Бурҳониддин марғиноний исми, унвони ва куняси хусусида


Download 1.2 Mb.
bet96/147
Sana01.03.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1238737
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   147
Bog'liq
02 (3)

MARG‘ILON





  1. asr oxirlarida Farg‘ona vodiysida siyosiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar natijasida siyosiy sahnaga Quvaga yaqin Marg‘ilon (Marg‘inon) chiqadi. Bu shaharning X asrgacha vodiyda unchalik katta ahamiyati bo‘lmagan. Shu vaqtdan e’tiboran (X asr) to XIII asrgacha Marg‘ilonning o‘z tangasi zarb etilgan va ancha rivojlangan shahar bo‘lgan edi. Demak, ayrim siyosiy voqealar natijasida Quva shahrining susayishi hisobiga Janubiy Farg‘onada Marg‘ilonni X asrdan boshlab asta-sekin rivojlanishiga olib keldi. Burhoniddin Marg‘inoniy yashagan davrda Marg‘ilon shahrining holatini tasavvur qilish qilish shahar hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega. Bu haqda qadimshunos olim A.Anorboev quyidagilarni keltiradi:

XII asrda Marg‘ilon Janubiy Farg‘onaning markazi sifatida gullab yashnaydi. Marg‘ilonda Qoraxoniylar davlatining maxsus vakili o‘tirgan. Bu yerda doimiy tanga pullar zarb qilingan.
Bu davrda as-Samoniy Marg‘ilonni eng mashhur shaharlardan biri deb atab, mahallalaridan birining nomini eslab o‘tadi -"Gandobe". Uning yozishicha Jome masjidi shaharning asosiy bozoridan uzoqroqda joylashgan bo‘lib, darvozasi oldidan daryo oqib o‘tgan .

  1. asrning ikkinchi yarmida va undan keyingi zarb qilingan tangalar ham Marg‘ilonni Farg‘ona hayotida muhim rol o‘ynaganligidan darak berib turibdi.

Arxeologik izlanishlar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, mo‘g‘ullar istilosigacha Marg‘ilon shahri Marg‘ilonsoy sohili bo‘ylab sharq va shimoliy-sharq tomonga kengayib borgan. Hozirgi Marg‘ilon-Namangon yo‘lini Marg‘ilon-Quva yo‘li bilan tutashgan joyida XI-XIII asrning boshlariga oid hammom qoldiqlari topib o‘rganildi. Aniqlanishicha, hammom o‘rta asr Sharq klassik uslubida qurilgan bo‘lib, ikki yuz yildan oshiq xizmat qilgan ekan. Lekin, uning saqlanishi juda ham yomon. Asosan yer osti kommunikatsiyasi saqlanib qolgan. Qazishmalar shuni ko‘rsatdiki, Marg‘ilon hammomining yer tagidagi injenerlik qurilmasi


1 Bu haqda qarang: Persidsko-Russkiy slovar. Sostavitel B. V. Miller. M., 1953; Tadjiksko-russkiy slovar. M., 1954.
Axsikent hammomining o‘zginasi. Shuning uchun Marg‘ilon hammomi haqida so‘zlaganda biz Axsikent hammomi haqidagi ma’lumotlardan ham foydalandik. Marg‘ilon hammomi ham Axsikent hammomiga o‘xshab mohir muhandis tomonidan, maxsus loyiha asosida, pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Bunday hammomlar murakkab yer osti injenerlik qurilmasiga ega bo‘lgan: birinchidan, hammom yer osti qurilmasi orqali isitilgan; ikkinchidan, ishlatilgan chiqindi suv esa maxsus yer osti qurilmasi orqali tashnavga borib quyilgan.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling