Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet50/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Mazkur bobda bularning hammasini birlashtirish va tahlil etish imkoniyati yo‘q. Qiziqqan o‘quvchilar tegishli manbalarga murojaat qilsinlar. Biz bu yerda XIII—XIV asrlarga oid arabiy va forsiy manbalar (Nisaviy, Juvayniy, Ibnul Asir va boshqalar) asosida ba’zi shaharlar tarixiga oid ma’lumotlarni to‘plab, oydinlashtirishni maqsad qildik.
Mo‘g‘ullar istilosi arafasida va undan keyin Xorazm davlatiga kiruvchi shaharlarning qiyofasi qanday edi. Zakariyo Qazviniy yozishicha: har bir shahar o‘rtasida yana bir kichik shahar bo‘lgan. Qichik shaharning o‘rtasi ko‘handiz atalgan. Markazdagi kichik shaharlarni shahriston yoki arabcha madinatus-sug‘ro (kichik shahar) deb ataganlar. Uning atrofi devor bilan o‘ralgan va bir necha darvozalari bo‘lgan. Shahriston atrofida katta shahar (madinatul-kubro) bo‘lib, u ham devor bilan o‘ralgan va bir qancha darzozalari bo‘lgan. Qatta shahar atroflarida esa uzumzorlar va mevali bog‘lar, ularning tevaragida ekinzor dalalar bor edi.


G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972; Qodirova M. XIX asr o‘zbek shoirlari ijodida inson va xalq taqdiri. T.: Fan, 1977.


1 Dilshod. Tanlagan asarlar. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972. – B.13.
Yoqut Hamaviy fikricha, Movarounnahr va Xuroson aholisi tilida ko‘handiz asli ko‘hna diz, ya’ni, eski qal’a ma’nosini anglatgan. Samarqand, Buxoro, Balx, Marv kabi shaharlarning o‘rtasidagi balandlikda ko‘handizlar, eski qal’alar qad ko‘targan.Xorazmshohlar davlatining markazi Gurganj shahri edi. Zakariyo Qazviniy yozishicha, Gurganj Jayhun daryosi bo‘yidagi juda katta shahar, aholisi juda ko‘p.
Gurganjda mo‘g‘ullar istilosi arafasida 616 (1219) yilda bo‘lgan Yoqut Hamaviy: “Men Gurganj kabi buyuk, boy va go‘zal shaharni ko‘rmadim”, deb yozadi. Qazviniy esa Gurganj haqida bu go‘zal shaharni “Jannatdagi shaharni va chimildiqdagi kelinchakni qo‘riqlaganday, farishtalar qo‘riqlaydi”, deb yozgan edi. Shahar obodonchiligi Xorazmshohlar davlatining gullab-yashnashi bilan bog‘liq edi. Gurganj, ayniqsa, sulton Takish va Aloiddin Muhammad davrlarida yuksaldi. Xorazmshohlar o‘z poytaxtini obod va farovon bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilganlar.
Gurganjda o‘sha zamonlardagi barcha kasb-hunarlar taraqqiy etgan edi. (Bir manbada 50 xil kasb-hunar ko‘rsatilgan). Zakariyo Qazviniy yozishicha, Gurganjda mohir ustalar, ayniqsa, temirchilar, duradgorlar va boshqa hunar egalari o‘z kasbida barkamol edilar. Gurganj naqqoshlari fil suyagidan va sandal daraxtidan ajoyib naqshlar yasar edilar. Gurganj ayollari chevarlikda mohir edilar, ipakchilar tabiiy ipakning oliy navini yetishtirgan. Binokor quruvchilar tol yog‘ochidan shunday yengil (sinchli) binolar qurur edilarki, bu yerda tez-tez bo‘lib turadigan zilzila paytida tosh va g‘ishtii uylar qulasa ham, sinchli- uylarga ziyon yetmas edi.
Oddiy va karvon yo‘llari yaxshi qo‘riqlangani uchun ichki va tashqi savdo juda rivojlangan. Zakariyo Qazviniy bir savdogar tilidan bunday yozadi: “Gurganjdan katta savdo karvoni yo‘lga chiqdi. Gurganjdan ancha uzoqlashib ketganimizda mamluklarimiz (yollanma soqchilar) isyon boshladilar. Savdogarlarga nisbatan mamluklar ko‘p edi. Ular o‘zaro til biriktirib, bizga (kamonlaridan) o‘q ota boshladilar. Biz ulardan “Maqsadlaringiz nima?” deb so‘radik. Ular “Biz sizlarni o‘ldirib, mollaringizni tortib olamiz, mollarni sotib, o‘zimizga ot va qurol-yarog‘ xarid qilamiz va sulton Aloiddin Muhammadning xizmatiga kiramiz”. Savdogarlar aytdilar: “Bu qizil matohlarni sizlar sotolmaysizlar, yaxshisi bizga qoldiringlar, biz sizlarga pul beramiz, bir odamimiz sizlar bilan Gurganjga borib, otlar va qurol-yarog‘ olib beradi. So‘ng orangizda bittangiz amir bo‘lasiz va sultonning xizmatiga kirasizlar”. Mamluklar rozi bo‘ldilar. Gurganjga borgan odamimiz shahar shixnasiga (mirshablar boshlig‘iga) voqeani bildirdi. Bir necha kundan so‘ng shixna mirshablar bilan birga kelib, mamluklarni xibsga oldilar. Karvon Gurganjga qaytdi. Ibrat uchun xalq oldida mamluklarni dorga osdilar.
Gurganj savdogarlari noyob mollarini Bag‘dodga va hatto olis Andalusga olib borib sotar edilar. Rashididdin Vatvotning Iroqdagi Xorazm noibiga maktubida Usmon ibn Ismoil Xorazmiy ismli savdogarga g‘amxo‘rlik kilishi so‘ralgan. Abul-Fath Nasr ibn Hasan Shoshiy ismli savdogar Samarqanddan karvon bilan Andalusga borib, savdo qilgan.
Amudaryoning ikkala sohiliga joylashgan Gurganj shahri, chamasi daryodan to‘g‘on bilan ajratilgan. Mo‘g‘ullar kelgach, to‘g‘onni buzib, shaharni suvga bostirgan, Yetti oy davom etgan qamal vaqtida ham shahar ancha vayron bo‘lgan, albatta.
Suv bosganida va urush-qirg‘inlardan faqat shayx Najmiddin Kubro bilan sulton Takish maqbaralari, shuningdek, Aloiddin Muhammadning qizi, Ko‘shki Ohjuq (qasri) va bozorning bir qismi omon qolgan.
Mo‘g‘ullar istilosiga qadar Gurganj juda obod, aholisi juda gavjum, zich edi. 3akariyo Qazviniyning yozishicha, Gurganjda aholi ko‘pligidan ko‘chalar, bozorlarda odamlar bir-biriga urilar, o‘tish qiyin edi. Tanura va Maydon mahallalari, Qobilon darvozasi nomlari manbalarda esga olinadi.
Shaharda bozorlar gavjum bo‘lib, savdo-sotiqni muhtasib nazorat qilar edi. Muhtasib mollarning sifatini, qop, qanor va idishlar tozaligini, mevalarnn yangi uzilganligini, tosh-tarozularning to‘g‘riligini tekshirar, muttahamlarni tarozudan urib qoluvchilarni jazolar edi. Muhtasiblik lavozimiga ishonchli odamlar yoki imomlar qo‘yilardi.
Gurganjning va butun Xorazmning (o‘sha zamondagi) so‘nggi muhtasibi Abu Ali Aloiddin Sadid ibn Muhammad Xorazmiyni ilm va amalda barkamolligi uchun sulton Aloiddin Muhammad hurmat qilardi.
Xorazm viloyati tumanlari (nohiyalari)dan Tohiriya, Qordor va Marohard manbalarda esga olinadi...Manbalarda Xorazm viloyati shaharlari haqida ko‘p ma’lumotlar saqlanib qolgan:
Ardaxushmisan (yoki Xushmisan) bozorlari gavjum va aholisi farovon katta shahar. Yoqut Hamaviy bu shaharda 616 yil shavvol oyida (1219 yil, dekabr) ya’ni mo‘g‘ul istilochilari kelishidan bir yil avval bo‘lgan edi. O‘sha qishda qattiq sovuq bo‘lib, daryo muzlab, sayyohlar tushgan kema yurolmay qolgan edi.
Xevaq (Xeva) Gurganjdan 15 farsaq olisdagi qal’a shahar. Xorazm davlatining barcha boshqa shaharlarida islom ahli hanafiya mazhabiga amal qilsa, faqat Xevaqda shofiya mazhabiga amal qilar edilar.
Darg‘on (Darg‘om) — cho‘lga yaqin balandlikdagi shahar. Yoqut Hamaviy Marvdan Gurganjga kelayotganida, bu yerda 616 yil ramazon oyida (1219 yil, noyabrida) bo‘lgan edi.
Mavakon —Xazorasp va Xushmisan oralig‘idagi shaharcha. Katta bozori va jome’ masjidi bor edi. Yoqut Hamaviy bu yerda 617 (1220) yilda bo‘lgan.
Govshfanj Gurganjdan 20 farsax olisdagi chiroyli, gavjum shahar. Yoqut Hamaviy bu yerda ham 616 (1219) yilda bo‘lgan.
Qos (yoki Qiyos, Qiyot) Gurganjdan 20 farsax olisdagi katta shahar. Yoqut Hamaviy bu yerda ham 1219 yilda bo‘lgan.
Nuzkat Gurganj yaqinidagi shaharcha.
Hazorasp mustahkam qal’a va go‘zal shahar. Bozorlari va rastalari ko‘p.
Yoqut bu yerda ham 1219 yilda bo‘lgan.
Sayyoh olim Yoqut Hamaviy bundan tashqari o‘sha vaqtda Xorazmga qarashli Suburna (Suv burni), Saraqusta, Mangqishloq shaharlarini eslab o‘tadi.
Manbalarga ko‘ra, oxirgi ikki xorazmshoh (Takish va Muhammad) davrida qishloqlar va nohiyalarda ekinzorlar ko‘p edi. Bu joylarda paxta, qovun-tarvuz, turli mevalar yetishtirilardi. Mo‘g‘ullar istilosi arafasida bu yerlarga kelgan Yoqut Hamaviy “Xorazmdan ko‘ra go‘zalroq gullab-yashnagan yerlarni ko‘rmadim”, deb yozgan edi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling