Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet91/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   147
Bog'liq
02 (3)

ANDIJON (ANDUKON)


Andijon shahri vodiyning sharqiy qismidagi ko‘hna shaharlardan biri bo‘lib, o‘ziga xos boy o‘tmish tarixiga egadir, ayniqsa, o‘rta asrlardan boshlab Markaziy Osiyoning iqtisodiy va madaniy-ma’naviy hayotida muhim rol o‘ynab keldi1. Shu sababdan keyingi paytlarda Andijon tadqiqotchilarning diqqat ‘tiborida bo‘lib qolmoqda2.


Movarounnahrga o‘rta asrlarda kelgan Muqaddasiy, Istahriy, ibn Havqal singari arab sayyohlarining asarlarida shahar birinchi marta “Andukon” nomi bilan tilga olinadi3.
Qoraxoniylar hukmronligi davrida ham Andijon ularning poytaxti bo‘lgan O‘zgan shahriga yaqin joylashganligi tufayli tashqi savdodagi o‘z mavqeini saqlab turdi. Ko‘plab turkiy urug‘lar shaharga va atrofiga ko‘chib kelib o‘rnashdi, yangi qishloqlar paydo bo‘ldi, aholi ko‘paydi, urbanizatsiya jarayoni jonlandi. Bu esa Andijondagi madaniy muhitning o‘sib borishiga kata ta’sir ko‘rsatdi. Natijada Andijon shahridan zamonasining mashhur olimlari yetishib chiqdilar.
Yoqut Hamaviy Qoraxoniylar davrida yashab o‘tgan andijonlik olimlardan biri oliyjanob va diyonatli shayx, rivoyatlar bilimdoni Abu


1 Mashrabov Z.Z.Farg‘ona vodiysi qadimgi shaharsozlik madaniyati tizimida Andijon // “Farg‘ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda” mavzusidagi Respublika ilmiy anjuman materiallari. Farg‘ona, 2009. – B.50.
2Bu haqda qarang: Jalilov S. Andijon. T., 1989; Jalilov Sayfiddin. Bobur va Andijon. Toshkent. 1993; Jalilov S. Andijon shahar tarixini o‘rganish tajribasidan // «Buyuk ipak yo‘li va Farg‘ona vodiysi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent, 2004; Abdulgazieva B Issledovanie poselenie Chordona IMKUz, v.25. T., 1991; Abdulgazieva B. Raskopki Sar-tepe // Istoriya i arxeologiya Sredney Azii. Ashxabad.: Ыlыm, 1978; Abdulgazieva B. K. K istoricheskoy topografii Andijana XV-XVI vv. // Poznefeodalnыy gorod Sredney Azii. T.: Fan, 1990; Abdulgazieva B. Srednevekovыy Andijan na trasse Velikogo shelkovogo puti // Goroda i karavan-sarai na trassax Velikogo shelkovogo puti. Tezisы dokladov mejdunaradnogo seminara YuNESKO. Urgech. 1991; Abdulg‘ozieva B. Andijon Bobur davrida. Andijon. 1993; Abdulgazieva B. Novыy klad mednыx monet XV v. iz Andijana // Arxeologicheskie issledovaniya v Uzbekistane – 2001 god, Tashkent, 2002; Abdulgazieva B., Abdullev B.M., Matbabaev B.X. Arxeologicheskie raskopki v Andijane // Arxeologicheskie issledovaniya v Uzbekistane – 2001 god, Tashkent, 2002; Abdulgazieva B. Mogilnik XIII-XIV vv. Chordana v Andijane // Novыe dannыe o drevnem i srednevekovom Kыrgыzstane. Bishkek, 1999, vыp.2; Abdullaev B.M., Ivanov G.P., Matbabaev B.X. Arxeologicheskie rabotы v.g. Andijane // Arxeologicheskie issledovaniya v Uzbekistane – 2000 god, Samarkand, 2001; Abdullaev B.M., Matbabaev B.X., Mashrabov Z.Z. Desyatыy sezon arxeologicheskix raskopok v Andijane // Arxeologicheskie issledovaniya v Uzbekistane – 2002 god, Tashkent, 2003. vыp. 3; Matbabaev Ye. Ranniy gorod Ferganы i voprosы nachalnogo etapa gosudarstvennosti // Arxeologiya, istoriya i kultura sredney Azii. TD Mejd, konf. posvyaщ. 60-letiyu akademika E.V. Rtveledze. Tashkent, 2002.
3 Bu haqda qarang: Betger. Ye.K. Izvlechenie iz knigi «Puti i stranы» Abu-l-Kasыma ibn
Xaukalya // Trudы SAGU. Arxeolgiya Sredney Azii. T.: Izdatelstvo SAGU, 1957; Kitab Masalik al-mamalik al-Istaxri // Materialы po istorii kirgizov i kirgizii. M.: Nauka, 1973; Bartold V.V. Mo‘g‘ullar davrida Turkiston. Samarqand, 1931
Hafs Umar ibn Muhammad ibn Tohir al-Andukoniy as-Sufiy haqida jumladan shunday yozadi: “U xushmuomala kamtar, solih shayx, ma’lumotlarni naql qilishlik bo‘yicha olim edi. Qur’on o‘qigan. Koshon (Isfahon)ga borib, u yerning xonahida faqihlar xizmatida bo‘lgan” ...
Yoqut Hamaviy Abu Sa’d as-Sam’oniydan keltirib, olimning 480/1087 yilda Andukonda tug‘ilib, Farg‘onada yashagani, 504/1110 yilda Marvga borgani va 545/1150 yilning jumadul-avval oyida Koshonda vafot etgani zikr qiladi.
“Mu’jam al-buldon”da olimning Buxoro va Marv shahrilarida ta’lim olgani va ustozlaridan uch nafari nomlari keltirilgan1.
Mo‘g‘ullar istilosi davrida Andijon Farg‘ona vodiysining boshqa shaharlari singari xarobalikka yuz tutgan bo‘lsa-da, biroq tez orada o‘zining avvalgi mavqeini tiklay olishga erishdi. Bu holat XIII asrning oxirida mo‘g‘ul xonlari Tuva va Xaydular davriga kelib Andijonni Farg‘ona vodiysining poytaxti sifatida taraqqiy etishini ta’minladi2.
Mo‘g‘ullar istilolaridan so‘ng, ayniqsa, XIV asr boshlaridan Andijon Farg‘ona vodiysining sharqida O‘zgandan keyin yirik strategik mavqega ega bo‘lgan shahar va muhim savdo markazi sifatida ko‘tarilib bordi. Mo‘g‘ul xonlari Qoshg‘arga o‘tgan xalqaro savdo yo‘lini o‘z qo‘lida saqlab turish uchun, ayniqsa, Andijonga katta e’tibor berishadi. Shaharning qal’a devorlari tiklanadi. Yangi masjid, madrasalar quriladi va Andijonga “qubbat-ul-islom” degan sharafli diniy maqom beriladi3.
Sohibqiron Amir Temur Farg‘ona vodiysini 12 ta tumani bilan o‘g‘li Umarshayxga mulk qilib beradi. Umarshayx Andijon atrofiga yangitdan qal’a devori qurdirdi. Temuriylar davrida Andijonning obod bo‘lgan va gullab-yashnagan davri mashhur temuriyzoda Abu Said Mirzoning o‘g‘li Umarshayx Mirzo (1462-1494 yillar) va uning o‘g‘li Bobur Mirzolar (1494-1504 yillar) davriga to‘g‘ri keladi. Andijon bu vaqtga kelib Movarounnahrda Samarqand va Keshdan keyinchi uchinchi yirik shaharga aylangan4. Bu haqda Mirzo Bobur shunday ta’rifni keltirgan edi: “Movarounnahrda Samarqand va Kesh qo‘rg‘oniddin so‘ngra mundin ulug‘roq Qo‘rg‘on yo‘qtur. Uch darvozasi bor. Arki janub tarafida voqi’ bo‘lubtur. To‘qquz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yerdin chiqmas.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling