Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Qurilish va kulolchilikning rivojlanishi me’moriy bezaklar turlarini kengaytirdi. Figurali qilib yo‘nilgan pishgan g‘ishtni naqshnamo tarzda terishdan tashqari sopol o‘ymakorligi paydo bo‘ladi, XII asrdan boshlab esa, ham gumbazlarning qoplamasi uchun, ham alohida xol-xol tarzidagi sirli sopol naqsh sifatida qo‘llanila boshlaydi. Intererlarni bezashda esa, ganch o‘ymakorligi va naqshin bitiklar paydo bo‘ladi. Me’morlik bezaklari texnologiyasining kengayishi bilan naqshin motivlar — geometrik, uslubiylashgan o‘simlik, epigrafik motivlar ajralmas holda rivojlanadi.
XI — XII asrlar hukmdorlari saroylari kompozitsiyasida ayniqsa qabulxona- zali tantanavor bo‘lgan binoning bir-ikki qavatini aylanib o‘tgan o‘qlardagi ayvonli, keng hovli ham xarakterlidir. Termiz hukmdorlari saroyida, masalan, bunda hovli orqasida uch ravoqli gumbazli zal joylashgan arkni tutib turadigan mustahkam qozioyoqlardagi peshtoq bilan tashqi tomondan ajratilgan, ayni paytda barcha devor va qozioyoqlarni ganch o‘ymakorligi hamda naqshin tasviriy san’at qoplagan. Bu davrlarda shaharlar va savdo yo‘llarida ko‘pdan-ko‘p karvonsaroylar yoki rabotlar qad ko‘tardi. Odatda — chor burchak yoki to‘g‘ri burchakli, hujumlardan saklanish uchun qalin devorlar, burchaklarida kuzatuv minoralari va peshtoqli kiraverishi bo‘lgan inshootdir; ichkarida — yo‘laklar, og‘ilxonalar, yashash xonalari, mehmonxona va uncha katta bo‘lmagan masjid bilan o‘ralgan hovlilar (odamlar uchun alohida, hayvonlar va yuklar uchun alohida). Navoiy — Karmana shahri yaqinidagi qazish paytida topilgan mustahkam devorli, qadimiychasiga yarim minoralar va chiroyli peshtoq bilan o‘ralgan, ganch o‘ymakorligi bilan qoplangan Raboti Malik o‘zining me’morlik shakli bilan haqiqatan ham shohona binodir. Garchand turli mazhablar, so‘fiylik ordenlarining o‘zaro raqobati va kurashi natijasida ro‘y bersa-da, butun Markaziy Osiyoda islomning to‘liq tantanasi musulmon dini binolarini — masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, shayx hamda sultonlar qabrlari ustidagi maqbaralarni yaratish va ularni yaxshi tutib turishga juda katta e’tibor bilan qarashni ta’minladi. Masjidlarning uch turi bunyodga keldi: bosh ibodat masjidi — jome’ yoki juma namozi uchun mo‘ljallangan umumshahar masjidi; shahar tashqarisidagi masjid — Qurbon va Ramazon hayitlariga mo‘ljallangan namozgoh; ichki, mahalliy masjidlar — guzar yoki mahalla jamoasining kundalik ibodatiga mo‘ljallangan guzar masjidlari. Masjidi jomelar odatda yog‘och ustunlarda turgan shiyponlar bilan yoki ustunlardagi arkli-gumbazli yo‘laklar bilan o‘ralgan hovliga ega bo‘lgan; hovlining bosh asosida, darvoza qarshisida g‘o‘lanamo devorida mehrobi bo‘lgan bosh binoning gumbazli ayvoni osilib turadi. Burchakda— shundoqqina yaqin yoki bir oz narida musulmonlarni namozga chaqirish uchun minora — mezana bo‘lgan. Markaziy Osiyo minoralari odatda tepaga qarab ingichkalashib, gumbaz-fonus bilan nihoya topadigan doira shaklidadir. IX—X asrlarda maqbaralar qurilishi alohida taraqqiyot kasb etdi. Ularning me’moriy obrazli g‘oyasi — islomning mashhur arboblari, qudratli hukmdorlar yoki shohlar oilasi a’zolarining xotirasini abadiylashtirishdan iboratdir. Maqbaralarning uzoq chidaydigan materialdan — pishgan g‘ishtdan tiklanishi (hatto saroylar ham sinchli, xom g‘isht yoki guvala qalamadan qurilgan bir paytda), ularga monumental shakl berilishi (ba’zan katta umumiy mezonlarda bo‘lmasa ham), manzarali bezalishi ana shu sababdandir. Maqbaralar kompozitsiyasida peshtoqli-gumbazli tip ko‘pchili-ni tashkil etadi; unda naqshli dekor bilan to‘la, P tarzidagi ramkaga olingan keng arkli peshtoq hukmronlik qilgan, undan keyin esa gumbaz bilan yopilgan go‘rxona joylashgan. E’tiborli maqbaralar yaqinida memorial komplekslar va ansambllar vujudga kela boshladi. (Termizdagi Hakim at-Termiziy va Sulton Saodat, Samarqanddagi Shohi zinda). X—XII asrlar monumental arxitekturasining ajoyib xususiyatini me’morlar tomonidan matematik proporsiyalash qonuniyatlarining qo‘llanishi tashkil etgan. Saqlanib qolgan binolar tahlili rejalashtirishning, old devorlar, hajmlar va ichki kengliklar tuzilishining qat’iy geometrik uyg‘unlik qoidalariga bo‘ysundirilganidan dalolat beradi. Bunga modulgaz yoki uchburchaklar, yoxud kvadrat va uning diagonaliga asoslangan irritatsional munosabatlarni qo‘llash yo‘li bilan erishilgan. O‘rta asr Sharqi fanining dong‘ini olamga yoygan matematik bilimlar muvaffaqiyatlari me’morlikda ana shunday amaliy qo‘llanilgan. Ayni mana shu qonuniyatlarning keng qo‘llanishi yuzadagi va tekislikdagi naqsh qurilishiga ham ko‘chadi. Bu davrgacha ham, bu davrdan keyin ham — hech qachon Markaziy Osiyoda geometrik naqsh — girih bu qadar boy va xilma-xil bo‘lmagan. Shuningdek, me’morlik bezagida katta ahamiyat kasb etgan uslubiylashgan o‘simlik naqshi ham asosan geometrik rejalashtirishga tobe bo‘lgan. Geometriklashtirilgan harflar o‘simliknamo tugallanish va o‘sib o‘tadigan chambarchaslikka ega “gullagan kufiy” yozuvi va harflar chirmashib ketishining erkin harakatiga ega “nasx” xati — epigrafik bezak sezilarli darajada murakkablashdi. O‘rta asrlar madaniyatining bu yuksak parvoziga mo‘g‘ul bosqinchilarining jonli va jonsizga qirg‘in keltirgan XIII asrdagi bosqini chek qo‘ydi. O‘rta Sharq xalqlari va mamlakatlari to bu bosqinning halokatli asoratlaridan qutilgunicha deyarli yuz yil vaqt o‘tdi” 1. Qoraxoniylar davrida barpo etilgan me’moriy obidalar ichida minoralar alohida o‘rin egallaydi2. Bu yodgorliklar shu kunga qadar yaxshi saqlanib qolgan. Jumladan, Termizdagi minora (1032), Jarqo‘tondagi minora(1108-1109), Buxorodagi Minorai kalon (1127), Vobkent minorasi (1196-1197), O‘zgan minorasi (XI) hamda Buron minorasi (XI) singari yodgorliklarning mahobatli qiyofasi hozirgi kunda ham har qanday kishini hayratga soladi 3. Shu o‘rinda 1127 yilda Qoraxoniy hukmdori Arslonxon tomonidan Buxoroda barpo etilgan Minorai kalon haqida. Ushbu minora poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Asosining diametri 9 m. balandligi 50,0m. Kursimon qirrador, tanasi silindirsimon bo‘lib. Mezana – qafasasi ko‘shk bilan bog‘langan. O‘zagi va bezagi chorsi g‘ishtdan ganchxok loyida terilgan. Bezaklar orasiga ko‘fiy uslubida yozuvlar bitilgan. Bezaklarida o‘ziga xos uslub aks etgan. Minoraning ichida 104 pilpoya aylanma zinasi, mezanasida 16 ta darchasi bor. Masjidi kalon tomidan minoraga o‘tadigan ko‘prikcha bo‘lgan4. Ushbu minorai kalon to‘g‘risida buxoroliklar orasida turli rivoyatlar saqlanib qolgan bo‘lib, ulardan biri haqida Nusratillo Naimov “Buxoroyi sharif”risolasida hikoya qiladi: – E sh i t m a d i m demanglar, eshitmadim demanglar! – deya shahar ko‘cha va xiyobonlari, bozorlari bo‘ylab yugurishdi jarchilar,— Buxoroyi sharifning buyuk sultoni, amirul mutlaq Arslonxon ibn Muhammadxon binni Ilikxon a’lo hazratlari ertaga barcha munajjim, me’mor va ustozodalarni Arki oliyga mashvaratga taklif eturlar! Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling