Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
bo‘ysundirdi, dunyoni tark etish borasida bir necha baytni qasida so‘ngida ilova qildi...”.
“...Fazl egalari Asir(iddin)ning shoirligiga tan berar edilar. Ba’zilar uning so‘zlari(ni) Anvariy(ning) ham Hoqoniy(ning) ham so‘zlaridan fazlliroq ekanligini aytganlar. Boshqalar (esa) bu fikrni qabul etmadilar. Insof bilan aytganda mazkur uchala fozilning (o‘ziga xos) bir shevasi borki, bu o‘zgalarda uchramaydi. (chunonchi), Asiriddin so‘zini donishmandona, Anvariy zavq bilan aytar edilar. Hoqoniy (esa) so‘zga bezagu oroyish berishda barchadan mumtoz edi. Xullas, ular uchchalasi ham ma’nilar daryosining g‘avvoslari edilar. Va har biri o‘sha daryodin kuchi yetkuncha dur olib chiqqaydir” 1. Asiriddin Axsikatiy Javhariy, Zargar singari shoirlarga ustoz hisoblanadi. U 569 (1174) yili vafot etgan. Yuqoridagilar qo‘shimcha sifatida sharqshunos olim Odiljon Qoriev axsikentlik olimlar haqida keltirgan ma’lumotlarini o‘quvchilar e’tiboriga havola etmoqchimiz. Chunki Odiljon Qorievning bu borada katta salohiyatli olim ekanligi uning ma’lumotlarida ham o‘z ifodasini topgan. “Farg‘onaning poytaxt shaharlaridan biri sifatida e’tirof etilgan Axsikent o‘rta asrlarda vodiyning eng go‘zal shaharlaridan va o‘z davrining yirik ilmiy markazlaridan sanalgan. Bu yerda tug‘ilib voyaga yetgan, islom ilmlari sohasida shuhrat qozongan ilm ahllarining ayrimlari haqidagi ma’lumotlar quyidagicha: Abu Abdulloh Nuh ibn Nasr al-Axsikatiy yoki Nuh ibn Abu Zaynab Nasr al-Farg‘oniy – muhaddis olim. Bu zot haqidagi ma’lumot “Al-Qand” asarida hadis rivoyat qilgan roviylar zanjiri tarkibida zikr qilingan. Olimning tarjimai holiga oid batafsil ma’lumotlar yo‘q. Biroq, mazkur asarda bu alloma Abu-l-Abbos al-Mustag‘firiy (349/961-432/1041)ning zamondoshi bo‘lganligi zikr qilingan. Demak, olimning vafoti taxminan XI asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu manbada uning ismi ham Farg‘oniy, ham Axsikatiy nisbalari bilan tilga olingani bu davrda Axsikat Farg‘onaning yirik shaharlaridan bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlashi bilan ham ahamiyatlidir. Ibrohim ibn Yusuf ibn Ahmad ibn Hamd ibn Abu-l-Fadl ibn Abdulloh al-Axsikatiy – manbalar bu olimni faqih, muhaddis bo‘lish bilan bir qatorda adib ham bo‘lganligini xabar beradi. Hozircha bu zotning ilmiy merosi haqida ma’lumotlar topilmagan. Axsikentda o‘sib ulg‘aygach, keyinchalik Samarqandda yashagan. Manbalarda alloma yuz yilga yaqin umr ko‘rganligi aytilsa-da, tug‘ilgan va vafot sanasi haqida ma’lumot keltirilmagan. Abdulloh ibn Qoid ibn Aqil ibn al-Husayn ibn Ahmad ibn Ali ibn Ahmad al-Axsikatiy (461/1069-514/1121) - muhaddis olim. “Al-Qand” asari muallifining xabar berishicha, u mazkur olim bilan haj ziyorati davomida hamsafar bo‘lgan. Birgalikda Iroq va Hijoz 1 Davlatshoh Samarqandiy. Shoirlar bo‘stoni / Fors-tojik tilidan B.Ahmedov tarjimasi. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1981. – B. 58-59. olimlaridan hadis o‘rganganlar. Muallif bu zotni shaxsan bilganligi bois, hattoki, tug‘ilgan kuni haqida jumad ul-avval oyining o‘ninchi kuni shanbada Axsikentda tavallud topgan deb, aniq ma’lumot keltirgan. Olimning ilmiy merosi haqida hozircha ma’lumotlarga ega emasmiz. Abu-l-Vafa Muhammad ibn Muhammad al-Axsikatiy (vaf. 519/1126) - tarix va adabiyot ilmlari bilimdoni sifatida nom qozongan. Abu-l-Vafa al- Axsikatiy manbalarda atoqli shoir, tarixchi va arab tilini mukammal bilgan olim deb ta’riflanadi. Abdulkarim Sam’oniyning o‘zi u bilan bir necha marotaba uchrashganligini, biroq, ma’ruzalarini tinglash imkoni bo‘lmaganini yozgan. Hoji Xalifada olimning “Kitob at-Tarix” (Tarix kitobi) nomli asari bo‘lganligi zikr qilinadi. Zu-l-fazoil Axmad ibn Muhammad al-Axsikatiy (465/1073-528/1134) adab, nazm va nasrda nom qoldirgan, tarixnavis va kotib bu zot Abu-l- Vafo Muhammad al-Axsikatiyning ukasi bo‘lib, dastlabki ta’limni Axsikatda olgan. Alloma manbalarda shoir, adib, tarixnavis va kotib deb ta’riflanadi. Sultonlar devonida kotiblik qilgan. Abdulkarim Sam’oniy Zu-l-fazoil al-Axsikatiyni adabiyot sohasida xurosonlik ko‘plab fozil kishilarning ustozi bo‘lganini zikr qilgan. Allomaning “Kitob fi-t-Tarix” (Tarix sohasiga oid kitob), “Kitob fi qavlihim” (Ularning so‘zlari haqidagi kitob), “az-Zavoid fi sharh Saqat az-Zand l-il-Ma’riy” nomli asarlar yozganligi ma’lum. Olim Marvda vafot etgan. O‘rta asrlarda yashab ijod etgan axsikatlik shoirlardan yana biri qomusiy olim Asiruddin al-Axsikatiy (501/1108-594/1198)dir. Manbalar uning riyoziyot, kimyo, tib, astronomiya, ilmi nujum, falsafa va grammatika sohalarida mukammal bilimga ega bo‘lganligini xabar qiladi. Allomaning bizgacha faqat sakkiz ming baytga yaqin hajmdagi devoni yetib kelgan. Devonning 1343 yilda Abdulmumin Ulviy ismli xattot tomonidan ko‘chirilgan yagona nusxasi hozirda Buyuk Britaniyaning “Indian Ofis” kutubxonasida saqlanadi. Bu devon Eronda tadqiq qilinib, 1958 yilda Tehronda nashr qilingan. Al-Husayn ibn Abu Ba’li Abu Ali al-Axsikatiy al-Farg‘oniy (vaf. XI) faqih olim. Al-Xaffaf va boshqalardan hadis rivoyat qilgan. Nishopur tarixi asarida ham u al-Axsikatiy nisbasi bilan zikr qilingan. Nuh ibn Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Amr ibn al-Fadl ibn al- Abbos ibn al-Horis al-Farg‘oniy al-Axsikatiy (vaf. XI asr) hadis ilmida nom chiqargan. Garchi, hadis rivoyat qilish bilan dong taratgan bo‘lmasa ham, juda ko‘p hadis bilganligi ma’lum. Zero, Iroq, Shom va Xurosonda hadis tinglagan. Buxoro shayxlaridan hadis yozib olganligi haqida ma’lumotlar bor. ”Mu’jam al-Buldon” asarida ikki ustozi va bir shogirdi haqida zikr qilingan. Abu Rashod Ahmad ibn Muhammad ibn al-Qosim al-Axsikatiy (406/1067-535/1140) - faqih, tilshunos, adib va tarixchi olim bo‘lgan. Olim ilmiy merosini manbalardan ma’lum bo‘lgan “Tarixi Abu Rashod”, ”Az-Zavoid”, “Divon she’r” asarlari tashkil kiladi. Olim ko‘plab hadislar bilganligi va qator xurosonlik ulamolarga ustozlik qilgani haqida ma’lumotlar bor. Abu Sa’d as-Sam’oniy ham uning shogirdlaridan bo‘lgan”1. Ta’kidlab o‘tish joizki, Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davrda Axsikentda turmush kechirgan avliyo Momo xotun to‘g‘risida Muhammad Mufti Ohangaroniy (XVI asr) o‘zining “Mavlono Lutfulloh manoqibi” nomli kitobida ma’lumotlar keltirgan. Unga ko‘ra Momo xotun qabri aholi tomonidan ziyorat qilib kelingan: “Mavlonomiz (Lutfulloh Chustiy) shunday dedilar: Hazrat Maxdumimiz (Maxdumi A’zam) menga lutf va inoyatlar qilib o‘z qizlarini nikohisga kiritmoqchi bo‘ldilar. O‘sha paytlarda ba’zi betavfiqlar men haqmimda nomunosib so‘zlarni yetkazib, ul zotning menga nisbatan fikrlarini o‘zgartirishga erishdilar. Men nima qilarimni bilmay, Momo Xotunning qabri muboraklariga bordim. Ul orifalar sayyidasi Hazrat Sultonu-l-orifinning (Ahmad Yasaviyning) asrdoshi edi. U kishining jazbasi nihoyatda quvvatli edi. O‘z holimni arz qildim. Shu asnoda Hazrat Momoning ruhi hozir bo‘ldi va ushbu oyatni o‘qishni buyurdi “qul rabbano la tuz’ig‘ qulubano bada iz haday tano va hablano mil- l-adunka rohma innaka atal-l-vahhob”. Men bu oyati karimani qalbimga joyladim. Va shu tariqa pirimizning g‘azablaridan saqlanib qoldim. So‘ngra bu toifaning kitoblarida ko‘rdimki, shunday yozilgan ekan: “Ollohning har bir mo‘min bandasi ushbu oftni Kalomi majjiddan vazifa qilib o‘qib yursa, hech qaysi mashoyix va avliyo tomonidan rad etilmagay”. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling