Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
Miyonrudiy shaharlari; Nasrobod, Minora, Ranjad, Shikit, Zarkan, Xayralam, Bashbashan, Ushtikan, Zenderamsh, O‘zgand.
Nesiya shaharlari; O‘sh,qubo, Barank, Marg‘inon, Rishton, Vankat, Kend; Vag‘zi shaharlari; Bo‘kand, Koson, Bob, Asht, Jarak, To‘bkar, Avval, Dakarkad, Novkad, Bikan, Tasxan, Jidgil, Shavdan. Maqdisiy, birinchi viloyat shaharlar jumlasiga Norin bilan Qoradaryo orasidagi shaharlarni, ikkinchi viloyatga Farg‘onaning janub qismida joylashgan shaharlarni, uchinchi viloyatga esa Sirdaryodan shimolda bo‘lgan shaharlarni kiritganligi ma’lum bo‘ladi. Ammo bu ma’lumotlarni ba’zilarida yanglish bor. Bular jumlasiga Ushtikan va Zenderamshni Miyonrudiy shaharlari jumlasiga kiritganligidir”5. 1 Meri Boys . Zoroastriysы (veroniya i obыchai ). M.:Nauka, 1987. S. 164. 2 Matboboev B.H. Shamsutdinov R.T. Mamajonov A. Buyuk Ipak yo‘lidagi Farg‘ona shaharlari. Andijon. «Meros», 1994. – B. 28. 3 Beleniskiy A.M., Bentovich I.B., Bolshakov O.G. Srednevekovыy gorod Sredney Azii. L.:Nauka, 1973. S.20. 4 Betger Ye.K., Izvlechenie iz knigi «Puti i stranы» Abul Kasыma ibn –Xaukalya.// Trudы SAGU. Izd «SAGU».T. 1957.S. 26. 5 Bartold V.V. Mo‘g‘illar davrida Turkiston. M.-S., 1931. –B. 112. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, Zenderamsh shahrini joylanishi hozirgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda. Biroq Istaxriyni keltirgan ma’lumotlariga tayanadigan bo‘lsak, u holda Zenderamsh shahrini o‘rni hozirgi Farg‘ona shahriga to‘g‘ri kelishi ehtimoldan xoli emas. Shu o‘rinda Istaxriy ma’lumotlariga e’tibor beraylik: “So‘xdan Rishtonga bir kunlik yo‘l, Rishtondan Zenderamshga ham bir kunlik yo‘l, Zenderamshdan Quboga ham bir kunlik yo‘l”1. Albatta bu yerda “bir kunlik yo‘l” deb o‘rta asrlarda odamni bir kunda bosib o‘tishi mumkin bo‘lgan 30 km. masofa nazarda tutilgan. Agar biz ushbu yo‘l yurishni shartli deb qabul qilsak Zenderamshni Qubogacha bo‘lgan bir kunlik yo‘li hozirgi Farg‘ona bilan Quva o‘rtasidagi masofaga teng bo‘lib chiqadi. Mana shu jihatlarini nazarda tutgan holda N.G.Gorbunova ham quyidagi fikrni bildirgan edi: “Zenderamshni o‘rnini aniqlash qiyindir. Quvaga yo‘l Marg‘ilon orqali o‘tmagan ekan. U holda bu yo‘l adirlar ostidan, ya’ni hozirgi Farg‘ona shahridandan Quvaga olib boruvchi yo‘lga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘lda esa hozirga qadar yagona bo‘lgan Simtepa manzilgohi mavjud xolos. Shunday ekan, Zenderamshni Simtepa o‘rnida bo‘lganligi ehtimoldan holi emasligini ko‘rsatadi”2. Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, hozirgi Farg‘ona shahri o‘rnida eramizning boshlaridan to o‘rta asrlarga qadar ham shahar mavjud bo‘lib, uning keyingi faoliyatini to‘xtashi ko‘proq Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar bosqini bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Chunki, XIII asrdan keyin Farg‘ona vodiysidagi birqancha shaharlarqayta o‘zini tiklay olmay,vaqt o‘tishi bilan kichik bir qishloqlar ko‘rinishga kelib, o‘zining shahar qiyofasini batamom yo‘qotgan edi. Nazarimizda bu holat Zenderamshni ham chetlab o‘tmagan. XX asrning birinchi yarmiga qadar Farg‘ona shahrining markazida qad ko‘tarib turgan Simtepa yodgorligi ana shu shaharning so‘ngi parchasi bo‘lganligi ehtimoldan holi emas. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling