Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
1995 yili Pekinga ilk bor qilgan xizmat safari vaqtida bu yerda “Nyujie” nomi bilan mashhur musulmon mahallasi borligi to‘g‘risida xabar topdik va mezbonlar yo‘lboshchiligida ziyorat qildik... Masjidga kelgan chet ellik mehmonlarni kutib
1 Anorboev A. Mug‘tepa va uning atrofida olib borilgan 2002 yildagi arxeologik tadqiqotlar // O‘zbekistonda arxeologik tadqiqotlar 2002-yil. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi neshriyoti, 2003. – B.27. 2 Kamoliddinov Sh.S.Svedeniya «Kitab al-ansab» Sam' ani o Fergane …S.41. 3 Bu haqda qarang: Kamilov M. Al-Kasani // Islam na territorii bыvshey Rossiyskoy imperii. Tom I. M.: Vostochnaya literatura, 2006. 4 Najmuddin an-Nasafiy. Samarqandiya... – B. 181. 5 Djamal al-Karshi. Al Mulxakat bi-s-surax...S.135. olish bo‘limi boshlig‘i O‘zbekistondan kelganlimizni anglab, binoning hovlisida vatandoshlarimiz qabri borligini aytib, ularni ko‘rsatdi. Qabrlar yonma-yon joylashtirilgan va pishgan g‘ishtdan ishlangan ekan. Qo‘yilgan ikkita qabr qora marmardan edi. Mezbon bu yerda abadiy makon topgan ikki mudarris haqida bilganlarini so‘zlab berdi. Imomiddin Buxoriy va Muhammad bin Ahmad Burtan Kosoniy. Bularning biri Shayx Ali Imomiddin Buxoriy (mahalliy talaffuzida Shayxay Ali Yimamu tundin Buxorei), ikkinchisi shayx Muhammad bin Ahmad Burtan Kosoniy (Shayxay Ayxmayde Burertani Josayni) ekan. Mudarrislar oddiy, kamtarin inson, garchi ular tarix sahifalariga kirmagan bo‘lishsa ham, “Nyujie” mahallasi va Pekin musulmonlari o‘rtasida katta obro‘ga ega bo‘lgan zotlar ekan. Shu bois, mahalliy jamoa hurmat yuzasidan ularning abadiy makonini masjid hovlisiga joylashtirishi lozim topgan ekan”1. Temuriylar davrida Farg‘ona vodiysida yuz bergan voqealarda manbalarda Koson nomi ko‘p bor tilga olinadi2. Jumladan “Boburnoma”da Kosonga quyidagicha ta’rif berilgan: “Yana bir Kosondur, Axsining shimolida tushubtur. Kichikroq qasabudur. Nechunkim, Andijon suyi O‘shdin kelur. Axsi suyi Kosondin kelur. Yaxshi havoliq yerdur. Safoliq bog‘chalari bor. Vale safoliq bog‘chalari tamom soy yoqasida voq’ bo‘lg‘oni uchun “po‘mtin pesh berra” debturlar. Safo va havoda O‘sh bila Koson elining taassubi bor”3. “Maxdumi A’zam”, “Imom Kosoniy”, “Xojai Kosoniy”, “Sayyid Ahmad Dahbediy taxallusi Xojagi” nomi bilan mashhur bo‘lgan movarounnahrlik alloma, yirik diniy arbob, naqshbandiya tariqatining pirlaridan biri Sayyid Ahmad ibn Sayyid Jaloliddin Kosoniy Dahbediy (1463/64-1542) ham Koson shahrida tavallud topgan edi4. Tarixining shohidlik berishiga ko‘ra, Maxdumi A’zam Movarounahrda naqshbandiylik ta’limotini rivojlantirish sohasida beqiyos xizmat ko‘rsatgan ulug‘ zot sifatida mashhur bo‘lgan. Temuriy shahzodalardan Mirzo Bobur, shayboniy hukmdorlaridan Ubaydulloxon, Jonibek Sulton, Isfandiyor, Abdulazizxonlar uni o‘zlariga pir deb bilganlar. Chunonchi, buyuk shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur ul zotni chuqur hurmat qilgan va Maxdumi A’zamga atab ruboiylar bag‘ishlagan: Nafs havosini debon har qaydakim yurgandamiz, Dilda doim iztirob dil oldida sharmandamiz. Bir nazar bul xastadil muxlislaringa tashlakim, Xojagini qo‘ygan erdik, Xojagiga bandamiz. 47-48.
2 Bu haqda qarang: Azimdjanova. K istorii Ferganы vtoroy polovinы XV v. T., 1957. 3 Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma...-B. 36. 4 Bu haqda qarang: Kattaev K. Maxdumi A’zam va Dahbed. S.: So‘g‘diyon, 1994; Ilyosxon G‘oziy. Maxdumi A’zam Imom al-Kosoniy. T.: O‘zbekiston, 1996; Babadjanov B. Maxdum-i A‘zam // Islam na territorii bыvshey Rossiyskoy imperii. Tom I. M.: Vostochnaya literatura, 2006. Sharqshunos olim Ilyosxon G‘oziy Bobur Mirzoni ushbu misralarni bitishining sababini quyidagicha izohlaydi: “Xojagon-naqshbandiya tariqatiga Zahiriddin Muhammad Bobur va uning umarolari ham katta e’tiqod qilgan ekanlar, chunki, Bobur Mirzoning ustiga son-sanoqsiz dushman lashkari (Hindistonda) bostirib kelganda, o‘z vaziri Amir Darvesh Muhammad maslahati bilan Bobur naqshbandiya tariqati murshidlari ruhu arvohlariga jami devon mulozimlarini toat-ibodat bilan murojaat qilishlarini buyurgan ekan. Xullas, bundan ogoh bo‘lgan Maxdumi A’zam go‘yo o‘z g‘ayrioddiy qobiliyati bilan dushmanning ikki yuz minglik lashkarini zaiflikka (rivoyatlarga ko‘ra, katta qo‘shin lashkarni o‘rtaga olib nobudlik holiga keltirgan ekan)uchratgan ekan va Bobur Mirzo fursatdan foydalanib, dushmanni qirib tashlagan ekan. Urush Bobur g‘alabasi bilan tugagandan so‘ng u Dahbedga – Maxdumi A’zam oldiga ko‘p in’omlar bilan o‘z maxsus kishisini (Amir Qo‘zini) yubordi va unga ikki ruboiy bitib, Maxdumi A’zam qo‘liga topshirishni buyuradi”.1 Ma’lumotlarga ko‘ra, qomusiy olim Mahmud ibn Valining ota yurti ham aynan Koson shahri bo‘lgan. Bu haqda uning o‘zi mashhur asari “Bahr ul-asror”da ta’kidlab o‘tadi2. Koson nomini kelib chiqishi borasida toponomist olim Suyun Qoraev “Koson nomi aslida kas (kat) “qishloq” so‘zidan olingan” degan fikrni bildirsada3, Koson to‘g‘risidagi mavjud afsona va rivoyatlarda boshqa bir ma’lumotlarga duch kelamiz. Bu haqda Is’hoqxon To‘ra Ibrat jumladan shunday yozadi: “... ammoki, Koson demak shul ekanki, arablar tarafidan madaniyati arabni mahkam qilmoq uchun Bag‘dod shahridan o‘n ikki sulton laqabli kishilar diyni Muhammadiyani intishor qilmoqda ilm o‘rgatmoqda bo‘lub Kosonda turgan ekanlar. Kosoniylar alarni hurmat qilib, o‘zlari forsiy so‘g‘d tili ilan sultonlar zikr qilgan kason deb zikr qilur ekanlar. Kason demak kishilar demak. Forsiyda shu bu alfoz ko‘p aytilib ismi Kason bo‘lib ketgan ekan. Chunonchi, o‘shal sulton birlari sulton Jaloliddin Somoniy, ya’ni G‘o‘zapoya mozordagi gunbazda yotgan kishidurlar. Ikkinchilari Qalmoq arig‘i bo‘yida gunbazda yotgan sulton Muhammad Qozi degan kishi. Bo‘laklari atrofi Kosondadurlar”4. Ta’kidlab o‘tish joizki, Is’hoqxon To‘ra Ibratning Koson nomini kelib chiqishida o‘n ikki sulton bilan bog‘liq rivoyati va sulton Jaloliddin Somoniy haqida yozganlari haqidagi ma’lumotlari “Sayfuddin Axsikandiyning “Majmua at –tavorix” asarida ham o‘z ifodasini topgan. Biz bu rivoyatga to‘xtalishdan oldin sulton Jaloliddin ziyoratgohi majmuasi haqida ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tsak. Mazkur ziyoratgoh majmuasi haqida Germaniyaning Ernst Vazmut nashriyotida 1930 yilda chop etilgan san’atshunos olim E.Kon-Vinerning “Turan: Islamische baukunst ln mittelasien” 1 Ilyosxon G‘oziy. Naqshbandiya tariqatining buyuk siymosi – Maxdumi A’zam // G‘oyiblar xaylidan yongan chiroqlar. T.: O‘zbekiston. 1994. – B.271. 2 Maxmud ibn Vali. More tayn. Vvedenie, perevod, primechaniya, ukazeteli B. A. Axmedova. T.: Fan, 1977. S.71. 3 Qoraev S. O‘zbekiston viloyatlari toponimlari.T.: “Ozbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. – B.96. 4 Ibrat. Farg‘ona tarixi... – B. 282. (Turon: Markaziy Osiyodagi islom me’morchilik san’ati) kitobida ham ma’lumotlar keltirilgan1. Mazkur ziyoratgoh yuzasidan izlanishlar olib borgan T.Ahmadaliev bu haqda jumladan quyidagilarni keltiradi: “Namangan viloyatining Kosonsoy shahriga tegishli hozirda buzilib ketgan Sulton Sayyid Jaloliddin maqbaralar majmuasi ma’lum bir san’at qirralarini davriy qiyofasida namoyon etganligi bilan ahamiyatlidir. Ushba maqbarani o‘rgangan tadqiqotchi olimlar, ularni sharqiy, o‘rta va janubiy deb ataganlar. Maqbaralar o‘rni erkin tarzda bi-biri bilan birikkan tarzda loyihalanishi, bu nomlanishlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Maqbaralarning ikkitasi sharqiy va g‘arbiy tomonga, uchinchisi esa janubda joylashgan. Janubiy maqbaraning o‘yma sopol terrakota texnikasida bajarilgan bezaklari, yozuvlari O‘zgan majmuidagi maqbaralarga xos uslubda bo‘lib, tadqiqotchi olimlarning diqqatini jalb qilgan. Janubiy peshtoq tarzida saqlanib qolgan hashamli arabiy o‘yma yozuvni M.E.Masson tarjima qilgan bo‘lib, unda: “Davlatimiz faxri, g‘ururi, din va millat tuzuvchi sultonlarning sultoniga shon sharaflar, 741h.y. 1340-1341 m.y” yozuvi bitilgan... Ta’kid joizki, X-XII asrlar vodiy arxitekturasining qiyofasi O‘zgan majmuasi (1152 va 1187 yildagi maqbaralar, XI asr minorasi) va Safed Bulon qishlog‘idagi Shoh Fozil maqbaralari asosida o‘rganilar edi. Bu davrning me’moriy qiyofasini o‘zida mujassam etgan Sulton Sayyid Jaloliddin maqbaralar majmuasi, ulardagi an’analarni davomchisi sifatida e’tirof etishga loyiqdir”2. Biz Kosondagi mazkur ziyoratgohga bejiz e’tiborimizni qaratmadik. Chunki ziyoratgohda dafn etilgan zotlar va ularning ajdodlari bilan bog‘liq voqealar Koson tarixida muhim o‘rin tutganligi “Majmua at –tavorix ” asarida naql qilinadi. Qizig‘i shundaki bu rivoyatomuz voqealar aynan Burhoniddin Marg‘inoniy davriga to‘g‘ri keladi. Dastlab Sulton Sayyid Jaloliddinning bobolaridan bo‘lgan Imom Ibrohimning Kosonga kelishi haqida rivoyatga ahamiyat bersak. “Majmua at–tavorix ”da naql qilinishicha, qoraxitoy hukmdori Go‘rxon Mochin yurtidan kelib birma-bir Farg‘ona shaharlari bosib ola boshlaydi. O‘zgand va Andijon shaharlaridan so‘ng navbat Koson shahriga keladi. Koson hukmdori Duvaxon bir kun Go‘rxonga qarshi jang qilib kuchlar teng bo‘lmaganligi tufayli chekinishga majbur bo‘ladi. Duvaxon Toshkent hukmdori Tulixondan yordam so‘raydi. Duvaxon va Tulixon kengashib Xorazm hukmdori sulton Muhammad xorazmshoh huzuriga borishga qaror qiladilar3. Voqealardan ogoh bo‘lgan sulton Muhammad xorazmshoh Bag‘dod xalifasiga Duvaxoni maktub bilan elchi qilib yuboradi: “Dadaxon (Duvaxon) bir qancha joylarni, tog‘lardan oshib o‘tib Bag‘dodga yetdi. Xalifaga uchrab sulton Muhammad xorazmshoh maktubini berdi. Xalifa maktubni 1 Ahmadaliev T. Namanganning o‘rta asrdagi me’moriy qiyofasi (Sulton Sayyid Jaloliddin maqbaralar majmuasi asosida) // Markaziy Osiyo arxeologiyasi, tarixi va madaniyati xalqaro ilmiy konfrensiya ma’ruzalarining tezislari. T., 2002.31. 2 O‘sha asar.B. 30-32. 3 Bu haqda qarang: : Majmu at-tavarix (per.s. tadjikskogo V.A.Romondina) // Materialы po istorii kirgizov i kirgizii. M.: Nauka, 1973. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling