Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet79/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Bordi-yu, uyingizdan ko‘chib ketmoqchi bo‘ldingiz. Sizni yov quvayotgani yo‘q. Biron-bir sabab bilan ko‘chib ketyapsiz, deb faraz qilaylik. Shunday bo‘lganida, uyingizda nima ham qoldirgan bo‘lardingiz? Albatta, oltin qolib ketmasa kerak. Nokerak biron bir narsa, tasodifan hayolingizdan ko‘tarilgan biron bir buyum qolib ketsa, ehtimol. Shunday ekan, qadimgi zamondagi odamlar ham bir oz bizga o‘xshab ketishgangandir. Bu odamlar ham ko‘ch-ko‘ronlarini o‘zlari bilan birga olib ketishgan. Biror falokat ro‘y berib, odamlar tashlab chiqib ketgan yodgorliklar esa tushunib turibsizki, ko‘p uchramaydi. Albatta, xazinalarga ham duch kelib qolish ehtimoli yo‘q emas. Lekin bu hol hayotdagi kabi kamdan-kam uchraydi. Biz ko‘p hollarda odatdagi qarorgohlarni qaziymiz. Bunda qo‘lga kiritiladigan asosiy o‘lja - sopol idishlardir. Bu sopol buyumlar esa biz uchun juda muhim... Ko‘p hollarda ana shu sopol idish yodgorlik qurilgan davrini aniqlab beruvchi vosita bo‘ladi1.
N.G.Gorbunovaning ushbu so‘zlari bizga yodgorliklardagi har bir sopol tarix fani oldida oltindan qimmatliroq ekanligini eslatib turadi. Binobarin, ana shu sopollar bizga uzoq tarixni so‘zlab beruvchi jonsiz guvohlar bo‘lib xizmat qiladi. Chunonchi, Qorashoh mozori yodgorligining tarixi ham biz aytib o‘tgan sopollar yordamida aniqlangan edi. Bir qarashda oddiy sopol parchasi bo‘lib ko‘ringan ushbu topilmalar, bizga Qorashoh mozorining taqriban 2000 yillik tarixini so‘zlab berishga qodirdir.
Qorashoh mozori XX asrning 30-yillaridan boshlab qadimshunos olimlarning diqqat-e’tiborini o‘ziga jalb etib keladi. Biroq xali hanuz atroflicha o‘rganilmagan. Faqatgina 1939 yili taniqli qadimshunos olimlar akademik Yahyo G‘ulomov hamda akademik M.E. Massonning (1897-1986) Katta Farg‘ona kanalini qazish chog‘ida olib borilgan arxeologik tadqiqotlari tufayli Qorashoh mozori haqida keltirgan dastlabki ma’lumotlari hozirga qadar mavjud, xolos. Yahyo G‘ulomovga ko‘ra, Qalashoh (Qorashoh) mozoridan Ummat bobo mozoriga qarab cho‘zilgan maydonda qadimgi Durkusho yodgorligi mavjud bo‘lib, yodgorlikning umumiy maydoni 2 kv. km.ni tashkil etgan2. Uning bu ma’lumotlari akademik M.E. Massonning ham e’tiborini qaratgan edi va


1 Gorbunova N. G.Ko‘hna Farg‘ona. T.: O‘zbekiston, 1972. – B.25.
2 Gulyamov Ya.G. Otchet o rabote tretego otryada arxeologicheskoy ekspeditsii na stroitelstve Bolshogo Ferganskogo kanala ... – B. 97.
fursat topilishi bilan mazkur yodgorliklarni ko‘rib chiqishga qat’iy qaror qiladi. Keyinchalik M.E. Masson Beshariq hududidagi yodgorliklar xususida o‘z xotiralarida juda qiziqarli ma’lumotlar keltirgan edi. Shu sababdan biz quyida ularning Qorashoh mozori yodgorligi to‘g‘risidagi xotiralaridan ba’zi bir na’munalarni keltiramiz:
Birinchi bo‘lib u yerga Ya. G‘ulomov kelgan edi. U bu joyga Ummat buva mozori bo‘ylab sharqiy tomondan borgan. Qora mulla qishlog‘i chetida yashovchi keksa bir chol unga Darkusho (Durkusho) xarobalaridan o‘zi to‘plagan o‘ndan ortiq mis va bronza tangalarini topshirgan edi. Ya. G‘ulomov ushbu tangalarni menga ko‘rsatgan vaqt, tushundimki, mazkur tangalar ilekxonlar (X-XIII asrda Movarounnahrda hukmronlik qilgan Qoraxoniylar sulolasi hukmdorlari shu nom bilan atalgan – mualliflar) davriga mansubdir. Shahriston (Darkusho)dan terib olingan ayrim sopol parchalari ham shu davrga oid edi. Borgan sari Darkusho xarobalari bizni qiziqtira boshladi. Axir birinchi galdagi vazifamiz Farg‘onadagi o‘rta asrlarga taalluqli arxeologik yodgorliklarning joylanish hududlarini aniqlash va o‘rganishdan iborat edi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling