Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi
Tenglamalar tuzish bilan masalalar yechish
Download 0.79 Mb.
|
MO'M
Tenglamalar tuzish bilan masalalar yechish.
Matematika dastur o`quchilarni ba'zi xil masalalarni tenglamalar tuzish bilan yechishga o`rgatishni nazarda tutadi. O`quvchilar masalalarni Algebraik yo`l bilan yechishni o`rganib olishlari uchun ular masaladagi berilgan va izlanayotgan miqdorlarni ajratib olish; undan o`zaro teng bo`lgan ikkita asosiy miqdorni ajrata olish yoki undan bitta miqdorning o`zaro teng ikkita qiymatini ajrata olish va bu qiymatlarni har xil ifodalar bilan yoza olish malakalariga ega bo`lishlari kerak. Tyenglamalar tuzish yordamida sodda masalalar yechish ikkinchi sinfdan boshlanadi. Ikkinchi sinfda tenglamalar tuzish usuli bilan qo`shish, ayirish, ko`paytirish va bo`lish amallarining noma'lum komponyentlarini topishga doir sodda masalalar yechiladi. Masalan, bunday masala taklif qilinadi: «Vazada 11 ta olma bor edi. Tushlikda bir nechta olma yeyildi. Shundan keyin 7 ta olma qoldi. Nechta olma yeyilgan?». Bor edi-11 ta olma. Yeyildi-? Qoldi – 7 ta olma. Masalani Algebraik usul bilan yechishda o`quvchining taxminiy mulohazalari: «Tushlikda yeyilgan olmalar sonini x harfi bilan belgilayman. 11 ta olma bor edi, x ta olma yeyildi, 7 ta olma qoldi, tenglamani yozaman: 11-x=7». Ko`paytirish va bo`lish amallarining noma'lum komponyentlarini topishga doir masalalar asosan abstrakt shaklda beriladi. Masalan: «O`ylangan sonni 3 ga ko`paytirib 18 hosil qilishdi. Qanday son o`ylashgan?». Uchinchi sinfda noma'lum komponyentlarni topishga doir sodda masalalarni yechish malakasi mustahkamlanadi. Bu yerda o`quvchilar ayirma yoki nisbat tushunchasi bilan bog`liq bo`lgan sodda masalalar yechishning Algebraik usul bilan birinchi marta tanishadilar. Shunday masalalardan ba'zilarining yechilishlarini keltiramiz. O`ylangan son 20 dan 15 ta ortiq. O`ylangan sonni toping. Masalan 79-rasmda ko`rsatilgandek chizma bilan (sxyematik) illyustratsiyalash mu mkin. O`quvchilar chizmaga suyangan holda tenglamalar tuzishni taxminan bunday tushuntiradilar: 1) x-20=15-masala shartidan noma’lum son bilan 20 orasidagi ayirma 15 ga teng; 2) x-15=20 agar noma'lum son 20 dan 15 ta ortiq bo`lsa, u holda uni 15 ta kamaytirib, 20 ni hosil qilamiz; 3) x=20+15-agar 20 soni noma'lum sondan 15 ta kam bo`lsa, uni 20 ta orttirib, noma'lum songa teng bo`lgan yig`indini topamiz. 20 15
? Shuni ta'kidlab o`tamizki (bunda va bundan keyin), bitta masalaning sharti bo`yicha bir necha tenglama tuzishda o`quvchilardan mumkin bo`lgan hamma tenglamani tuzishni talab qilmaslik kerak. Tyenglama qanday tuzilganligini tekshirishda tenglamalarning mumkin bo`lgan barcha variantlarini qarash maqsadga muvofiq. 2. O`ylangan son 12 dan 3 marta katta. Qanday son o`ylangan? (80-rasm). Chizma tenglama tuzishni tushuntirishga yordam beradi: x:3=12; x:12=3; x=12x3. 12 x
? Masala: Ekskursiyaga 28 ta o`g`il bola va bir nechta qiz bola jo`nadi. Ularning hammasi 25 kishidan bo`lib, 2 avtobusga joylashdilar. Ekskursiyaga nechta qiz bola jo`nagan? M: q.sh. a) 28+x- ekskursiyaga jo`nagan o`g`il va qiz. 25x2- nechta o`g`il va qiz avtobusga joylashdi. Yyechish: 28+x=25x2 b) 25- bir avtobus joylashdi. (28+x):2 –har bir avtobus ekskursiya soni 2 ga bo`lindi.
Demak, masalani tenglamalar yordamida yechish uchun noma'lum sonni xarf bilan belgilanadi, masala shartida noma'lumni o`z ichiga olgan tenglikni tuzishga imkon beradigan bog`lanishlarni ajratiladi, mos ifodalar yoziladi va tenglama tuziladi, yechiladi. Hosil qilingan tenglama yechimini masala mazmuni bilan bog`lanmaydi. Istalgan masalani shu rejaga asosan tenglama tuzish yo`li bilan yechish mumkin. Bu usulning univyersallini ham shundadir. Masalalarni tenglamalar tuzib yechish sodda masalalar va murakkab masalalarni yechishda ham qaraladi. 1-sinfda Qutida 12 ta yong`oq bor edi. Qizcha bir nechta yong`oqni yegandan keyin, qutichada 5 ta yong`oq qoldi. Qizcha nechta yong`oq yegan? 12-x=5 III-sinfda Noma'lum son 42 dan 9 ta kichik Noma'lum sonni toping.
Murakkab masalalarni tenglamalar tuzib yechish asosan 4-sinfda o`rganiladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling