Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet74/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147
Bog'liq
02 (3)

BOB (POP)


Farg‘onaning qadimgi shaharlaridan biri O‘rta asrlarda Bob, Pob nomlari mashhur bo‘lgan qadimgi shaharining xarobasi hozirda Namangan viloyatining Pop deb ataluvchi shahridan 2 km janubda Sirdaryo o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, yodgorlik ilmiy adabiyotlarga "Balandtepa" (mahalliy aholi Munchoqtepa-Ayrtom shahri deb ataydi) nomi bilan kirgan.






1Sayf ad-adin ibn damullo Shax Abbos Aksikenti jana anыn uulu Nurmuxammed.
Tarыxtardыn jыynagы.(«Majmu atut-tavorix»). – B. 31-35.
2Bu haqda qarang: Sayf ad-adin ibn damullo Shax Abbos Aksikenti jana anыn uulu Nurmuxammed. Tarыxtardыn jыynagы.(«Majmu atut-tavorix»). Kotorgondor: “Moldo Mamasabыr Dosbolov Jana Omor Sooronov. Bishkek.: Akыl, 1996; Sooronov O. 1503-jыlы jazыlgan «Manas». Bishkek, 2003.
Pop to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar X asrda yashab o‘tgan arab geograf olimlari al-Istaxriy, va al Muqaddasiylarning asarlarida bo‘lib qayd qilingan bo‘lib shahar “Bob” nomi bilan tilga olinadi1.
982 yilda yozilgan “Hudud ul-olam” asarida keltirilgan ma’lumotlarida bo‘lsa, mazkur shahar “Pob” leb atalgan. Ushbu asardagi ma’lumotlarga ko‘ra Pob ekinzorlari ko‘p, obod shahar sifatida mashhur bo‘lgan2. Temuriylar davriga kelib Pop qal’asi muhim strategik qo‘rg‘on sifatida muhim ahamiyat kasb etgan3. Shu sababdan Mirzo Bobur “Boburnoma” asarida Pop qo‘rg‘onida yuz bergan voqealar xususida qiziqarli ma’lumotlar keltiradi4.
Pop yodgorligi (Munchoqtepa) 1948 yili iyul oyida A.N. Bernshtam (1910-1956) rahbarligidagi Pomir-Oloy ekspeditsiyasi qatnashchilari tomonidan aniqlangan. Ushbu qadimi yodgorlikda turli yillari M.E. Vorones, V.I. Sprishevskiy, I. Ahrorov ishladilar. 1983 yili O‘zbekiston Respublikasi FA Arxeologiya institutining M.X. Isomiddinov boshchiligidagi aloxida otryadi yodgorlik rejasini oldi va kichik hajmda qazishma o‘tkazdi. 1987 yildan boshlab B.H. Matboboev tomonidan Sirdaryo bo‘yidagi bir necha yodgorliklar (Balandtepa, Munchoqtepa, Qirq Xujra, Langarbobotepa va boshqalar) tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Asosiy e’tibor Pop shahri tarixini tadqiq etishga qaratildi. Arxeologik izlanishlar Pop shahrini paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlarni tahlil etish uchun yangi materiallar bermoqda. Bu topilmalar Balandtepani nafaqat qadimgi Bob (Pop) shahri, balkim bugun Farg‘ona tarixi uchun muhimligini ko‘rsatmoqda5.
Balandtepada va unga tegishli shahar qabristonida salmoqli ilk o‘rta asrlar arxeologik kompleksining topilishi, o‘rganilayotgan davrda Pop shaxri yirik markaz sifatida shakllangan edi degan xulosaga kelishga imkon beradi. Qadimshunos olim B. Matboboev Pop shahrini ma’lum vaqt butun Shimoliy Farg‘onani iqtisodiy, madaniy va balki siyosiy salohiyatini belgilaganligini ta’kidlar ekan bu haqda jumladan quyidagi fikrlarni bayon etadi:
Pop yoki yozma manbalar qayd qilingan Bob shahri Balandtepa o‘rnida paydo bo‘lib asta sekin shimol tomonga hozirgi tuman markazi tomonga kengaya boradi. Qo‘lga kiritilgan arxeologik materiallar, bu shaharning bir yerda bundan 2000 yil oldin shakllanganini ko‘rsatadi. Pop shahri o‘z tarixi davomida qo‘shni hududlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarda o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajargan. Bunga uning qulay geografik joylashuvi va savdo va karvon yo‘llarini chorrahasidagi o‘rni yordam berdi. Shu sabab Farg‘ona vodiysining ushbu bo‘lagi moddiy madaniyatida So‘g‘d va Choch ta’siri seziladi. Yana bir muhim


1 Qarang: Kitab Masalik al-mamalik al-Istaxri (per. s arabskogo L.Z. Pisarevskogo) // Meteriaы po istorii kirgizov i Kirgizii. M.: Nauka, 1973. S.21.
2 Hudud ul-olam / Fors tilidan tarjima, so‘z boshi, izohlar va joy nomlari ko‘rsatkich muaalifi: O .Bo‘riev.- T.: O‘zbekiston. 2008. –B.16.
3 Azimdjanova S. K istorii Ferganы vtoroy polovinы XV v...S.23.
4 Bu haqda qarang: Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma.T.: Sharq, 2002.
5 Matboboev B. Balandtepa (Pop) shahri// Farg‘ona vodiysining qadimiy shaharlari.
T.,2008. –B.106.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling