Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Sulton Satuq Bug‘raxonning qizi Turkonxotun Sulton Ilik Moziyga nikoh qilingan. Bu kishidan bir qiz tug‘ilib balog‘atga yetganda bu qizni Kamoliddin ismli bir kishiga turmushga bergan”1.
Ma’lumotlarga ko‘ra ushbu nikohdan o‘z zamonasining mashhur valiy zotlaridan biri bo‘lgan o‘zgandlik Sulton Burhoniddin Qilich dunyoga keladi2. Bizningcha, uning ismiga Sulton nomini qo‘shib aytilishi ham Qoraxoniylar avlodi ekanliga ishora bo‘lsa kerak. Manbalarda keltirilishicha, Burhoniddin Qilich muslimlarga nihoyatda rahm-shafqatli, Xudoning ne’matlaridan bahramand bo‘lib, shukronasini ado qilmaydigan johillarga nisbatan esa qahrli bo‘lgan ekan. Johillardan bir nechtasi ul zot haqida g‘iybat qilganlarida, ularni o‘z huzurlariga taklif etib, shiftga soch tolasiga osilgan juda o‘tkir tig‘li qilichni ko‘rsatgan ekan. Ikki tomonli tig‘i o‘tkirlangan va oynadek musaffo (yaltiroq) qilich shu’lasiga pashsha va qo‘ng‘izlar o‘zlarini urar edi va qilich tig‘iga tegib, ikki bo‘linib yerga tushar va halok bo‘lar edi. Shunda Sulton Burhoniddin g‘iybatchilarga qarab: “Aytinglar qani, ayb shamshirdami yoki qo‘ng‘izu pashshadami? Sizlar o‘zlaringizning aybingiz bilan o‘zingizni qilichga urib, halok bo‘lasizlar!”, degan ekan. Shu voqea ham sabab bo‘lib, Sulton Burhoniddinga “Qilich” laqabi qo‘shilgan ekan3. Boshqa rivoyatga ko‘ra, Sulton Burhoniddinning bolalikdan cho‘pni ot qilib minib, bir qo‘lida boshqa cho‘pni qilich sifatida ushlab o‘ynab yurish odati bor ekan. Kunlarning birida bir kishi bu bola ustidan qoziga shikoyat 1 Abdurahim Hoshim Mashhadiy. Atush (1)... – B. 35. 2Qarang: Karaffa-Korbut K. Uzgenskaya legenda // Protokolы i zasedaniy i soobщeniya chlenov Turkestanskogo krujka lyubiteley arxeologii. God 2-y (11 dekabrya 1896-11 dekabrya 1897). T., Protokol zasedeniya 16 oktyabrya 1897 g; Orlov V. Klыch Burxaniddin, sыn Said- Kamaleddina(Uzgenskiy Georgiy Pobedonotses) // Turkestanskie vedomostы. 13(26).04.1908, №82; Maxmud ibn Vali. More tayn. T.: Fan, 1977; Abul Hakimi Samarqandiy. Qandiya. Samarqand.: Sug‘diyon. 1994; Kattaev K. Maxdumi A’zam va Dahbed. Samarqand.: Sug‘diyon, 1994; Ilyosxon G‘oziy. Maxdumi A’zam Imom al-Kosoniy. T.: O‘zbekiston, 1996; Abashin S. N. Burxaniddin - Kыlыch: Uchenыy, pravitel, chudotvores? // Podvijniki islama. M.: Vostochnaya literatura, 2003; Djamal al- Karshi. Al-Mulxakat bi-s-surax. Istoriya Kazaxstana v persidskix istochnikax. I tom. Almatы.: Dayk-Presss, 2005; SAWADA M.Genealogy of Makhdūm-i A‘zam and Cultural Tradition of Mazārs // Studies on Mazar Cultures of the Silkroad. Hinjiang. 2008. 3Kattaev K. Maxdumi A’zam va Dahbed. S.: Sug‘diyon, 1994. – B.12 qilib keladi: Qo‘lidagi cho‘pi bilan urib, sigirimni ikkiga bo‘lib tashladi, deydi. Qozi bu gapga ishonmaydi-da, tekshirib ko‘rish uchun boshqa bir sigir keltirtirib, bolaga urishni buyuradi. Shunda bola sigirning beliga cho‘p bilan bir urib, ikkiga bo‘lib yuboradi. Shundan boshlab Sulton Burhoniddin “Qilich” taxallusini oladi. Maxdumi A’zam o‘zining “Olamiya yoki tarixi vafoti shayxon” nomli risolasida, “Shayx Burhoniddin Qilichda shunday odat erdiki, agar quruq cho‘pni boqsa, u darhol ko‘karur va agar yomon niyatli kishiga karomat shamshiri birlan nigoh qilsa, aning hayoti minqato bo‘lur”, degan edi 1. Burhoniddin Qilich bilan bog‘liq rivoyatlarda uni xuddi hazrat Ali singari ajdarho bilan jang qilganligi to‘g‘risida so‘z yuritiladi2. Ma’lumki O‘zgan shahrini nomini kelib chiqishini turkiy nom bilan bog‘laydilar. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariy shunday yozadi: “Butun Movarounnahr Yankanddan Sharqqacha bo‘lgan o‘lkalarni turk shaharlaridan deb hisoblashning asosi shuki, Samarqand, Semizkand, Tashkand – Shash, O‘zgand, Tunkand nomlarining hammasi turkchadir3... Kand turkcha shahar demakdir. Ular bu shaharlarni qurdilar va shunday nom qo‘ydilar... Shuning uchun Farg‘onani O‘zkend – o‘z shahrimiz deydilar4”. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling