Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- KOSON
Yuqoridagi tarixiy manbaga qaraganda, “Oqsu” degan nom suvning rangiga qarab qo‘yilmasdan, balki suvning oqishiga qarab qo‘yilgan nomdir”6.
1 Qoriev O.A. Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy... – B.53-54. 2 Asqarov A. Qadimgi Farg‘ona tarixidan lavhalar // Arxeologiya i istoriya Sentralnoy Azii. K 70 letiyu so dnya rojdeniya akademika AN RUz Yu.F. Buryakova, Samarkand. S. 26. 3 Kamollidin Sh.S. Drevnetyurkskaya toponimiya Sredney Azii. T.: Shark, 2006. S.84. 4 Boboyorov G‘. O‘zbekiston hududida Qoraxoniylar davrigach bo‘lgan qadimgi turkiy tomonimlar // Markaziy Osiyoda an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar. 1–qism. Toshkent, 2005. – B. 126. 5 Qoraev S.O‘zbekiston viloyatlari toponimlari...– B. 95. 6 Karimiy Z., Sattor Z. Diyorimizdagi bir qism yer nomlari haqida. Beyjing.: Millatlar nashriyoti, 2006. – B. 275. KOSONX asrda yashab o‘tgan arab tarixchisi Abul Fidoga ko‘ra, Koson (Hozirda Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida joylashgan) Farg‘ona vodiysidagi poytaxt shaharlardan biri hisoblanar edi1. Shu sababdan akademik V.V. Bartold VIII asr oxiri va IX asrning boshida Farg‘ona hukmdorlarining poytaxti Koson bo‘lgan deya ta’kidlab o‘tgan2. Xuddi Axsikent singari qadimgi Koson shahri xarobalariga bo‘lgan e’tibor XIX asrning oxirida paydo bo‘lgan. Natijada XIX asrning oxirida N. N. Щerbina-Kramarenko hamda I. Bryanovlarning Koson to‘g‘risidagi xotiralari chop etilgan3. 1939 yili Katta Farg‘ona kanali qurilishi davrida qadimiy Koson shahristoni yodgorligi ham arxeologlar tomonidan yo‘l-yo‘lakay ko‘rib chiqilgan edi. Keyinchalik akademik M.E.Masson o‘z esdaliklarida ham bu haqda yodga oladi: “Yana bir yarim chaqirimdan so‘ng qarshimizda tog‘ yonbag‘rida yastanib yotgan qadimgi Koson xarabalari gavdalana boshlaydi. Yodgorlik soyning chap qirg‘og‘ida joylashgan. Mahalliy aholi ularni Mug‘tepa yoxud Mug‘qala, ya’ni afsonaviy bahaybat mug‘larning qal’asi” deb ataydi. Emishki ular g‘ayridinlar bo‘lib, arablar istilosiga qadar shu yerda hayot kechirganlar. Shahriston va uning atroflarida bo‘rli dengiz molyusklarining toshga aylangan qoldiqlari sochilib yotibdi. Mahalliy aholi ularni mug‘lar tirnog‘larining qoldiqlari, ya’ni “mug‘tirnoq” deb ataydilar. Aytishlaricha, Farg‘onaga islom tarqalganidan so‘ng noiloj qolgan mug‘lar umidsizlikdan tirnoqlari bilan yerni shu qadar tirnagan ekanlarki tirnoqlari uzilib tushib toshga aylangan emish. Mug‘tepa oldida biz qadimgi o‘rasimon ikki qabrga duch keldik. Qabrlarninsh tuzilishini chizmaga tushirdik... 29 avgustda erta tongdan boshlab qadimgi Koson xarabolarini barchasini ko‘zdan kechiramiz. Avvalgi planlar shubhasizki uning murakkab qiyofasini aniq bera olmaydi. Yana ko‘z bilan chamalab planga olaman. Balandlikda joylashgan ko‘handiz va uning mustahkam to‘rtburchakli minoralarini, suvga tushishdan himoya qiluvchi devor qoldiqlarini, va nihoyat soyning tik qirg‘og‘idagi shahristonni ko‘zdan kechiramiz. Hech bir yerda fanda aynan shu yerda eramizdan avvalgi II asrda Farg‘onanning poytaxti Guyshan bo‘lganligini isbotlovchi arxeologik materiallarga duch kelmayapmiz. Ora-sirada qator qilib urilgan paxsa devorlar va bir necha cho‘zinchoq g‘ishtlar, shuningdek topilgan yer ustki arxeologik materiallarning barchasi bu yerning ayni gullab yashnagan davri asosan VII–VIII asrlarda kechganligini ko‘rsatib turibdi. O‘sha paytlarda arab mualliflarining 1 Bernshtam A.N. Istoriko-arxelogicheskie ocherki sentralnogo Tyan-Shanya i Pamiro- Alaya. (MIA). M.-L., 1952. № 26. S 233. 2 Bartold V.V. Mo‘g‘ullar davrida Turkiston... – B.112. 3 Bu haqda qarang: Щerbina-Kramarenko N. N. Po musulmanskim svyatыnyam. Spravochnaya knijka Samarkandskoy oblasti, 1896, vыp. IV, otd. IV; Bryanov I. O sledax drevnogo goroda Kasana v Ferganskoy oblasti. Protokolы TKLAza 1895-1899 gg. 1900. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling