryoga to‘r solsansangiz, Shirin baliq chiqadi.
Dehqonlar ham soliq to‘lamas, Urush xavfi kelganda faqat–
Bog‘bon, dehqon tinmay bir nafas,
Baland to‘g‘on tiklashar, yovlar bilan bo‘ylashar...


Manbalarda yana xorazmshohlar davlatiga qarashli quyidagi shaharlar tilga olinadi, Kesh (Shahrisabz), Shosh (Choch, Toshkand), Aloiddin Muhammad bilan qoraxitoylar orasidagi janglar vaqtida Sayhun (Sirdaryo) bo‘yidagi bu shahar vayron bo‘lgan. Mo‘g‘ullar istilosiga qadar ham bu joylar vayrona edi.
Taroz (Tiroz, Talas, Jambul) — islom yerlarining oxiri, nariyog‘i ko‘chmanchi qarluqlar o‘lkasi. Xo‘jand — Sirdaryo bo‘yidagi bu shaharni sulton Jaloliddinning safdoshi Temur Malik qahramonlarcha mudofaa qilgan.
Tirmiz (Termiz) Jayhun daryosining sharqiy sohilida joylashgan.
Mustahkam qal’a devorlari bor...
Isfijob (Sayram) katta shahar. Aloiddin Muhammad qoraxitoylar bilan urushgan vaqtda buzilgan, aholisi ko‘chirib yuborilgan edi (hozir yana obod shahar)...
Nasaf (Naxshab, Qarshi) Samarqand va Amudaryo oralig‘ida, Qashqadaryo yoqasidagi shahar. Ko‘handizi (ichki qal’asi), raboti, to‘rt darvozasi bor.
Banokat (Binokat) Movarounnahrdagi katta shahar. Bu shahar ilgari Fanokat atalib, mustahkam-qal’a edi, mo‘g‘ul istilochilari vayron qilgan. Amir Temur davrida qayta tiklanib, Shohruhiya deb atalgan.
Nesa, Niso daryo va anhori, qishloqlari serob shahar.
Xorazmshoh davlatiga qarashli shaharlardan yana biri, buyuk sulton Sanjarning poytaxti bo‘lgan Marv (bu shahar Horun ar Rashid va al-Ma’mun ibn Horun davrida xalifalikning ham Sharqdagi poytaxti edi. Marv shohi Jahon deb ham atalardi.). Mo‘g‘ullar istilosi vaqtida Marv yer bilan yakson qilindi, aholisi qirib tashlandi1”.
Mutaxassislarning keltirgan ma’lumotlariga ko‘ra bu davrdagi Movarounahrning deyarli barcha shaharlari mudofaa devorlaridan tashqariga kengayib, ulkan maydonni egallagan. Masalan, Samarqand shahri o‘sha paytlarda 650 gektarga yaqin maydonni egallagan bo‘lsa, Buxoro 600 gektar,




1 Buniyodov Z. Anushtagin xorazmshohlar davlati...– B.134-140.
Marv 700 gektar edi. Hatto, qadimshunoslar Samarqandni atrofdagi, shaharga qo‘shilgan mahallalar bilan birga 1200 gektar, Marvni 1500-1800 gektar atrofdagi maydonni egallagan, deb ko‘rsatadilar. Samarqand bu davrda Temuriylar davridagi hududidan ikki barobar ulkan bo‘lgan. Farg‘onada bo‘lsa, ikki yirik shahar - Axsikent va Quboning to‘la maydoni hozircha aniqlangan emas. Shunga qaramay shahar atrofidagi madaniy qatlamlar chegarasiga ko‘ra, ularning tahminiy hududini ko‘rsatish mumkin. Bu holda har ikkala shahar hududi taxminan 100 gektar atrofidagi maydonni egallaganligi ma’lum bo‘ladi1.
Bu davrdagi shaharlar o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan asosan ikki qismga bo‘lingan edi, ya’ni juda qalin joylashgan shahriston (ark bilan birga) va shahar atrofidagi rabod (bog‘lar va dam olish uchun mo‘ljallangan inshoatlar bilan birga) qismlariga bo‘lingan. Somoniylar davrida muhim ahamiyat kasb etgan va shaharlarning alohida qismi sifatida e’tirof etilgan arklar Qoraxoniylar davriga kelib shahristonning tarkibiy qismiga aylanib qolgandi. Faqatgina Buxoroda ark shahristondan ajralib turgan, xolos. Shaharlarning deyarli barchasida binolar bir qavvatli bo‘lib, ular paxsadan yoki xom g‘ishtlardan qurilgan. Biroq XI-XII asrlarda pishiq g‘ishtlardan qurilgan yoki ular yordamida bezatilgan binolarni ham kuzatish odatiy holdir. Bu davrga kelib binolarning asosiy qismini pishiq g‘ishtlardan qurishga intilish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shaharlardagi bir xo‘jalik yashaydigan binolar ko‘pincha 5-6 xonadan iborat bo‘lgan. Ba’zi hollarda bir necha oila vakillari umumiy-markaziy binodan foydalanishni ham ma’qul ko‘rishgan va uch-to‘rt xo‘jalikning binolari o‘rtasida keng xona joylashtirilar edi. Xonalar o‘rtasida yo‘lakchalar mavjud bo‘lib, ular bir necha xonani bog‘lab turishi va hattoko‘cha vazifasini ham o‘tashi mumkin bo‘lgan. Keng yo‘laklardan aravalarning harakatlanishi uchun imkoniyat bor edi. Shahristonlardagi binolar shu qadar zij joylashtirilgan ediki, bu yerga biron bir daraxt ekish va suv olib kirishning imkoni bo‘lmagan.
Tarixchilar shu sababdan (shaharlarning bir necha bor qayta qurilganligi sababli) XII asr oxirlarida Movarounnahr aholisi shaharlarni tashlab, uning atrofidagi qishloqlarga o‘ta boshlaganligini ta’kidlaylar. Buning oqibatida shahar hududi keskin kengayib ketgan. Agar Samarqand bu vaqtda yer sadhidan 3-4 metr ko‘tarilib ketgan bo‘lsa, Farg‘onadagi Axsikent va Quva 6-10 metrgacha ko‘tarilib ketgan edi. Bu narsa shaharlarga suvni sun’iy- mexanik usul bilan chiqarilishiga olib keldi va shaharlarda suv quburlari hamda kanalizatsiya tizimi vujudga keldi. Farg‘onadagi Axsikent bilan Quvada ( so‘nggi tadqiqotlar Rishton shahrini xam qo‘shmoqda) suv keltirilgan va chiqindi suvlar chiqarib yuborilgan quburlar juda ko‘p topilgan. Samarqand va Marvda bu usuldagi kanalizatsiya tizimi yuqori darajada edi. Bu qatorga Movarounnahrning o‘nlab shaharlarini kiritish mumkin.


1 Bu haqda qarang: Beliniskiy A.M., Bentovich I.B., Bolshakov O.G. Srednevekovыy gorod Sredney Azii. L.: Nauka, 1973.
Aytish mumkinki, Qoraxoniylar davrida Farg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning boshqa vohalari singari tayanch nuqtalaridan biri bo‘lib qoldi. Bu esa mazkur mintaqada shaharlarning ahamiyatini ortib ketishiga turtki bo‘ldi. IX-XII asrlarda Farg‘ona vodiysidagi mavjud qirqdan ortiq shaharlarning o‘sib borishi o‘z navbatida me’morchilikni, hunarmandchilikni, savdo-sotiq ishlarini va madaniyatini rivojlanishiga omil bo‘ldi1.
San’atshunos olim I.Azimov ”O‘zbekiston naqshu nigorlari” asarida XI–XII asrlarda O‘zbekiston hududida devoriy naqshu nigorlar qanday? degan savolga “Bu haqda hech narsa ma’lum emas. Chunki, ba’zi yakkam-dukam narsalarni hisobga olmaganda, bu davrga oid asarlardan hech narsa saqlanib qolmagan”, deya javob bergan edi2. Biroq so‘ngi o‘n yillar davomida olib borilgan tadqiqotlar, ayniqsa o‘zbek-fransuz qo‘shma ekspeditsiyasining Afrosiyobda o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar chog‘ida yuqorida keltirilgan fikr inkor etibgina qolmay, aksincha Qoraxoniylar davrida devoriy naqshlar yuksak darajada kamol topganligini isbotlab berdi3. Jumladan, Afrosiyobdagi Qoraxoniylar davriga oid saroy devorlarida nafaqat naqshlar balki inson qiyofasi hamda hayvonlar surati tasvirlanganligi aniqlandi. Mazkur suratlarda ot o‘ynatib turgan kishi va qushlar aks ettirilgan4.
Tarixdan ma’lumki, ushbu sulola hukmdorlari shaharlarda ulkan imoratlar qurdirib, rabot va katta yo‘llarni bino etish bilan ham tarixda o‘chmas iz qoldirdilar. Jumladan, Ibrohim Tamg‘ochxon Samarqadning Karmin mahallasida go‘zal bir saroy barpo ettirdi. Ibrohim Tamg‘ochning fikricha, bu go‘zal saroy uning nomini huddi Iskandariyadagi Iskandar mayoqi singari boqiy qilishi lozim edi. Uning Shohizinda yonida barpo etgan madrasasi va shu madrasa bilan bog‘liq vaqf hujjatlari shuni ko‘rsatmoqdaki, Ibrohim Tamg‘ochxon mamlakat obodonchiligi va ilm-fan taraqqiyoti uchun munosib hissa qo‘shgan hukmdor sifatida mashhur bo‘lgan5.
Ibrohim Tamg‘ochxonning o‘g‘li Shams ul-Mulk tomonidan barpo etilgan Raboti Malik Markaziy Osiyodagi monumental me’morchilikning nodir yodgorligi sifatida hamon salobat to‘kib turibdi. Raboti Malik karvonsaroy vazifasini o‘tashdan tashqari, harbiy istehkom, qo‘rg‘on sifatida ham muhim rol o‘ynagan6. Shu sababdan Raboti Malik Qoraxoniylar davri


1 Buryakov Yu.F. Torgovыe puti i ix rol v urbanizatsii basseyna Yaksarta // Na Sredneaziatskix trasssax Velikogo Shelkovogo puti. Ocherki istorii i kulturы. T.: Fan, 1990. S. 98.
2 Azimov I. O‘zbekiston naqshu nigorlari. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1987. – B.7.
3 Shirinov T Sh.., Isomiddinov M.X. Ko‘hna Samarqand arxeologiyasi. 2007. – B. 14.
4 Grene F. Isamiddinov M. Arxeologicheskie raskopki na gorodiщe Afrasiab // Arxeologicheskie issledovaniya v Uzbekistane – 2000 god. Samarkand. 2001. S.61-62.
5 Bu haqda qarang: Bolshakov O.G. Dva vakfa Ibragima Tamgach-xana v Samarkande // Stranы narodы Vostoka, vыp. X, M., 1971; Nemseva N.B. Medrese Tamgach Bogra-xana v Samarkande (Iz arxeologicheskix rabot v ansamble Shaxi-zinda) // Afrasiab. vыp.III. Tashkent, 1974.
6 Bu haqda qarang: Nemsova B.N. Rabot-i -Malik // Xudojestvennaya kultura Sredney Azii IX–XIII vekov. T., 1983.
me’morchiligining mumtoz namunasi sanaladi1. Bu haqda Rahim Qodir “Raboti Malik karvonsaroyi”risolasida jumladan shunday yozadi: “Raboti Malik karvonsaroyi asrlar mobaynida Turon zaminning eng qadimgi va ulkan karvonsaroyi bo‘lib kelgan. Bu nodir obida xalq me’morchilik va hunarmandchilik san’atining yorqin namunasidir... Raboti Malikning eng muhim ahamiyatli tomoni: bunyod etilgan karvonsaroyning betakror me’moriy loyihasi va shu asosda yuksak darajada puxta-pishiq qurilganligi, uning ajoyib tarzi; unda xalq me’mor, ustalarining o‘tkir zehni, nozik didi; mohir hunarmandlarning mahoratligidir. Shuning uchun ham Raboti Malik nomi bilan mashhur bo‘lgan karvonsaroyga qiziqish tobora ortgan”.
Yevropalik tabiatshunos olim A. Leman 1841 yili Raboti Malik yonidan o‘tar ekan bu muhtasham me’moriy yodgorlikka maftun bo‘lganligidan o‘z taassurotlarini quyidagicha bayon etgan:
“Bu – mustahkam qal’a, endilikda xarobaga aylangan; uning qarshisida kichik qishloq va suv hovuzi joylashgan. Qal’a qadimiyligi bilan shu yurt o‘tmishi davriga oiddir. Men kimlardan bu haqda so‘ragan bo‘lsam, ularning txminiga ko‘ra, bundan 700-800 yillar burun qal’a gullab yashnagan va uning qadimgi Movarounnahr ko‘chmanchi urug‘larining yo‘lboshchilaridan biri, go‘yo tushida kerakli bir yo‘riqni olib, qurgan ekan. Malikxon qal’aning afsonaviy asoschisini shunday deb atashgan... Uning nomidagi xaroba va shuningdek, (unga )yaqin qishloq hanuzgacha Malik, deb yurtiladi…Qal’a basharti, shunday atalsada, aslida katta to‘rtburchakdan iborat: uzunasiga 106 qadam va kengligi ham shuncha. Bularning hammmasi chiroyli, nafis, pishiq g‘ishtlardan nihoyatda tartibli va to‘g‘ri terib qurilgan”2.
Buxoro yaqinidagi Shamsobod saroyi va Buxoro jome’ masjidi ham shu xukmdor tomonidan barpo etilgan. Ibrohim Tamg‘ochxoning yana bir avlodi Arslonxon davrida ham ko‘plab inshootlar bunyod etilgan. U Buxoro qal’asini yangitdan ta’mirlatib, buzilib ketgan Shamsobod namozgohi o‘rnida 1121 yili yangi masjid va madrasa qurdirdi. Qizig‘i shundaki, Qoraxoniylar davrida qurilgan inshootlarning asosiy qismi shu hukmdor nomi bilan bog‘liq. Ehtimol, bu yanglish ko‘rsatilgan bo‘lishi ham mumkin. Bunga asosiy sabab “Arslonxon” nomi bilan xukmronlik qilgan shaxs Qoraxoniylar sulolasida bir emas, bir nechta ekanligidir. Xalq orasida bo‘lsa, mazkur ism keng tarqalgan va hatto, keyingi davr avlodlari tomonidan turli rivoyatlarda bosh qaxramon sifatida e’tirof etilgan. Shunday bo‘lsa-da, ayrim inshootlarni haqiqatdan ham Muhammad Arslonxon ibn Sulaymon(1102-1130 yy) tomondan qurilganligiga guvoh bo‘lamiz.
O‘quvchilarimiz Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davr me’morchiligi va o‘sha davr obidalarining o‘ziga xos jihatlari haqida qiziqishlari turgan gap. Biroq mavzuimiz doirasidan chiqib ketmaslik uchun bu borada ayrim ma’lumotlar bilangina cheklanib qolamiz. Shu o‘rinda atoqli olima G.A.Pugachenkovaning (1915-2007) XI—XIII asrlarda Markaziy Osiyo


1 Berdiev . Navoiy viloyatining tarixiy manzilgohlari. T.: Muharir, 2008. – B.18.
2 Bu haqda qarang: Rahim Qodir. Raboti Malik karvonsaroyi. T.:Yozuvchi, 1998.
memorchiligi xususida bildirgan fikr-mulohazalarini keltirib o‘tishni maqsadga muvofiq deb bilamiz:
Markaziy Osiyo XI—XIII asr boshlarida tepasida Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlarning turkiy sulolalari turgan yirik davlatlar tarkibiga kiradi. Feodalizm taraqqiyotining bu davri shaharlar rivojlanishining keyingi bosqichi bilan ajralib turadi; ularda aholining ko‘payishi, ma’muriy hukumat va harbiy kuchlarning to‘planishi, ichki va xalqaro savdoning o‘z navbatida kengayishi me’morchilik qurilish tashkilotlari oldiga mas’uliyatli va xilma-xil vazifalar qo‘yadi. Qurilish ishlari borasida qurilish materiallari va loyihalarni mukammallashtirish tarkibida taraqqiyot ko‘zga tashlanadi. Monumental me’morlikda tobora mustahkamligi yuksak bo‘lgan loyga yopishtirilgan pishgan g‘ishtning ahamiyati ortib boradi. Me’morlar gumbazli- qubbali tomlarni ishlab chiqishda, ayniqsa, devorlar kvadrati ustida gumbazni loyihalash borasida katta yutuqlarga erishadilar. Bu usul ko‘chib turuvchi puxta o‘ylangan vositalar, yengillashgan ichki bo‘shliqning tuzilishi, gumbazlarning o‘zini ikki qobiqli kilib ko‘tarish bilan yuzaga keltiriladi. Bunday loyihalash borasida Markaziy Osiyo me’morlari yevropalik arxitektorlarni uch yuz yilga ortda qoldirdilar.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling