Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet84/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   147
Bog'liq
02 (3)

ZANDARAMISh


Shu o‘rinda bir yana bir shahar, ya’ni Zandarmish haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Zero, Burhoniddin al-Marg‘inoniyning ona tomonidan bobosi aslida Umar ibn Habib Zandaramish deb atalgan shahardan ekanligi haqida ma’lumotlar mavjud.


XX asrning boshlarida Farg‘ona shahrida yashagan botanik olim N.P. Arxangelskiyning xotira daftarida shahar tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar uchraydi. U XX asr boshlaridagi Farg‘ona shahrining qiyofasi to‘g‘risida so‘z yuritib jumladan quyidagilarni keltirib o‘tadi: “Shahar ichra oqib o‘tgan soy bu yerlarda qadimdan odamlar hayotini suv bilan ta’minlab turgan ko‘rinadi...Eng muhimi yangi qurilayotgan shahar o‘rnida mahalliy xalqlar tomonidan e’zozlab muqaddaslashtirilgan qadimgi mozorlar anchagina edi. Ular orasida “Gubernator” (hozirgi Mustaqillik) ko‘chasidagi soy ustidan o‘tgan g‘isht ko‘prik yaqinidagi mozor eng mashhuri bo‘lib, mozordagi hujradan negadir hech vaqt olov o‘chmasdan turgan. Aftidan buqadimgi otashparastlardanqolgan odat bo‘lsa kerak”. N.P. Arxangelskiyning ushbu xotiralari bizga 1877 yilda barpo etilgan Yangi Marg‘ilon (Farg‘ona shahrining birinchi nomi) o‘rnida qadimda


1 Po‘lotjon Domulla Qayumov. Tazkirai Qayumiy…-B.302.
2 Gorbunova N.G, Oboldueva T.G, Shigin A.E, Skalina L.V. Otchet o rabote Ferganskoy ekspeditsii. S.19. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bosh boshqarmasining arxivi. A 3709/G 67.
shahar bo‘lganligidan dalolat beradi. Binobarin 1910 yilda chop etilgan “Novoe vremya” gazetasida Skobelev (Farg‘ona shahrining 1907-1924 yildagi nomi) shahridagi Simtepa yodgorligidan (ushbu yodgorlik Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi oromgohning hozirda katta favorra va charxfalak atraksioni o‘rnida joylashgan bo‘lib, 1958 yilda buzib yuborilgan edi) qadimgi katta xum qoldiqlari topilganligi aytib o‘tilgan edi1. Afsuski bu xumlar o‘sha vaqtlarda saqlab qolinmagan. N.P. Arxangelskiyning keltirishicha, 1920–25 yillarda Simtepa yodgorligidan g‘isht uchun tuproq olayotgan mahalliy millatga mansub ishchilar topilgan sopol idishlarni qadim zamonlarda yashagan majusiylarga tegishli bo‘lsa kerak deb tushunishib, ularni sindirib yuborganlar2.
Qizig‘i shundaki yodgorlikni Simtepa deb nomlanishi undagi topilmalardan kelib chiqqan degan qarashlar saqlanib qolgan. Bu haqda N.G.Gorbunova quyidagilarni keltiradi: “Farg‘ona shahrining markazida joylashgan ko‘hna yodgorlikni Simtepa deb atalganligining sabablaridan biri u yerdan ko‘plab kumush buyumlarning topilishidir. Shuning uchun ham mahalliy aholi bu yerni forscha Sim, ya’ni Kumushtepa deb ataganlar”.
1952-1960 yillar mobaynida Farg‘ona shahridan turli yer osti quvurlarini o‘tkazish va yangi binolar uchun poydevorlar qazish vaqtida duch kelingan tasodifiy topilmalar ro‘yxati ham shaharni miloddan avvalgi birinchi asrlarga oid ekanligini tasdiqlaydi3.
Ta’kidlab o‘tish joizki, mazkur asori-atiqalarning aksariyati Marg‘ilonsoy qirg‘og‘iga yaqin joylardan topilgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida Marg‘ilonsoy atroflarida qadimdan ko‘plab manzilgohlar mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. O‘tgan asrning 50- yillariga qadar mazkur qadimgi manzilgohlardan faqat birgina Simtepa yodgorligi saqlanibqolgan edi.
1957-1958 yillarda umumiy maydoni 400 m2. balandligi 11 m. dan iborat bo‘lgan Simtepa yodgorligida viloyat muzeyi ilmiy xodimlari qadimshunoslar N.G.Gorbunova, B.Z.Gamburg tomonidan arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Qazishmalar yodgorlikni Farg‘ona I/II (Dovon davri miloddan avvalgi II asrdan milodning I asri) davri yodgorliklari jumlasiga oid ekanligini ko‘rsatdi
Qazishmalar chog‘ida 1500 dan ziyod sopol buyum parchalari, shisha buyumlar va yorg‘uchoq ham tosh tegirmonlarga duch kelindi. N.G.Gorbunovaning ta’kidlashicha, Simtepa yodgorligidagi xom g‘ishtlar tushirilgan tamg‘alarning ko‘pligi jihatidan Farg‘onada viloyatida yagona bo‘lgan yodgorlikdir. Bizningcha, Simtepa manzilgohidan topilgan xum idishlardagi


1 Gorbunova N.G, Kozenkova I.V. Sыm-tepe – poselenie v Fergane // Arxeologicheskiy sbornik. L. «Avrora», 1974. S. 92.
2 Abdulahatov N., Hoshimov B. Farg‘ona shahri ko‘hna tarixidan // “Farg‘ona – kecha, bugun va ertaga” mavzusidagi respublika ilmiy- amaliy anjumani materiallari. Farg‘ona. 2003. – B.14.
3 Ivanov G.P. Naxodki drevnix predmetov na territorii g.Ferganы “Farg‘ona – kecha, bugun va ertaga” mavzusidagi respublika ilmiy- amaliy anjumani materiallari. Farg‘ona., 2003. –B.147.
ot va itning tasviri qadimda mahalliy aholini zardo‘shtiylik diniga e’tiqod qilganligidan dalolat bersak kerak. Binobarin, ot va it ham Zardo‘shtiylikda muqaddas hayvonlar sifatida e’zozlab kelinganligi ma’lum1.
Simtepa yodgorligidagi sopol buyumlarning eng so‘ngi ishlanish davri o‘rta asrlarga to‘g‘ri keladi. Shu sababdan arxeolog olimlar Simptepani Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishidagi arxeologik yodgorliklar jumlasiga kiritishib bu yo‘l Qoshg‘ar – O‘sh –Mintepa – Quva-Simtepa va undan Turkiston tog‘ tizmalari bo‘ylab Xo‘jand, undan So‘g‘d va Baqtiriya tomonlarga ketganligini ta’kidlamoqdalar2.
Simtepa o‘rta asrlarda ham mavjud bo‘lgan ekan ushbu yodgorlikni arab geograflari al-Istaxriy, al-Maqdisiy, ibn Havqallar tilga olib o‘tgan Farg‘onaning qaysi shahriga qiyoslash mumkin. Bizningcha, u yozma manbalarda qayd qilingan Zenderamsh (Zandaramish) shahriga to‘g‘ri kelishi mumkin. Binobarin, mutaxassislar yozma manbalarga asoslangan holda o‘rta asr shaharlarini joylanishiga qarab, Zenderamsh shahrining joylanish o‘rnini taxminan hozirgi Farg‘ona shahriga nisbatan beradilar3.
Al-Istaxriy va ibn Havqal Farg‘ona vodiysidagi shaharlarni joylanishiga qarab uchta Yuqori Nesiya, quyi Nesiya va Miyoni Rudon singari viloyatlarga ajratib Zenderamsh shahrini quyi Nesiya viloyati tarkibiga kiritgan edilar4. Maqdisiy Zenderamsh shahrini Miyoni Rudon viloyati tarkibiga kiritgan. Bu haqda akademik V.V. Bartold quyidagilarni keltiradi:
Maqdisiy Farg‘onada jome masjidli 40 shahar ham qishloq bo‘lganligini bayon etib, 31 shaharning nomini keltirib, ularni quyidagicha ajratadi:


    1. Download 1.2 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling