Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet62/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   147
Bog'liq
02 (3)

AXSIKENT


Sirdaryo bo‘yida joylashgan qadim Axsikent (yozma manbalarda Axsi, Axsikas, Axsikat nomlari bilan ham tilga olinadi. Hozirda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan) shahrining xarobalari shu kunga qadar o‘zining mahobatli ko‘rinishi bilan har bir kishida o‘zgacha bir tasavvur va hayrat uyg‘otishi muqarrar. Unga nazar tashlar ekansiz, ulkan yodgorlik qadimda chindan ham Farg‘ona shaharlarining poytaxti bo‘lganligiga ishona boshlaysiz va bundan ming yillar avval muqaddam arab sayyohi Ibn Havqalning go‘zal Axsikent haqida bergan ta’rifi beixtiyor yodimizga tushadi:


Farg‘ona - mamlakatning nomi bo‘lib, u boy shaharlar va kishloqlarni o‘z ichiga olgan keng viloyatdir. Uning poytaxti Axsikat [shahri] dir. Bu - Shosh daryosining bo‘yida, tekislikda [joylashgan] shahardir. Shahar bilan tog‘lar orasidagi masofa taxminan 1 farsaxni [tashkil qiladi]. Shahar daryodan shimol tomonda joylashgan. [Shahar] da shahriston ichida joylashgan qo‘rg‘on bor, [shahriston] yonida rabod [joylashgan]. Bayram namozlari [o‘tkaziladigan] yer - Shosh daryosining bo‘yida: shahar


12001-2005 yillardagi Namangan va Andijon viloyati bo‘ylab olib borilgan tadqiqotlar davomida yig‘ilgan dala materiallari.
2 Bu haqda qarang: Shevyakov A. Kultovыy folklor na shelkovom puti // Na Sredneaziatskix trasssax Velikogo Shelkovogo puti. Ocherki istorii i kulturы. T.: Fan, 1990; Abdulahatov N. Farg‘ona ziyoragohlari // «Buyuk ipak yo‘li va Farg‘ona vodiysi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent, 2004.
bozorlari shahristonda va rabodda [joylashgan]: shahriston bozorlari [boshqalariga nisbatan] kengroqdir. Shaharning uzunligi taxminan uchdan bir farsaxni [tashkil qiladi]. [Uning] binolari loydan qurilgan. Rabod devor bilan o‘ralgan. Shahristonning beshta darvozasi bor, ulardan biri ... darvozasi, qolganlari - Madkishiy darvozasi, Koson darvozasi, Jome’ masjidi darvozasi va Garov darvozasi [deb ataladi]. Shahristonda va rabodda oqar suvlar va ko‘p sonli hovuzlar mavjud. Rabodning barcha darvozalari oqar suvli qalin bog‘larga chiqqan bo‘lib, bu bog‘lar shahardan kamida 2 farsax masofadagi yergacha davom etadi. Shosh daryosidan kechib o‘tilsa, shaharning karshisida o‘tloklar va ko‘p sonli yaylovlar, shuningdek, bir kunlik yo‘l masofadagi yerda qumlar yotibdi1”.
Ibn Havqaldan so‘ng ikki asr keyin yashab o‘tgan Yoqut Hamaviyning ham Axsikent haqidagi ma’lumotlari Ibn Havqalnikidan qolishmaydi:
Axsikat Farg‘ona tomonda bir katta shahar bo‘lib, Shosh daryosining yoqasidagi tekis yerga joylashgan. Daryoning shimoliy tomonidagi tog‘lar bilan Axsikat orasidagi masofa bir farsax. Uning 3 farsaxga yaqin qo‘rg‘on va atrofida odam yashaydigan joylari bor. Axsikat ichkari shaharning to‘rtta darvozasi bo‘lib, uning imoratlari loydan yasalgan. Shahar ichida va qo‘rg‘oni atrofida oqar suvlar va katta hovuzlar bor. Qo‘rg‘onda bir-biriga tashgan bog‘lar va hech tinmay oqadigan bir farsax uzunlikda ariqlari bor. Bu yer Movarounnhrda eng xushmanzara joylardan biri”2.
Axsikent tarixiga qiziqa boshlagan tadqiqotchilarda shubhasizki ko‘p
o‘tmay uning o‘tmishi haqida yozish ishtiyoqi tug‘iladi. Bunga dastlab ko‘hna Axsikent xarobalaridan topilgan qadimgi zargarlik buyumlari sabab bo‘lgan edi. 1885 yili Sankt Peterburgdan xizmat safariga yuborilgan sharqshunos olim N.I. Veselovskiy(1848-1918) qadimgi shahar xarobalarida dastlabki arxeologik tadqiqotlarni o‘tkazadi3. N.I. Veselovskiy Axsikentni ko‘zdan kechirgach quyidagilarni qayd etib qoldirgan edi: “Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan ulkan shahar qoldig‘ini har doim daryo suvi toshgan vaqtlarda yuvib turadi... Bu xarobaga 1884 yilgacha, ya’ni oltin taqinchoqlar va turli qimmatbaho buyumlardan iborat xazinani tasodifan topilguniga qadar hech kim e’tiborini qaratgan emas edi. Xazina to‘g‘risida xabar juda tezlik bilan tevarak-atrofga tarqalib kishilar xazina topish maqsadida Axsiga yopiril kela boshlaganlar. Bu esa mahalliy rus hukumatini yodgorlik saqlash borasida choralar ko‘rishga majbur qilgan... Topilmalarni ayrimlari Toshkent muzeyining vakillari tomonidan olib qo‘yilgan. Qolganlari esa aholi orasida tarqalib ketib, oltin va kumush bilan shug‘ullanuvchi zargarlarning qo‘llariga borib tushgan”.
1913 yilda Axsi yodgorligi yuzasidan tarixiy-etnografik tadqiqotlarni olib borgan I Kastanening ta’kidlashicha, 1884 yilda topilgan Axsikent xazinasidagi nodir buyumlar tarixiy jihatdan bebaho


1Mamadaliev H. IX-X asrlar arab manbalarida Farg‘ona shaharlarining tavsifi...– B.141-
142.
2 Hikmatullaev H., Shoisloimov Sh. Yoqut Hamaviy...– B. 27.
3 Xolmatov R. Axsikentning moddiy va yozma manbalari // “Qo‘qon asrlar silsilasida”
Respublika ilmiy-nazariy konfreniyasi materiallari. Qo‘qon, 2004. – B. 216.
topilmalar sifatida yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan. Aynan shu xazinaning bir qismi hisoblangan olingan kumush uzuk va oltin bilakuzuklar bir muncha vaqt Toshkent muzeyidan o‘rin olgan. I Kastanening bergan ma’lumotlariga ko‘ra, bu topilmalar 1908 yilda izsiz g‘oyib bo‘lgan1.
Ma’lumotlarga ko‘ra, I Kastanening Axsikent to‘g‘risidagi maqolasi chop etilgunga qadar, aniqrog‘i Turkiston viloyatining gazetasining, 1913 yil,
№ 48, 23 iyun sonida mar’rifatpar olim Is’hoqxon to‘ra “Istoriya drevnego goroda Axsы v Ferganskoy oblasti” maqolasini nashr ettirgan edi:
Farg‘ona oblastida qadimgi zamonlarda poytaxt bo‘lub turgan Axsi yoki Axsikent degan katta shahar bo‘lgan ekan. Bul kunlarda mazkur shaharning o‘rni va asorati yaxshi ma’lumdur. Chunonchi, Namangan uezdig‘a tobe’ xuddi Namangan shahridin o‘n besh chaqirim masofada Axsi bo‘lustida daryo labida bir necha qishloqdin iboratdur. Bul xususda tavorix kitoblardin mazkur Axsiket xususida xabar olib, tavorix uchun biror risola tasnif qilmoq lozimdur, ya’ni ul shahar qaysi vaqtda ul martaba bino bo‘lgan, qaysi xon va beklar ul shaharda hukumat qilgan va fuqarolarni(ng) maishati qayu tariqada bo‘lgan va ham qayu vaqtda nima sabablar ila ul shahar vayron va xarob bo‘lgan va nima uchun ul joyda hech kim turolmagan. Yiqilgan devor va imorat asorati yer ostig‘a ko‘mulub qolgandurmu, deb. Bul muddao birla gazet o‘qug‘uvchi zotlardin iltimos qilamizki, har kimning qo‘lida har xil tarix kitob bo‘lub, ul kitoblarda Axsi shahri xususida xoh qisqa, xoh mufassal xabar bo‘lsa, biz gazet muallifig‘a yozib yuborib, bizni xursand qilsa, va lekin mazkur xabar bu tariqa yozilsa, chunonchi: “Axsiket Movarounnahrda Sayhunning soxil sharqisida bir qasaba erdi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling