Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet60/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147
Bog'liq
02 (3)

poytaxti ul vaqtda Qubo ekan. Va ba’zi vaqtlarda Axsikent poytaxt bo‘lgan ekan...
Bu Farg‘onaning shaharlaridan ko‘hnalari Qubo va Axsi bo‘lub, har bir podshohlar duxuli ilan bir yer poytaxt bo‘lub, so‘ngra bo‘lak podshoh duxulida bo‘lak yerni poytaxt qilib, har bir vaqtda bir joy poytaxt, bir joy shahar bo‘lub, avvali poytaxt Qubo ekan.
Qomusda” mazkurdurki, Qubodan ko‘b mashohiri shuoarolar chiqqon ekan”. Chunonchi, bulardan shu’aro Rukniddin Quboiy asl Movarounnahrda Qubo shahridan chiqib, Isfahonga sayohat etib, Badriddin Jojarmiy ilan mushoirada bo‘lub, Asiriddini shogirdidur. Ulamoyi izomdam amir ul–imom Shams ul millat va-d-din Muhammad bin Muhammad bin Muhammad al-Quboviy sallamahulloh chiqmish ekanlar.
Qubodni binosi har mamlakatda bo‘lub, oti-l-bayon, inshoolloh yoziladur. Qubodni o‘g‘li No‘shiravon Turkiston muzofotida ko‘p yerni obod qilg‘on ekan,
afvohi nosda ham mashhurdirki, Qayqubodni poytaxti Qubo degan so‘z… “Ta’rixi Shoh Hurmiz”da yozibdur: islomdan qadim Qubod podshoh zamonda markazi hukumat Qubo shahri bo‘lub, anda mo‘g‘uliyalar podshohlaridan Xushdod degan qalmoq hukumat surib, majusiylar qo‘lida edi...Bu shaharlardan ko‘b ulamo va fuzalolar chiqmish ekanlar. Bulardan sohibi “Hidoyai Sharif” Marg‘inondan. Mashohiri so‘fiyundan Abu Is’hoq ibn Ibrohim Quboqiy chiqib edi. Sulton Mahmud Sabuktagin zamonida Qubod shahri obod bo‘lub, Yag‘u ibn Tag‘on hukm surub, adl va haqqoniyat ila mashhur bo‘lub edi…
Yana “Ajoyib ul-buldon”da masturdirki, Farg‘onani ikkinchi eron podsholaridan olti yuz o‘ttiz birinchi melodiyda No‘shiravon binosi debdurlar. Bu qavlga dalil budurki, Farg‘onada bo‘lmish Qubo shahrining avvalgi binosi No‘shiravon otasi Qubod bino bino qilga deb avvalda yozilub o‘tti. Qubodni o‘z ismiga Qubod qo‘yulub. Holo dolni tarxim qilib qilib, Qubo yozarlar. Avomunnoslar bo‘lsalar og‘izda Quva derlar. Quvani hech ma’nosi yo‘q. Qubo to‘g‘risida “Qomus ul a’lom” qavlini ham yozildi. Qubodin chiqmish ulamo va shaoarolarni avval teodod qilib o‘tdik. Xosil ul- kalom, Farg‘onani shahri qadimi Qubo bo‘lub, chingiziya va temuriya xurujlarida xarob bo‘lgan ekan1.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni keltirish bilan shaharni Qubo va Qubod nomlari bilan qay darajada bog‘liqlik ekanligini hamda shahar nomininng kelib chiqishi to‘g‘risida ayrim fikr-mulahazalar bilan tanishib chiqsak. Quvani Qubo nomi bilan atalishini qadimshunos olim B.Matboboev qadimgi Quba xudosi bilan bog‘lab: “Turkiy xalqlardan biri sag‘aylarda Quba xudosi bo‘lgan. Unga ma’lum vaqtlarda samoviy otlarni qurbonlik qilganlar… Shulardan kelib chiqib biz Qubo “Quva” nomi ana shu “Quba” ilohi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deb hisoblaymiz” degan fikrni keltiradi2. Biz ushbu fikrga qo‘shimcha qilib turkiy xalqlardagi Qo‘ng‘irot qabilasining Oytamg‘ali aymog‘i tarmog‘idan




1 Ibrat. Farg‘ona tarixi. Toshkent,1991. 278-282-bet.
2Matboboev B. Qadimgi Quva(Qubo) // O‘zbekiston tarixida qadimgi Farg‘ona. T.: Fan, 2001.
–B.46.
biri Quba deb atalganligini ham eslatib o‘tamiz1. Biroq Quvani Quba ilohi va Quba urug‘i bilan bog‘lash haqiqatdan yiroqdir. Chunki shaharni IX asrdan boshlab Qubo deb atalganligini nazarda tutsak chindan ham ushbu fikrlar o‘zining isbotiga ega bo‘lmaydi.
Qadimgi Quva nomini kelitb chiqishi bilan bog‘liq yana bir qancha taxminlar mavjud. Bizningcha shaharni “Qubo” nomi bilan atalishi arablarning Movarounnahrga qilgan dastlabki yurishlari bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Chunki shaharning go‘zalligi va kengligi arabcha “Qubo’”, ya’ni “keng” degan sifatlar bilan mashhur bo‘lishiga olib kelgan bo‘lishi ham mumkin. Qolaversa, arablarda Qubo’ – keng laqabi bilan ataluvchi kishilar bo‘lganligini Abu Mansur as-Saolibiy o‘zining “Kitob latoif al maorif” asarida keltirib o‘tadi2. Agar Quva o‘zining geografik joylanishi jihatdan Farg‘ona vodiysidagi shaharlarini o‘rtasida joylashganligini nazarda tutsak unda arabcha “Qabo’”, ya’ni “o‘rtasidagi, oraliqdagi”3 shahar deb atalgan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Ammo bu fikrlarni bari taxmin ekanligi yana bir ta’kidlab o‘tamiz.
Shuningdek Quvani Qayqubod va Qubod nomli podshohlar bog‘lash ham faqat taxminlar va rivoyatlar zamirida yuzaga kelgan. Zero, zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da nomi tilga olingan afsonaviy Kayyoniylar sulolasining asoschisi Kavay Kavata, ya’ni Kay Qubod Eronda humronlik qilgan4. Firdavsiyning “Shohnoma” asarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Qay Qubod eramizdan avvalgi 782 yili taxtga chiqib 100 yil podshohlik qilgan5. Qay Qubod nomi qadimdan mashhur bo‘lganligi bois shaharlarni uning nomi bilan bog‘lash o‘rta asrlarda an’anaviy tus olgan edi. Masalan, Hamza Isfahoniy Amudaryo bo‘yidagi Qubodiyon (Tojikiston) shahrini Qay Qubod bino etganligini ta’kidlaydi6.
Erondan hukmronlik qilgan Sosoniylar sulolasiga mansub Qubod (488- 531) ismli hukmdorni ham Farg‘onada o‘z nomiga Qubod shahrini bino qilishi haqiqatdan yiroqdir. Chunki Qubod Turon zaminida o‘sha davrlarda hukmronlik qilgan Eftalitlar hukmdorining yordamida o‘z taxtini qo‘lga kiritgan bo‘lib, o‘z homiylarining davlatida shahar qurishi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Demak, keltirilgan ma’lumotlardan ravshan bo‘ladiki, Quvani Qayqubod va Qubod nomi bilan bog‘lash afsona va rivoyatlar zamirida yuzaga kelgan bo‘lsa kerak.
Shaharni Qay Qubod deb atalishining asosiy sababi aslida bu so‘zning mazmuni katta ahamiyat kasb etgan ko‘rinadi. Chunki tarix fanida joy nomlari uning xususiyatlariga nisbatan berilgan bo‘lsada, vaqtlar o‘tishi bilan u kishi


1Zaki Validiy. O‘zbek urug‘lari // O‘zbegim «Vatan» seriyasi. T., 1992. –B.112.
2Abu Mansur as-Saolibiy. Kitob latoif al-maorif. T.: Fan. 1987.-B. 24.
3Arabo-russkiy slovar. Tom 2. T.: Kamalak, 1994. S. 160.
4 Braginskiy I.S. Iz istorii Tadjikskoy narodnoy poezii. M.: Izdatelstvo akademii nauk. 1956. S. 138.
5 Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma. Birinchi kitob. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1975. –B.302.
6Braginskiy I.S. Iz istorii Tadjikskoy narodnoy poezii... S. 140.
nomi deb qabul qilingan holatlari uchrab turadi. Shu o‘rinda atoqli olim akademik A. Muhammadjonovning “Qubo-Quva demakdir” nomli maqolasidan quyidagi ma’lumotlarga ehtibor beraylik:
Manbalardan ayon bo‘lishicha, Quva shahri Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlaridan bo‘lib, dastlab u Xitoy bitiklarida Yuan Chen – Farg‘ona shahri nomi bilan qayd etilgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikning oxirgi asrlarida Davan Farg‘ona davlati tashkil topgach, uning poytaxti sifatida Guyshan va Kveysan (Quvasoy) sohilidagi shahar deb yuritilgan. O‘rta asrlarda dastlab Qubod va Quvo deb atalib, keyinchalik Quva shaklida talaffuz etilgan.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling