Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet94/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   147
Bog'liq
02 (3)

Sayyid Ro‘shnoyi al-Marvaziy. Uni shuningdek “Xusam al- ma’rifat”(Ma’rifat qilichi) deb ham atashadi. Bizning shayximiz tariqat ahllaridan bo‘lib, xudojo‘y, saxiy muruvvatli zot edi. U Artujdagi Satuq Bug‘raxon mozoriga qarab, bir necha yil shu yerda umr kechirdi... Satuq Bug‘raxon mozoriga ziyoratga kelib uning buyuk xizmatlaridan voqif bo‘ldim... As-Sayyid (Ro‘shnoyi) 669 (1270-1271) yili Farg‘onaning Andijonida olamdan o‘tib baxtli tasodifga ko‘ra Andijonning Ro‘shnoyi (nomli) masjidi yoniga dafn etildi1”.
Andijon o‘lkashunoslik muzeyining ilmiy xodimi Muhammadjon Abdurahmonovning ta’kidlashicha, XX asrning boshlarida Andijon shahrining o‘zida o‘ttizdan ziyod ziyoratgohlar mavjud bo‘lib, ular quyidagicha nomlar bilan atalgan:
1. Shahid mozor 2. Maxkambek mozori. 3. Iso dodxoh mozori. 4. Mamarizo mozori. 5. Mulla Beknazar mozori. 6. Isrofxoja mozori. 7. Qo‘chqor ota mozori. 8. Mirpo‘stin ota mozori. 9. Zangi bobo mozori. 10. Qilich Burhon ota mozori. 11. Dumaloq mozor. 12. Eh voh ota mozori. 13. Qora bolta mozori. 14. Bolalik mozor. 15. Oq go‘r mozor ziyoratgohi. 16. Iskandar mozor. 17. Mulla Yoqub xalfa mozori. 18. Mulla Kushoxun mozori. 19. Mulla Mirashur mozori.
20. Said Mahmudhon eshon mozori. 21. Muhammad Shukur mozori. 22. Darvesh xalfa mozori. 23. Madaminboy mozori. 24. Xojabek mozori. Ibrohim xoja eshon mozori. 26. Xudoyor qozi mozori. 27. Hazrat Bobo Sa’diddin mozori. 28. Xo‘jamberdi mozori. 29. Mullo Maqsud mozori. 30. Boqiboy mozori. 31. Botirxoja eshon mozori. 32. Xoja Eshon mozori. 33. Xudoybergan xoja mozori. 34. Eshota xoja mozori.
Andijon shahridagi ziyoratgohlarda ma’naviy merosimizning uzviy qismini tashkil etuvchi asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan afsona va rivoyatlar, turli hikmatli hikoyatlar xalq og‘zaki badiiy ijodining namunasi sifatida saqlanib qolgan. Shu sababdan mazkur ziyoratgohlar zz navbatida Andijon shahrining qadimiy o‘tmishini o‘rganishda muhim tadqiqot manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Andijon atamasi to‘g‘risida turli tadqiqochilar tomonidan turli fikrlar bildirib kelingan2. Biz faqat taniqli toponomist olim Suyun Qoraevning bu boradagi ma’lumotlarini keltirish bilan cheklanamiz:


1 Djamal al-Karshi. Al Mulxakat bi-s-surax...S.112-113.
2 Bu haqda qarang: Nalivkin V. Kratkaya istoriya Kokandskogo xanstva. Kazan. 1886; Hasanov H. Markaziy Osiyo joy nomlari tarixidan. T.: Fan, 1965; Gubaeva S. S. Etnicheskiy sostav naseleniya Ferganы v konse XIX – nachale XX v. T.: Fan, 1983; Muhammadjonov A.R. Andijon – “Soy bo‘yidagi shahar” // Moziydan sado. 2002, №2; Muhammadjonov A.R. Buyuk Ipak yo‘li va “Farg‘ona” gidrotoponimining etimoni haqida // «Buyuk ipak yo‘li va Farg‘ona vodiysi» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Toshkent, 2004; Is’hoqxon to‘ra Ibrat. Tanlangan asarlar / Nashrga tayyorlovchilar, so‘zboshi, izoh va lug‘at
Andijon - shahar, Andijon viloyati markazi. 10-asrdan boshlab arab geograflari Istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida va boshqa manbalarda Andiyan, Andikon, Andukon shakllarida qayd qilingan, Zahiriddin Bobur asarlaridan boshlab Andijon deb yozib kelinadi.
Turklarning afsonaviy podshosi Afrosiyob shahar qurib, uni o‘zining qizi nomi bilan Odinajon deb atagan ekan. Boshqa bir rivoyatga ko‘ra bir xon bu shaharda xotini qolib ketganidan "Anda qoldi jonim mening" deganidan shahar shunday atalganmish. Boshqa birovlar Andijon so‘zini olti jon - "olti kishi" degani deb izohlaydilar. Rus olimi V.P.Nalivkin namanganliklarshshg og‘zaki rivoyatlariga asoslanib, shahar andi degan turk qabilasi nomi bilan atalgan degan edi.
Andijonlik tarixchi S.Jalilov o‘zbeklar va Markaziy Osiyodagi boshqa xalqdarning tarkibiga kirgan qabila-urushar orasida andi degan turkiy qabila uchramaydi deydi va Andijon toponimi ad degan turkiy qabila nomidan kelib chiqqan: bu etnonim forscha ko‘plik qo‘shimchasida adgon - adigon shaklida talaffuz qilina boshlagan va keyinchalik bunga n tovushi kirib qolgan deb hisoblaydi. V.V.Radlov andi so‘zi fonetik o‘zgarishlar oqibatidir: "daryo tarmog‘i, orol" ma’nosidagi qadimiy turkiy so‘z - argi bilan bog‘liqdir degan edi. A. Turg‘unov akademik V.V.Radlovning ana shu fikriga asoslanib, Andijon "orol" ma’nosidagi qadimiy turkiy kalima — argi so‘zining fonetik o‘zgarishi oqibatidir, yon (jon) esa "ruh", "hayot" demakdir, ya’ni "Andijonsoy orolida yashagan jonlar (kishilar) jamoasi degan ma’noni anglatadi" deb yozgan. O‘zbekiston va Tojikistonda Andijon, Andigon degan joy ko‘p. O‘rta asrlarda andi degan turk qabilasi bo‘lganligini inobatga olib, etnograf B.X. Karmisheva ana shu nomlar mazkur hududlarda andi turklarining izlari bo‘lgashshgi ehtimoldan uzoq emas deydi. A.Muhammadjonov fikricha, Andijon toponimi "andi" va "gon, kon yoki jon" so‘zlari birikmasidan yuzaga kelgan. Andi - yaqin; gon, kon va jon so‘zlari "suv", "soy" ma’nolarini anglatgan. Demak, Andijon toponimi "Soyga yaqin, "Soybo‘yi", "Suv yoqasi" ma’nosida. Mo‘g‘ulchada and so‘zining geografik "yaqin" ma’nosi yo‘q. Mo‘g‘ulcha anda "qon-qardosh", arabcha akraba so‘zi bilan ma’nodosh (quda-anda). Har qanday shahar- qishloq suv yonvda bo‘lgan; shahar mo‘g‘ulcha emas, undan oldin paydo bo‘lgan bo‘lsa, andijon ham mo‘g‘ullardan oldin paydo bo‘lgan”1.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling