Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet92/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Qal’aning girdo-girdi xandaqning tosh yoki sangrezalik shoxroh tushubtur. Qal’aning girdo-gir tamom mahallotur. Bu mahalla bila qal’ag‘a fosila ushbu xandaq yoqasidog‘i shohrohtur”5. Shu sababdan ham Farg‘ona vodiysida temuriylar va shayboniylar bilan bog‘liq yuz bergan voqelar silsilasida Andijon bosh shahar sifatida qayd etiladi6.


1 Bobojonov A. Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” asarida Farg‘ona va farg‘onalik olimlar... – B.166.
2 Pisarchik A.K.Nekotorыe dannыe po istoricheskoy topografii gorodov Ferganы... S.
158.
3 Jalilov S. Bobur haqida o‘ylar. T.: Sharq, 2006. – B. 32.
4 Azimdjanova S. A. K istorii Ferganы vtoroy polovinы XV v... S. 22.
5Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma... – B. 34.
6Bu haqda qarang: Muhammad Solih. Shayboniynoma / Nashrga tayyorlovchi: Nasrullo
Davron. T., 1961; Zayniddin Vosifiy. Badoe’ul vaqoe’ / Forsiydan N.Norqulov tarjimasi. T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1979; Fasix Axmad ibn Djalal ad-din
Bu davrlardagi Andijon haqida so‘z yuritar ekanmiz Andijoniy nisbasi bilan mashhur bo‘lgan va hazrat mir Alisher Navoiy nazariga tushgan Andijoniylar xususida ham ayrim ma’lumotlarni keltirib o‘tsak:
Mavlono Safoiy Andijonliq erdi, soda yigit erdi. Ammo soda yuzluk yishitlar suhbatig‘a Mash`uf erdi. Tab`idin goh-goh rangingina nimalar bosh urar erdiki, o‘z soldig‘ining munofisi erdi... Samarqard mulkida favt bo‘ldi.
Mavlono Yusufshoh – “Badiiy” taxallus qilur erdi. Ul ham Andijondin erdi. Mavlono Safoiy bila bo‘lur erdi. Faqir tahsil uchun Samarqandg‘a borg‘onda Andijondin keldi va onda faqir bila bo‘lur erdi. Sig‘ari sin jihatdin she`rida xomlig‘ bo‘lsa, isloh qililur edi. Bot buzurg manish va mutasavvur yigit bo‘ldi. Xurosonga kelib ko‘b salohiyat ham kasb qildi, faqirdin o‘zga kishi aning she`rida so‘z aytolmas derlar edi. Ujbi jihatdin sho‘xlar Yusuf Safoiy derlar edi. Va ul tag‘ayyur jihatidin behol bo‘lur erdi. Ammo yaxshi suhbati bor erdi va ko‘prak sinf she`rni yaxshi aytur erdi...
Saraxsda favt bo‘ldi. Mazori hazrat Shayx Luqmon xonaqohidadur”1.
Tarixchi Xondamir (taxm. 1473 – 1534) “Xulosat ul-axbor” asarida Mir Sarbarahna laqabi bilan mashhur bo‘lgan andijonlik Alisher Navoiyning yaqin kishisi haqida qiziqarli ma’lumotlarni keltiradi:
Mir Sarbarahna laqabli Said Shamsiddin Muhammad Andijoniy. Fe’lining xushligi, so‘zlarining muloyimligi, fahmining tezligi hamda zehnining o‘tkirligi bilan zamon fozillari va davronning ziyrak kishilari orasida tamom ajralib turadi. Hammavaqt so‘zlari shirin va ma’noli, hikoyatlari go‘zal, suhbatlari ajoyib va g‘aroyibdir.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling