Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi
Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash
Download 0.79 Mb.
|
MO'M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Raqamlarni yozishga tayyorlash.
4.Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash.
Qo`shish va ayrish amallarini o`rganishga tayyorlash maqsadida ikki to`plamni birlashtirish va qismini ajratishga doir mashqlar bajarish kerak. M: 1) Partaga 3 ta uchburchak va 2 ta kvadrat qo`ying. Ularni yaqinlashtiring, hammasi qancha bo`lganini aniqlang. 2) Daftardan 5 ta katakni o`rang, oxirgi katakni bo`ling. Nechta bo`yalmagan katak qoldi? 5. Raqamlarni yozishga tayyorlash. O`rganilayotgan sonlar dastlab bosma raqamlar bilan o`rgatiladi. (belgilanadi), ular katakni taxtachada narsalarning tegishli to`plami ro`parasiga qo`yiladi. Dasturda 1 sinf uchun matematikadan dastlabki mavzu birinchi o`nlik sonlarni nomerlashdan iborat. Bu mavzuni o`rganishdan maqsad bolalarda sanoq malakasini hosil qilish, ularda birinchi 10 ta son haqida tasavvur shakllantirish, son va uning nomi raqamlar yordamida bosma va yozma belgilanishi orasida moslik o`rnatish malakasini tarkib toptirishdan, o`quvchilarni sonlar qatorining ba'zi xossalari, sonlarning tarkibi bilan tanishtirishdan iborat. M: 3 soni: 3 ta kvadrat. 3 ta olma, 3 ta stul… deb aytish mumkin. Buni, 3 sonini raqam bilan 3 deb belgilash mumkin. Yozma raqamlarni tanishtirishda, raqamlarni yozish namunasini doskada ko`rsatish kerak. O`quvchilar raqamlarni havoda chizib, yoki namuna bo`yicha chizib, qo`l harakati yo`nalishini o`zlashtiradilar. So`ngra sonlarning hosil qilinishi o`rganiladi. Birinchi o`nlikning har bir soni o`zidan oldingi songa birni qo`shish va o`zidan keyingi sondan birni ayrish bilan hosil qilinadi. Sonlarning ikki qo`shiluvchidan tashkil topishi o`rganiladi. (3=1+2, 3=2+1). Sonlarning natural qatordagi o`rnini o`rganishda bunda mashqlar bajarish kerak. - Sanoqda 3 (5)… sonidan keyin keladigan sonni ayting. - 4 va 6 sonlari orasida keladigan sonni ayting… Natural qatorning ketma-ket sonlarini taqqoslash yoki qo`shni sonlar orasidagi munosabatlarni o`rganish, dastlab to`plamlarni taqqoslashga tayangan holda bajariladi. Pryedmet lar soni raqami bilan, sonlar orasidagi munosabat «>», «<», «=» bilan belgilanadi. O`quvchilar, qaralayotgan son o`zidan oldin keladigan sonlardan katta, keyin keladigan sonlardan kichik ekanini o`zlashtirib olishi kerak. 2>1 –ikki birdan katta. 1<2-bir ikkidan kichik. O`quvchilar diqatini belgilarning uchi kichik songa qaratilgan bo`lishiga, va «>», < belgili yozuv chapdan o`ngga qarab o`qishiga qaratish kerak. Qarab chiqilgan asosiy masalalar har bir son bilan tanishishda o`rganiladi. Ammo, 1-5 sonlarini o`rganish 6-10 sonlarni o`rganish metodikasidan farq qiladigan xususiyatlari mavjud. 1. 1-5 sonlarini o`rganishda tanish sonlar qatorida har gal bittadan son qo`shila boradi, ikkinchi beshlik sonlarni o`rganishda esa sonlarning qatoriga birdaniga sonlar jufti qo`shiladi; (1,2,3,4,5,6,7; 1,2,3,4,5,6,7,8,9; 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10;) 2. 1-5 sonlari narsalar va tasvirlar bilan o`rganiladi. Shundan keyin kattaroq sonlar (6-10) bilan tanishtirishda predmet ko`rsatmaslikdan asta-sekin abstrakt shaklga o`tishni amalga oshirish kerak. Jumladan «sonli zinapoyacha» dan va Santimetrli shkala tushirilgan chizg`ichdan foydalanish mumkin. Bunda sonlar o`z kattaliklari bo`yicha tartiblangan ekanligicha o`quvchilar ishonch hosil qiladilar. 3. 2-5 sonlarining tarkibini ikki qo`shiluvchidan iboratligi eslab qolish talab qilinadi. 6-10 sonlariga nisbatan esa bu sonlarning tarkibini yoddan bilish talab qilinmaydi. Sababi, bunga juda oz soat ajratilgan. Lekin «qo`shish va ayirish» ni o`rganishda davom ettiriladi. 1-10 sonlari bilan tanishgandan keyin 0 (nol) raqami bilan tanishadilar. Nol to`g`risidagi tushunchani predmetlarni bittalab kamaytirib, bitta ham narsa qolmaguncha sanashga doir mashqlarni bajarish orqali hosil qiladilar. So`ngra nol sonini raqam bilan belgilash qaratiladi. Shundan keyin 0 va 1 taqqoslashdan va 0<1 ekani o`rganiladi. O`quvchilarni 0 (nol) soni 1 dan oldinda turadi, degan xulosaga olib kelinadi. Shu yerda chizg`ichdagi belgilangan birinchi raqam Nega 1 emas, balki 0 nol ekanini tushuntirish maqsadga muvofiq. Shunday qilib o`ng ichida sonlarni nomerlashni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni egallab olishlari kerak. 1. 1-10 sonlari va ketma-ketligini puxta o`zlashtirish, ularni o`qish, yozish. 2. Har qaysi sonning sonlar qatoridagi «o`rni» ni bilish. 3. Sonlarni taqqoslashni va «>, <, =» belgilardan foydalanib, tegishli yozuvlarni ishonch bilan amalga oshirish. 4. Sonlar tarkibini eslab qolish. (bilish).
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling