Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi
Geometrik figuralar haqida tasavvurlar beruvchi mashqlar tizimi darslikda belgilangan
Download 0.79 Mb.
|
MO'M
Geometrik figuralar haqida tasavvurlar beruvchi mashqlar tizimi darslikda belgilangan.
1. Berilgan figuralar orasida ko`rsatilgan xossalarga ega bo`lgan figuralarni topish. Masalan, to`rtta tomoni va to`rtta burchagi bo`lgan figurani ko`rsating., rasmga qarab bu figuralar nomini ayt, to`rtburchaklar orasidan to`g`ri to`rtburchaklarni top, to`g`ri to`rtburchaklar orasidan kvadratlarni ko`rsat, figuralar nimasi bilan o`xshash va nimasi bilan farq qiladi. 2. Ko`pburchaklarni alomatlari bilan sinflarga ajratish. Masalan, figuralarni rangiga ko`ra har xil guruhlarga ajrating, har qaysi guruhning nomini ayting; figuralarni almashtiring va shakli bo`yicha o`xshash guruhlarga ajrating. Ko`pburchaklarni qanday belgilariga qarab guruhlash mumkin; tasvirdagi figuralarni bir so`z bilan qanday atash mumkin. 3. Geometrik figuralar modellari yordamida figuralarni qismlarga ajratish va qismlardan yangi figuralar tuzish, naqshlar tuzish. Masalan, chizmada nechta uchburchak bor, chizmada nechta to`g`ri to`rtburchak bor, ko`pburchaklardan uycha, archa, kuchukcha, parovoz tuzing. To`g`ri burchak bilan tanishtirishni amaliy ish bajarish orqali amalga oshiriladi. To`g`ri burchak modeli tayyorlanib, ularning har biri ustma – ust tushishiga ishonch hosil qilinadi. Bu modellar yordamida atrofdagi predmetlardan to`g`ri va noto`g`ri burchaklar aniqlanadi. To`g`ri burchak modeli to`g`ri to`rtburchak va kvadrat haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish uchun muhim vosita bo`ladi. Varaqlarni buklash orqali to`g`ri to`rtburchaklarning har xil modellarini hosil qilinadi. Modellarni tahlil qilish natijasida to`g`ri to`rburchakning muhim va muhim bo`lmagan xossalari aniqlanadi: to`g`ri to`rtburchakning hamma burchaklari to`g`ri, qarama - qarshi tomonlari ustma – ust tushadi. Kvadrat modelli ham buklash orqali hosil qilinadi. To`g`ri to`rtburchak va kvadratni buklash va farq qilishga doir mashqlar mazmunini quyidagicha bo`lishi mumkin: 1. Bu figuralar nimasi bilan o`xshash va nimasi bilan farq qiladi. 2. To`rtburchakning qaysilari kvadratlar. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling