Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet86/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   147
Bog'liq
02 (3)

O‘ZGAND


X asrlarga doir arab manbalarida yozilishicha, O‘zgand Farg‘ona shaharlarining eng oxirgisi hisoblangan. Bu haqda Ibn Havqal jumladan shunday yozadi “Uning [kattaligi taxminan O‘sh [shahri] ning uchdan ikki qismiga tent. Unda qo‘rg‘on, shahriston va [devor] bilan o‘ralgan rabad mavjud bo‘lib, [rabad]da bozorlar joylashgan. O‘zgand - turklarning yerlari bo‘sag‘asidagi savdo markazidir. Uning yonida bog‘lar va [oqar suvli] ariqlar mavjud”3.


Ibn Havqaldan so‘ng oradan ikki asrdan ziyod vaqt o‘tib, Yoqut Hamaviy O‘zgan haqida jumladan shunday yozadi: “O‘zkand– uni Uzjand va Yuzkand ham deyiladi. O‘zkand Farg‘onaning eng chekkasida, musulmon bo‘lmagan shaharlarga qo‘shni




1 Materialы po istorii kirgizov i Kirgizii. Vыp 1. M.:Nauka, 1973. S. 32.
2 Gorbunova N.G. K voprosu o lokalizatsii nekotorыx srednevekovыx gorodov Yujnoy Ferganы.// Srednyaya Aziya i yee sosedi v drevnosti i srednevekove. M.:Nauka, 1981.S.87-88.
3 Mamadaliev H. IX-X asrlar arab manbalarida Farg‘ona shaharlarining tavsifi..– B.142.
bir shahar. Uning qal’a va bir qancha darvozalari, bog‘ va oqar suvlari bor. Turklarning savdo yo‘li O‘zgandgacha boradi1.
Aytib o‘tish joizki, O‘zgand shahridan yetishib chiqqan allomalar ham nafaqat Movarounnahrda, balki butun Islom dunyosida mashhur bo‘lishgan. Fahriddin Hasan ibn Mansur ibn Mahmud al-O‘zjandiy al-Farg‘oniy musulmon olamida o‘zining “Fatovoi Qozixon” asari bilan mashhur bo‘lgan. Kembridj (Buyuk Britaniya) universitetining tadqiqotchisi Uilson o‘zining 1903 yilda e’lon qilingan maqolasida bu asarni “Hidoya” singari katta obro‘ qozonganligini aytadi.
Bundan tashqari yana bir o‘zgandlik alloma Sirojiddin al-O‘zjandiy to‘g‘risida ham to‘xtab o‘tish lozim. Uning to‘liq ismi Sirojiddin Ali ibn Usmon al-O‘shiy al-Farg‘oniy bo‘lib, ko‘proq al-O‘zjandiy nomi bilan tanilgan. Undan “Javohir al-ahkom”, “Buyuk kishilar yodi uchun dastlabki ma’lumotlar” singari asarlar saqlanib qolgan. Sirojiddin al-O‘zjandiy ham Fahriddin al-O‘zjandiy singari Sohibi Hidoyaning zamondoshi, ya’ni XII asrda yashab o‘tgan edi.
Bu o‘rinda sharqshunos olim Odiljon Qorievning ma’lumotlari e’tiborga molikdir. Chunki u O‘zgandlik olimlar to‘g‘risida ma’lumotlarni batafsil bayon etadi:
“O‘zgand shahri vodiy ilmiy hayotida yuqori o‘rin tutganligi tarixiy manbalar hamda bu yerdan yetishib chiqqan allomalar ilmiy merosi tadqiqi jarayonida tasdiqlangan haqiqat. Zero, hanafiy fiqhida uchinchi darajadagi mujtahid maqomiga ega bo‘lgan mashhur alloma Faxruddin Qozixon al-O‘zgandiy ayni shu shaharda tug‘ilib voyaga yetgan va ilmda yuksak natijalarga erishgan. U kishining o‘zigina emas, balki ajdodlari va boshqa qator oila a’zolari Farg‘ona fiqh maktabining shakllanishi va taraqqiyotida yetakchi o‘rinlarda turganlar. Ularning ilmiy merosi va faoliyatiga oid ma’lumotlar o‘rta asr manbalarida muayyan darajada zikr qilingan.
Quyida shu shahardan chiqqan fiqh ilmi vakilarining ayrimlari haqida ma’lumotlar keltiramiz:

  1. Ali ibn Sulaymon ibn Dovud al-Hotibiy Abu-l-Hasan al-O‘zgandiy mashhur faqih, muhaddis va mufassir olim. Olimning ilmiy merosi va biografiyasi haqida ma’lumotlar yo‘q. “Mu’jam al-Buldon” asarida uning 405/1014 yilda Hamadonga kelganligi haqidagi ma’lumot zikr qilinadi. Mazkur manbada Yoqut al- Hamaviy olimning Abu Sa’d Abdulmalik ibn Abu Usmon al-Harkushiy (vaf. 406/1015), Abu Abdurraxmon Muhammad ibn al- Husayn as-Sulamiy (vaf. 412/1021) kabi ustozlarini zikr qiladi.

  2. Shamsulaimma Mahmud ibn Abdulaziz al-O‘zgandiy. Zamonasining fozil kishilaridan bo‘lgan bu alloma xususida manbalarda ma’lumotlar kam. Asosan u kishi taniqli alloma, faqih Faxruddin Qozixonning bobosi bo‘lganliklari xabar qilinadi, xolos. Biroq, farzandlari va nabiralari yirik faqih allomalar bo‘lib yetishganligi va bu zotning ismlari o‘rta asr tabaqot janridagi asarlarda keltirilishi Mahmud



1 Hikmatullaev H., Shoislomov Sh. Yoqut Hamaviy... – B. 27.
ibn Abdulazizning o‘zi ham ilm sohasida yuksak martabaga ega bo‘lgan olimlardan bo‘lgan deb xulosa qilishga asos beradi.

  1. Shamsulislom Mahmud ibn Abdulaziz ibn Abdurrazzoq al- O‘zgandiy - muhaddis olim. U kishining ismi hadis rivoyat qilgan roviylar zanjiri tarkibida zikr qilingan bo‘lib, tarjimai holi va ilmiy merosi xususida ma’lumotlar keltirilmagan. Biroq, shams ul-islom martabasiga ega bo‘lganligi ilmda yuksak darajalarga erishganligidan dalolatdir.

  2. Abu Muhammad Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Is’hoq ibn Ahmad al- O‘zgandiy (vaf. 513/1120). O‘zganda tug‘ilib, voyaga yetgach, Balxda yashagan. Keyinchalik Samarqandga kelib, bir muddat turgach, Kasga yo‘l olgan va shu yerda vafot etgan. Muhaddis olim. Ismiga adib so‘zi qo‘shib aytilishiga qaraganda, bu sohada ham faoliyat olib borgan ko‘rinadi. Biroq, ilmiy merosi haqidagi ma’lumotlar hozircha yo‘q.

  3. Hasan ibn Mansur ibn Mahmud Faxruddin Qozixon al-O‘zgandiy al- Farg‘oniy (vaf. 593/1197). O‘z davrida fiqh ilmining peshqadam allomalaridan bo‘lgan. Ilmiy merosi “Mashhur fatvolar to‘plami”, “al-Vaqiat” (Dalillar), ”al-Amaliy” (Imlo qilingan) “al-Muhadara” (Ma’ruzalar), “Sharh uz-Ziyadat” (Ziyodot asari sharhi), “Sharh ul-Jome’ as-Sag‘ir” (Kichik to‘plam sharhi), ”Sharh Odob ul-Qozi” (Qozilar odobi asari sharhi) va boshqa asarlardan iborat.

Faxruddin Qozixon ustozlari Zahiruddin al-Hasan ibn Ali al- Marg‘inoniy, Abdulaziz ibn Umar ibn Moza, Mahmud ibn Abdulaziz al- Uzgandiylardan ta’lim olgan. Allomaning shogirdlari qatorida Jamoluddin Abdulmahomid Mahmud al-Husayriy, Shamsulaimma Muhammad al-Kardariy va boshqalar bor.

  1. Ahmad ibn Sa’duddin O‘zgandiy Namangoniy (X asr) - tarixnavis olim. Olim qo‘lyozma nusxalari bizgacha yetib kelgan “Tazkirai Bug‘roqxon” nomli asari bilan mashhur. Asar fors tilida yozilgan bo‘lib, keyinchalik Niyoz Qoshg‘ariy tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan. Olimning ismi sharifiga ham O‘zgandiy, ham Namangoniy nisbalari qo‘shilishi muayyan muddat Namanganda ham istiqomat qilganligiga ishora deb qabul qilish joiz.

Zikr etilganlardan ko‘rinib turibdiki, O‘zgandda tug‘ilib voyaga yetgan allomalar islom ilmlari bilan bir qatorda tarix, adabiyot va boshqa sohalarda ham muvaffaqiyatli ijod qilganlar. Bu narsa, albatta, o‘z ilmiy maktabi va uning rivoji uchun zarur sharoit mavjud bo‘lgan joydagina bo‘lishi mumkin” 1.
XII asrda O‘zganda yashab o‘tgan Burhoniddin Qilich ham o‘z davrining mashhur kishilaridan edi. Uni tariqatda tenggi yo‘q, so‘fiylikda benuqson, komil avliyo Sulton Ibrohim Ahmad bilan bir o‘ringa qo‘yishgan. Chunki, har ikkala zot ham podshoh bo‘la turib, o‘z ixtiyorlari bilan taxtdan voz kechishgan va din, tariqat yo‘lida hizmat qilishni o‘z oldilariga bosh maqsad qilib olishgan edi.
1 Qoriev O.A. Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy... – B.69-71.
Ma’lumotlarga ko‘ra, XIII asrning boshlarida Madina shahridan Farg‘ona vodiysiga kelgan hazrat Alining avlodi Sayyid Kamoliddin Qoraxoniylar hukmdori Sulton Ilik Moziyning yolg‘iz qiziga uylanadi. Rivoyatlarga ko‘ra Sulton Ilik Moziy Abu Bakr Siddiq avlodi ekanligi naql qilinadi.
Bu haqda “Tazkirai Bug‘raxonda” quyidagi rivoyat naql qilingan:
Sulton Satuq Bug‘raxonning to‘rt o‘g‘li va uch qizi bor edi. Hasan Bug‘ro, Husayn Bug‘ro, Asan Bug‘ro,Usmon Bug‘ro; qizlari Nura’lo Nurxon, Turkon xonim, Hidoyat Turkon xonim. Mazkur tazkirada quyidagicha ma’lumot keltirilgan: “Nura’lo Nurxonni To‘q Bug‘roxonga nikohlab bergan. U kishidan Nura’lo Nurxon uch farzand ko‘rgan bular: Mahmud Ali Arslon, Yusuf Ali Arslon, Qizil Arslonxon (podshoh bo‘lgan)...

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling