Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида
Download 1.2 Mb.
|
02 (3)
RIShTONSohibi Hidoya, ya’ni Burhoniddin Marg‘inoniy tug‘ilib o‘sgan diyor dastlab X asrda ibn, Havqal, Muqaddasiy hamda “Hudud ul-olam” asarida Rishton ( hozirda Farg‘ona viloyati, Rishton tumani) nomi bilan qayd etilgan.2 mualliflari: U.Dolimov., N.Jabborov. T.: Ma’naviyat, 2005; Kamollidin Sh.S. Drevnetyurkskaya toponimiya Sredney Azii. T.: Shark, 2006. 1 Qoraev S.O‘zbekiston viloyatlari toponimlari.T.: “Ozbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. – B.42-43. 2 Bu haqda qarang: Betger Ye.K. Izvlechenie iz knigi «Puti i stranы» Abu-l-Kasыma Ibn – Xaukalya // Trudы SAGU. № IV. T., 1957. S. 26. Hudud ul-olam / Fors tilidan tarjima, so‘z boshi, izohlar va joy nomlari ko‘rsatkich muaalifi: O .Bo‘riev. T.: O‘zbekiston. 2008 Mug‘ullar bosqini arafasida Rishtonning holati to‘g‘risida V.V.Bartold shunday yozadi: “...O‘zining nomini hozirgacha saqlab qolgan Reshton (Rishton) ikki darvozali buyuk shahar bo‘lgan. Birinchi darvozasi bozor yonida, masjidi jome’ yonida, ikkinchisi esa katta maydon yonida bo‘lgan”. Sharqshunos Odiljon Qorievning keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Burhonuddin Marg‘inoniy ustozlari ro‘yxatida XII asrda Rishtonda yashab o‘tgan taqvodor imom Abu Bakr ibn Hotim ar-Rishdoniy al-Hakim nomi ham keltirilgan bo‘lib, Burhoniddin ul zotni Rishtonda qolgan ustozlari qatorida zikr qilgan1. Bundan chiqadi dastlabki ta’limni Burhoniddin aynan Rishtonda olgan. Chunki o‘sha davrlarda Rishton shahri ham ilm-ma’rifat o‘choqlaridan biri edi. Binobarin, Yoqut Hamaviy Rishton to‘g‘risida yozar ekan, uni Marg‘inon qishloqlaridan biri ekanligini va ajablanarlisi "...Xorazmning shayxulislomi o‘z nasabini shu joy bilan bog‘lab, “ar-Rishtoniy” nisbasini qo‘shib..." aytishni ma’qul ko‘rganligini eslatib o‘tadi2. Uning o‘rta asrlardagi joyi masalasida birinchi bor arxeolog V.D.Jukov 1939 yil ish olib borgan. Uning tadqiqoti natijasida “Sohibi Hidoya” qabristoni o‘rnida o‘rta asrlardagi shahar joylashgan edi. Aytib o‘tish joizki 1939 yili Katta Farg‘ona kanalining qazilishi munosabati bilan qadimshunos olimlar kanal o‘tgan hududlardagi ko‘plab tarixiy yodgorliklarni tadqiq etishga muyassar bo‘lgan edilar. Jumladan, Rishton hududida arxeologik topilmalar yuzasidan kollektor – nazoratchi etib tayinlangan Abduvohid Olimjonov ham bir oy davomida Rishtondagi ayrim yodgorliklar haqida o‘z kundaligida qiziqarli ma’lumotlar yozib qoldirgan. Uning kundaligida Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan bog‘liq “Sohibi Hidoya” mozori to‘g‘risida ham qaydlar mavjud. Shu sababdan Abduvohid Olimjonov kundaligidagi ba’zi bir ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz. “28.07. 1939 yil - Toshkentdan Katta Farg‘ona kanali qurilishi tomon yo‘l oldik. Poez roppa-rosa 2400 da stansiyadan jo‘nab ketdi. 13 kishidan iborat guruhimiz ertasi kuni Gorchakov stansiyasida tushib u yerdan to‘g‘ri avtomashinada Farg‘ona viloyat muzeyiga qarab jo‘nadik. 30 iyul kuni akademik M.E. Masson Katta Farg‘ona kanali (KFK) trassasida olib boriladigan arxeologiya ishlari yuzasidan barchamizga instruktaj o‘tkazdi. Shu kuni taxminan kech soat 6 da Farg‘onada o‘zimiz uchun belgilangan uchastkalarga jo‘nab ketdik. Meni 2 - uchastkaga tayinlashdi. Bu yerdagi boshlig‘imiz o‘rtoq Jukov edi. Bu yerda menga 26, 27- qurilish uchastkalarini nazorat qilish topshirildi. Shu sababdan o‘sha kunning o‘zida Gorchakovdan poezdda Serovo stansiyasigacha yetib oldim. Biroq Serovoda avtomashina topilmagach, aravaga o‘tirib Zodiyonga jo‘nadim. 31.07. 1939 yil – Shu kuni soat chamasi 2 ta aravada Zodiyon qishlog‘iga kirib keldik. Bu yerda kech soat 7 gacha men uchastka boshlig‘i yoki o‘rinbosarini 1 Qoriev O.A. Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy... – B.63. 2 Bobojonov A. Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” asarida Farg‘ona va farg‘onalik olimlar... – B.163. topa olmadim. Chunki ulardan o‘zim uchun yotishga joy so‘ramoqchi edim. Soat 8 da uchastka boshlig‘i kelib xo‘jalik boshlig‘iga meni yotoq bilan ta’minlash yuzasidan topshiriqlar berdi. 1.08. 1939 yil – Ertalab mashinada 26-uchastkaning boshlang‘ich tomonigacha borib kelishga to‘g‘ri keldi. Paxtaobod jamoa xo‘jaligida joylashgan lagerda buyumlarimni qoldirib eski Sertut qishlog‘iga yo‘l oldim. Yo‘l yo‘lakay kanal qaziyotgan kishilar bilan suhbatlashib, qazilma chog‘ida topilgan asori-atiqalarni tashlab yubormay menga topshirishlari kerakligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordim. Shu kuni uchastkamda 3 ta singan sopol parchalariga duch kelindi. 2.08. 1939 yil – Ertalab barvaqt turib eski Zodiyon qishlog‘iga yo‘l oldim. Barcha kolxozchilarga agar biron bir topilmaga duch kelsalar menga topshirishlarini lozimligini tayinladim. Shu kuni 5 dona sopol idish qoldiqlari topildi. Bu sopol qozonlarda cho‘yan idishlar uchun foydalangan bo‘lsalar kerak. 3.08. 1939 yil – Ertalabki nonushtadan so‘ng Vnovekaya stansiyasiga yaqiniga yo‘l oldim. Kanal bo‘ylab ishlov berilgan 4 dona toshqurollar va sopol idish siniqlari topilganligi ma’lum bo‘ldi. 4.08. 1939 yil – Ertalab mashinada Zodiyon qishlog‘iga keldim. Kunduzi soat 3 dan soat 6 ga qadar Zodiyon qishlog‘idan sharqqa tomon yo‘l yurdim. Yana 4 dona sopol idish siniqlari topilganligini aniqladim. Shu kuni kechasi akademik M.E.Masson hamda 2- uchastka boshlig‘i V.D.Jukov 4 nafar kollektor – nazoratchilar bilan kelishdi. Men nazorat qilayotgan 26-uchastkani boshqa nazoratchiga topshirishib zimmamda faqat 27-uchastkani qoldirishdi. 5.08. 1939 yil – Ertalab M.E. Masson hamda 2- uchastka boshlig‘i Jukov yozgan qaydnomalarimini va topilgan osori-atiqalarini ko‘zdan kechirishib ko‘proq topilmalar yig‘ishim kerakligini ta’kidlashdi. O‘rtoq M.E.Masson ishlarimni ko‘rganidan so‘ng Qo‘qon tomonga jo‘nab ketdi. 2- uchastka boshlig‘i V.D.Jukov bilan yurib 27 – uchastkaning chegarasini aniq belgilab chiqdik. V.D. Jukov menga asosiy e’tiborni kanal o‘rtasidan o‘tayotgan Zodiyon qishlog‘iga qaratishim kerakligini uqtirdi. So‘ngra ikkalamiz “Podshoh Qalandari aziz” mozorini ko‘rgani bordik... Shundan so‘ng o‘rtoq Jukov menga bir qancha topshiriqlar berdi: Katta Farg‘ona kanalining 27-uchastka qismini geografik joylanishining sxematik rejasini chizish. Topilmalar duch kelingan hududlarning xaritasini chizish... Jukov menga topshiriqlarni berib o‘zi Sertut qishlog‘i tomon jo‘nab ketdi. Men esa Zodiyondagi bazamizga qaytib bordim. 6.08. 1939 yil – Shu kuni ertalabdan boshlab men Katta Farg‘ona kanalining 27-uchastka qismini geografik joylanishining sxematik rejasini chizishga kirishdim. Kun davomida 7 ta sopol idishlar parchasi topildi... 8.08. 1939 yil – Ertalab Zodiyondan 27-uchastkaning oxirigacha arxeologik topilmalar izlash uchun yo‘l yurdim. Safarim davomida 4 ta topilma aniqlandi... 12.08. 1939 yil – Taxminan (Zodiyondan) 3-4 chaqirim uzoqlikda joylashgan Sohibi Hidoya ziyoratgohini ko‘zdan kechirdim. Uning yonida qabriston joylashgan bo‘lib, ziyoratgohning umumiy ko‘rinishi quyidagicha: “19.08. 1939 yil – Eratalab M.E.Masson topilgan arxeologik buyumlarni barchasini ko‘rib bo‘lgach Shayx Burhoniddin ibn Abdujalil mozorini izlab topish uchun Rishtonga borishimni taklif qildi. Undan so‘ng Zodiyondan Qo‘qon tomongan jo‘nab ketdi. “19.08. 1939 yil – Shu kuning o‘zidayot men Shayx Burhoniddin ibn Abdujalil yodgorligi topish uchun Rishtonga bordim. Choyxonada keksa chollar bilan bu haqda suhbatlashdim. Ammo ular Shayx Burhoniddin ibn Abdujalil yodgorligini aniq joylashgan yerini aytib berolmadilar. Biroq shunday bo‘lsa-da, barchasi Shayx Burhoniddin ibn Abdujalil yodgorligini Rishtonda ekanligini tasdiqladilar. Shundan so‘ng ko‘chada ketayotib yoshi taxminan ellikda bo‘lgan etikdo‘z bilan uchrashib undan ham Shayx Burhoniddin ibn Abdujalil yodgorligi haqida nimalar bilishi so‘radim. U ham bu yodgorlikni eshitganligi ammo uni qaerda joylashganligini bilmasligini aytdi va mening oldimga 90 yoshli qariyani chaqirib olib keldi. Qariya Burhoniddin mozorini Zodiyonda ekanligini eshitganligini aytib quyidagilarni so‘zlab berdi. Aytishlaricha qadimda Rishton katta shahar bo‘lgan ekan. Ammo bir payt Rishtonda ilon va chayonlar behisob ko‘payganligidan odamlarning halovati yo‘qolibdi. Aholi Sohibi Hidoya boshchiligida bu yerlardan boshqa tomonga bosh olib ketmoqchi bo‘libdilar. Shundan so‘ng ushbu shaharni “Rishton”, ya’ni forsiycha “ketdik” nomi bilan atay boshlabdilar. Ular menga bunda boshqa ma’lumotni so‘zlab berisha olishmagach, meni Mirza Hotam Mirzakarimov bilan gaplashib ko‘rishim kerakligini aytishdi. Ularning fikriga ko‘ra u odam eskichadan xabari bor “olim” odam ekan. Keyin men o‘sha odamning oldiga bordim va savollarimni berdim. U menga quyidagilarni aytib berdi: “Shayx Burhoniddin ibn Abdujalil 11 asrda Rishtonda tug‘ilgan. So‘ngra Marg‘ilonda Imom Zahiriddin qo‘lida tahsil olgan. U madrasani tamomlagach 80 ta kitob yozgan. Oradan yillar o‘tib, u 80 ta kitobdan ikkita kitobni tuzishga qaror qiladi. Aytishlaricha u “Hidoya”ning birinchi kitobini Rishtonda nihoyasiga yetkazadi. Qachonki Rishtonda chayon va ilonlar ko‘payib ketgach, ishlashga imkoni qolmagan Burhoniddin Samarqandga ketib o‘sha yerda “Hidoya”ning ikkinchi kitobini yozadi. Shundan so‘ng Burhoniddin Samarqandda vafot etgan. Uning jasadini Chokardiza mahallasidagi Moturidlik Imom Mansur qabri oldiga dafn etadilar va Burhoniddinga atab oddiygina uslubda qurilgan yodgorlik barpo qiladilar”. Men suhbatimizni yakunlab Rishtondan Zodiyonga qaytgan vaqtimda soat kech 10 bo‘lgan edi. 19.08. 1939 yil – ertalab soat 7 da men “Sohibi Hidoya” yodgorligi tomon yo‘l oldim. Yodgorlik oldida yer ustida sochilib yotgan ko‘plab sopol parchalariga duch keldim. Bu yodgorlik aslida Shayx Burhoniddin ibn Abdujalilning mozori bo‘lib, aholi uni “Sohibi Hidoya” nomi bilan atar ekanlar. Garchand Shayx Burhoniddin ibn Abdujalil Samarqandda vafot etgan bo‘lsada, kishilar bu yerga ham unga atab qadamjo ko‘targanlar. Hidoya – bu Shayx Burhoniddin yozgan kitobning nomi. Qaytayotib yo‘lda Oq yer qishlog‘ida “Chiltonxona” yodgorligi ko‘zdan kechirdim. Ushbu yodgorlik janubiy tomonda joylashgan bo‘lib, uning atrofidan arxeologik topilmalar aniqlanmadi. Shunday bo‘lsada, men uni ko‘rinishini chizib oldim. Chiltonxonaning ko‘rinishi quyidagicha: Mazkur yodgorlikni obdon ko‘zdan kechirganimdan so‘ng Zodiyonga qaytib bordim. Ma’lum bo‘lishicha bu vaqtda men nazorat qilayotgan hududdan bir qancha arxeologik topilmalarga duch kelingan”1. Abduvohid Olimjonov tomonidan 1939 yilda nomi tilga olingan “Podshoh Qalandari aziz” nomli ziyoratgoh afsuski, hozirgi kunda Rishton hududida saqlanib qolmagan. Ehtimol hozirda mavjud bo‘lsada, bu nom bilan atalmasa kerak. Chunki 2002-2005 yillarda Rishton hududida joylashgan tadqiqotlarimiz davomida ushbu nom bilan ataluvchi ziyoratgohga duch kelmadik. Yana shuni ma’lum qilamizki, A. Olimjonov o‘z kundaligida “Podshoh Qalandari aziz”mozori devorida tasvirlangan ikki suratni ham chizib qoldirgan bo‘lib, bu tasvir bizga kamon o‘qi va janchilarning temir gurzisini eslatadi. Balki ushbu tasvir mozorga ko‘milgan zot jangchi bo‘lganligidan dalolat berar. Aytib o‘tish joizki, A. Olimjonov o‘z kundaligida Sohibi Hidoya mozorini rasmini chizib qoldirgan bo‘lib, mazkur surat bizga XX asr boshlarida Sohibi Hidoya ziyoratgohini ko‘rinishi haqida tasavvurga ega bo‘lishimizga yordam beradi. Biroq A. Olimjonov Sohibi Hidoya ziyoratgohini aynan Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan bog‘liq ekanligini dastavval tushunmagan bo‘lsa kerak. Chunki u oradan bir hafta o‘tgach Burhoniddin qabrini izlab topish uchun Zodiyondan Rishton markaziga borganligini bayon qiladi. Shuningdek, O. Abduvoxidov tomonidan tilga olingan Oq yer qishlog‘idagi “Chiltonxona” ziyoratgohi ham hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Bundan ko‘rinadiki yuqorida keltirilgan ma’lumotlar Rishton tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, akademik M.E.Masson ham o‘z xotiralarida bu haqda qayd etib, jumladan quyidagilarni yozgan edi: “Hidoya” yuridik asarining muallifi bo‘lgan XII asrda yashab o‘tgan mashhur rishtonlik allomaning qabrini topish maqsadida olib borilgan maxsus qidiruv ishlari muhim ma’lumotlarni aniqlashga imkon berdi. Garchand “Sohibi Hidoya” mozori uncha eski bo‘lmasada, ammo uning atrofida XI asr va undan keyingi davrlarga mansub sochilib yotgan to‘rtburchak g‘ishtlar kam emas. Bu yerda o‘rta asrlarga mansub sopol parchalarini ham uchratdik. Mahalliy rivoyatga ko‘ra aynan shu yerdan hozirgi Rishton markazidan 1,5 chaqirim shimoliy-sharqda, kulollar mahallasining ortida qadimgi Rishton 1Dnevnik kollektor nablyudatelya po arxeologiya Abduvaxidov Alimdjana s 28.07. po 28.08.1939 goda. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi arxivi. F 1487/ 0 -21. shahri mavjud bo‘lgan. U haqda X asrdagi arab mualliflari ham tilga olganlar. XII asrga kelib u Marg‘ilon tevaragidagi qishloqlaridan biri hisoblangan. Ekspeditsiya chog‘ida keksalardan yozib olingan rivoyatga ko‘ra, qadimgi Rishton osmonda yoqqan ilon yomg‘iri tufayli xarob bo‘lgan”1. Ta’kidlab o‘tish kerakkki, 1998 -1999 yillarda hozirgi Rishton shahrining shimoliy qismida Chinigaron mahallisining Sohibi Hidoya qabristoni yonida arxeologik qazilma ishlari olib borildi. Bu yerda 5x3 m. o‘lchamda shurf solini tekshirib ko‘rildi. Shu yillar davomida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar yaxshi natijalarni berdi. Mazkur izlanishlar tufayli nafaqat XI-XII asrlarga oid sopol idish parchalari balki ichimlik suvi uchun o‘tkazilgan sopol quvurlar ko‘p miqdordagi shisha siniq qoldiqlari, Qoraxoniylar davriga oid numizmatik ashyolar ham topib o‘rganildi. 1998-1999 yillarda Rishton tumanidagi Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan bog‘liq “Sohibi Hidoya” ziyoratgohi yuzasidan olib borgan izlanishlarimiz davomida Rishton tumanidagi boshqa ziyoratgohlar to‘g‘risida ham qator ma’lumotlarni to‘plashga muyassar bo‘ldik. Ma’lumotlarga ko‘ra Rishton hududida “Sohibi Hidoya” ziyoratgohidan tashqari Burhoniddin Marg‘inoniy nomi bilan bog‘liq yana bir ziyoratgoh mavjud bo‘lgan. Aytishlaricha, aholi orasida Xo‘jai Gaz deb ataluvchi mozorda Burhoniddinning Ilmi Yamin ismli ukasi dafn etilgan emish. Uning qabri hozirda Rishton shahridagi Shokir ota ko‘chasida joylashgan. Qadimdan rishtonliklar orasida “Rishtonni yetti aziz xo‘jalar saqlab turadi” degan naql mavjud. Shu bois aholi umri davomida ushbu yetti ziyoratgohni ziyorat qilishga harakat qilganlar. Bular quyidagilar hisoblanadi: Xo‘jayi Xizr. Xo‘ja Ro‘shnoyi. Xo‘jai Gaz. Hasan Kulol. Xoja Ansoriy. Sufiy Sodiq Xo‘ja Abdurahmonxoja. 1999-2004 yillar davomida olib borilgan izlarinshlarimiz chog‘ida va Rishton tumanida mazkur ziyoratgohlarni aniqlashga muyassar bo‘lgan edik: 1.Oq mozor buva mazori. 2. Xo‘ja jarboshi buva. 3. Murod buva ziyoratgohi. 4.Xo‘jay Bob buva. 5. Ismoil Eshon buva ziyoratgohi. 6. Xo‘ja Ilg‘or ziyoratgohi. 7. Abdulloh Ansoriy ziyoratgohi. 8. Xo‘ja Ro‘shnoyi ziyoratgohi. 9. Yigit pirim – Er Hubbi ziyoratgohi. 10. Hazrati Xizr qadamjosi. 11. Toshkelin mazori. 12. Sufiy Sodiq. 13. Xo‘jai Gaz. 14. Hasan kulol ziyoratgohi.15. Abdulaziz xondada ziyoratgohi. 1Masson M.E. Iz vospominaniy Sredneaziatskogo arxeologa. T.: Izdatelstvo literaturы i iskusstva imeni Gafur Gulyama, 1976. S. 150. Ishonamizki ushbu ziyoratgohlarning tadqiq etish natijidasida Rishton tarixiga doir muhim ma’lumotlarni qo‘lga kiritish imkoniyati paydo bo‘ladi. Aytish joizki, 1998-1999 yillarda “Sohibi Hidoya” qabristoni atrofida arxeologik qazuv ishlari olib borilgan edi. Agar birinchi tadqiqot faqat toponomik aniqlikni va shaharni o‘rta asrlarga mansubligini kiritgan bo‘lsa, keyingi o‘rganish yuqorida aytilganidek, shaharning mudofaa devorlarini kanalizatsiya tizimini hunarmandchilik mahallasini, ko‘plab numizmatik ashyolarni topilishi bilan qimmatli materiallarni berdi. 1939 yilda Farg‘ona shaharlar yuzasidan tadqiqot olib borgan elshunos olima A.K.Pisarchik Rishtonda qadimiy minora bo‘lganligini kishilardan eshitganligini aytib o‘tgan edi. Shu sababdan ushbu satrlarning mualliflari tomonidan 1999 yili A.K.Pisarchik tilga olgan Chinnigarondagi minora o‘rni borib o‘rganildi. Haqiqatdan ham, XI-XII asrlarga mansub qalashib yotgan pishiq g‘ishtlarning qoldiqlari “Sohibi Hidoya” qabristonining janubiy kirish qismida ko‘plab uchrardi. Hatto, shu yerlik keksalarning aytishlaricha, saksoninchi yillarning oxirlarida ham bu yerda tuproqqa qorishib yotgan uyum g‘ishtlarni ko‘rish mumkin bo‘lgan. Keyinroq ular mahalliy aholi tomonidan turli qurilish ishlariga tashib ketilgan. Hozirda bu yerda obodonlashtirish ishlari olib borilishi natijasida tekislanib, uning o‘rnida ziyoratchilar dam olish ayvonchasi tiklandi. Rishton tarixiga doir ko‘plab ma’lumotlar Qo‘qon xonligi bilan bog‘liq yozma manbalarda, jumladan, Mirzo Olim Toshkandiyning “Ansab as- salotin va tavarix al-xavoqin”, Mirza Olim Toshkandiyning “Bayoni hisbi holi Mulla Olim mirzo”, Muhammad Hakimxon to‘raning “Mutaxab at- tavorix”, Aziz bin Rizo Marg‘inoniyning “Tasnifi G‘aribiy”, Imom Ali Qunduziyning “Tavorixi manzuma”, Muhyi Xo‘qandiyning “Tarixi Muhyi Xo‘qandiy”, Mulla Niyoz Xo‘qandiyning “Tarixi Shohruhiy”, Mulla Avaz Muhammad Xo‘qandiyning “Tarixi jahonnamoy” singari asarlarda Rishton, Rashidon, Rashdon, Rushton nomlari bilan tilga olinadi1. Biroq bu manbalarda Rishton nomi atamasini kelib chiqishi xususida ma’lumotlar uchramaydi. Shunday ekan Burhoniddin vatani Rishton nomini kelib chiqishi borasidagi alohida tadqiqotlar olib borilmagan deyish mumkin. Dala tadqiqotlarimiz davomida Rishton to‘g‘risida aholi orasida turli taxminlarni yozib oldik. Birinchi taxminga ko‘ra, Sohibi Hidoya davrida katta sel keladi. Shu sababdan Sohibi Hidoya aholiga bu yerdan ketamiz, ya’ni “Raftan” degan ekan. Keyinchalik bu so‘z talaffuzda Raftan>Roshidon>Rishton bo‘lib ketgan emish. 1 Bu haqda qarang: BEISEMBIEV T.K. ANNOTATED INDICES TO THE KOKAND CHRONICLES. RESEARCH INSTITUTE FOR LANGUAGES AND CULTURES OF ASIA AND AFRICAN ILCAA. TOKYO. 2008; Troiskaya A.L. Katalog arxiva Kokandskix xanov XIX veka. M.: Nauka, 1968; Nabiev R.N. Istorii Kokandskogo xanstva.T.: Fan, 1973. Ikkinchi taxminga ko‘ra, qadimgi farg‘onaliklar tilida(?) “rishton” so‘zi qizil tuproq ma’nosi anglatganligi uchun joy nomi ham Rishton deb atalgan emish. Uchinchi taxminga ko‘ra, Rishton zaminidan Sohibi Hidoyadek to‘g‘ri yo‘ldan boruvchi ahli rashidlar yashaganligi bois “Roshidon”, ya’ni “To‘g‘ri yo‘ldan boruvchilar” deb atalgan ekan. Biz mazkur taxminlarning inkor etmagan holda fors-tojik tilidagi “rishtan”, “yigirmoq” so‘zi bilan bog‘liq emasmikin degan fikrni ham keltirib o‘tmoqchimiz1. Zero, qadimda aholini ip yigirib, mato tayyorlaganliklari uchun shu nomni olmaganmikin? Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling