Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet90/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Bir kuni bir bahsda voiz va gadoylar Siyiston xalqining qattiqqo‘lligi, hech kimga xayr-saxovat qilmasligi haqida arz qildilar. Shu paytda Qozi O‘shiy o‘rtaga chiqib, Siyiston xalqini ham o‘z nutqi bilan maftun etib, haq undira olishini aytadi. Shu shart bilan u Siyistonga keladi.
Bir kuni Siyistonda bir majlis tuzib, o‘z mahorati bilan xalqning hushini oladi. Shahar ahli unga mahliyo bo‘lib, topgan-tutganlarini berdilar, ammo voiz pul uchun va’z aytmasligini aytib, hech narsa olmadi. Bu ish xalqning e’tiqodini yanadi oshirib yubordi.
Boshqa bir kuni yana majlis tuzdi. Saxovatli va zabardast voizning shuhrati butun shaharga taralgan va har kimning og‘zida bo‘lganligi uchun masjidi jome’ xaloyiqqa to‘lgan edi. Qozi O‘shiy minbarga chiqib, shu qadar otashin va’z aytdiki, xaloyiq o‘zlarini tuta olmay ho‘ngrab yig‘lashga tushdilar. Majlis ayni qizigan payt edi, nogoh ko‘rinishidan azimnamo bir kishi masjid eshigididan kirib keldi- da, to‘ppa-to‘g‘ri minbarga qarab yurdi. Borib, hammaning ko‘z oldida Qozi O‘shiyning yuziga bir tarsaki tushirdi. Belidan bir tanob arqon olib, tortib turish uchun qozining bo‘yniga tashladi. Shunda g‘azabga kelgan xaloyiq o‘sha odamga tashlandilar. Agar voizning o‘zi darhol o‘rtaga tushmaganda edi, u kishi xalqning oyog‘i ostida sazoyi bo‘lib ketardiyu Biroq xalq hujum boshlashi bilan voiz faryod qildi:
Hoy xaloyiq, ey ahli majlis, sabr qiling. Har kim o‘z joyiga o‘tirsin va yaxshisi men bilan bu muhtaram zotning o‘rtamizdagi qissani eshitsin.
Siz azizlarga maxfiy qolmasinkim, men bu kishining xizmatkoridurman. Ko‘b muddat bo‘ldi, bir iloj qilib qochib ketganman va bu kishi necha yildan beri meni qidirib yurgan, albatta. Bugun kelib mana bu yerda, siz azizlarning ko‘z oldingizda qo‘lga tushdim va sharmandayi sharmisor bo‘ldim. Shuning uchun bu mo‘tabar zot meni ursalar ham, haqorat qilsalar ham ma’zur tutasizlar, chunki shunday qilishga haqlari bor. Men sharmandayi osiy gunohimga yarasha jazoyimni tortishim kerak.


1 Qoriev O.A. Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy... – B.71-72.
Voiz quyidagi baytni o‘qidi va o‘z xojasi oldida boshini muti’ona egib turdi. Bayt:



Ya’ni:
Gar ba shamsheri siyosat bigudozy hokimi, Gar ba tashrifi g‘ulomi menavozy bandaam.


Gar qilich birla siyosat o‘tkazib etgil hukm,
Gar g‘ulom aylab navozish qil, sening izmingdaman.



Shunda xaloyiq ola-g‘ovur ko‘tardilar va shunday fozil voizni haqorat qilishga yo‘l qo‘ymasliklarini izhor etdilar. Majlis ahlini asir etgan voiz dedi:
Agar shunday bo‘lsa, bu diyorning azizlari karam qilsalar, bu kishining qo‘llaridan meni sotib olishlari mumkin. Menday faqiru xaqir, bir kishiga xizmat qilsam ham, siz azizlarning hammangizga, butun Siyiston xalqiga qullik qilsam ham kunim o‘tadi. Agar qolgan umrimni va’zga bag‘ishlab, sizlarning xizmatingizni qilishga muyassar bo‘lsam, menga g‘oyat shafqat va marhamat ko‘rsatgan bo‘lardingizlar.
Voizning bunday iltijosini eshitgan xaloyiq faryod ko‘tardilar va jonu dilimiz bilan senga xizmat qilamiz deb fig‘on chekdilar. Keyin hamma birdaniga haligi kishiga yuz burib, voizni talab qilib, tazarru’ qila boshladilar. Xaloyiq voizni sotib olishga qasd qilgan edi. Ammo u kishi bo‘sh kelmadi. Voizni mana shu masjlis ahli oldida besh yuz darra urib sazoyi qilmoqchi ekanliginii aytdi. Xaloyiq bunday qilmasligini aytib yalindi. Uzoq tortishuvdan keyin, voizni ellik ming dinorga sotib olishga qaror qildilar. Majlis ahli orasidagi bu diyorning a’yon va arboblari darhol shu miqdordagi mablag‘ni to‘plab, shu yerning o‘zida sanab berdilar. U kishi mablag‘ni olib ketgandan so‘ng voiz masjlis ahlini duoyi xayr bilan olqishladi va minbardan tushib, manziliga ravona bo‘ldi.
Shu orada birdan voiz g‘oyib bo‘lib qoldi va shundagina Siyiston ahli uning hiyla ishlatganligini, kelib zo‘rlik qilgan kishi ham o‘zining odami ekanligini anglab qoldilar.
Bir necha muddatdan keyin ona shahri Farg‘onadan turib, Qozi O‘shiy Siyiston xalqiga shunday maktubni yo‘lladi:
Karimoni Siyistonro baqo bod, Sharobi ruhi rohat bodashon no‘sh. G‘ururi man xaridand on karimon Zi rohi lutf bo on donishu xush, Nabudam man g‘ulomu lek budam, Jahoni fazlu donish – Qozii O‘sh.
Ya’ni:
Omon bo‘lsin siystonlik saxiylar, Ruhi rohat sharobini qilib no‘sh. Nechukkim, menga baxsh ayladilar,
G‘urur cheksiz – ana lutf, donishu hush... Emasdim qulu xizmatkor, lek edim men,

Bilimu fazl jahoni – Qozii O‘sh”1.

YaDUXKAT


Abu Muhammad Abdul Xalil ibn Abdulmavjud al-Yaduxkatiy as-Sakkiy (1042-1105 yy) Farg‘onaning Yaduxkat qishlog‘idan chiqqan mashhur adib. U ham Samarqandda yashab, shu yerdagi Juzjoniya olimlar uyiga boshchilik qilgan. Xuddi mana shu olimlar uyida boshqa bir farg‘onalik fiqhshunos olim Hamza ibn Ali al-Haylamiy ham yashab ijod qilgan. U hijriy 523 (1129) yilda vafot etgan va Samarqandda dafn etilgan”2.


LAMISh


Farg‘onaning Lamish qishlog‘idan yetishib chiqqan alloma Abu Ali al- Husayn ibn Ali ibn Abu-l-Qosim al-Lamishiy al-Farg‘oniy Qoraxoniylar saroyidagi olimlardan bo‘lib, hukmdorlarga haqiqatni aytishdan qo‘rqmasligi, adolatparvarligi bilan mashhur bo‘lgan. Al-Lamishiy to‘g‘risida Yoqut Hamaviy quyidagilarni keltiradi: “Faqih. Olim 441/1049 yilda Lamish qishlog‘ida tavallud topgan bo‘lib, 522/1128 yil ramazon oyida Samarqandda vafot etgan. Al-Lamishiy fozil yo‘lboshchi, hilof ilmida bilimdon faqih bo‘lib, Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurrahim al-Hofiz al-Qassordan hadis tinglagan”3.


Ma’lumotlarga ko‘ra, al-Lamishiyning oliyjanob fazilatlarini munosib baholay olgan Qorxoniy hukmdorlaridan Muhammad ibn Sulaymon Tegin Arslonxon 1122 yilda o‘z nomidan xalifa Mustarshidga elchi qilib yuboradi. Yo‘lda u Marvda to‘xtab o‘tgan va shu yerda ilm toliblariga ma’ruzalar o‘qigan. Uning tinglovchilar orasida Sam’oniy ham bo‘lgan. U ham Samarqandda vafot etib, shu shahardagi Gatfar ko‘prigi yaqinidagi Foris al- Bag‘dodiy mozoriga dafn etilgan.

NAVKAT


Shu qatorda Navkat qishlog‘idan yetishib chiqqan allomalar ham Yoqut asaridan joy olgan. Abulfazl Abdulqodir ibn Abdulloh ibn Abdurahmon ibn Qosim an-Navkatiy navkatlik allomalar orasida eng mashhuri edi. U o‘z davrining fozil imomi, muhaddisi va yetuk faqih olimi bo‘lgan.




1 Faxriddin Ali Safiy. Latofatnoma...– B. 138-141.
2 Bu haqda qarang: Kamaliddinov Sh. «Kitab as-ansab» Abu Saida Abd al-Karima Ibn Muxammad as-Samani // Adabiy meros. № 2(40). 1987; Kamaliddinov Sh. Svedeniya «Kitab al- ansab» Samani o Fergane // O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar. 1989. № 5.
3 Bobojonov A. Yoqut al-Hamaviyning “Mu’jam al-buldon” asarida Farg‘ona va farg‘onalik olimlar... – B.165.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling