Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi


§. Geometrik figuralarni o`lchash va yasash amaliy ko`nikmalarini tarkib toptirish


Download 0.79 Mb.
bet72/79
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#236556
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79
Bog'liq
MO'M

3 §. Geometrik figuralarni o`lchash va yasash amaliy ko`nikmalarini tarkib toptirish.
Boshlang`ich sinflar matematikasida o`quvchilarning o`lchash va yasashga doir amaliyko`nikmalarini tarkib toptirish alohida mustaqil bo`lim qilib ajratilmaydi, lekin shu maqsada ko`plab mashqlar bajarish nazarda tutilgan.

O`lchashlarga o`rgatishda faqat o`lchash birliklarigina emas, balki har bir o`quvchining o`lchash mohiyatini to`g`ri tushunishini ta'minlash zarur. Buning uchun o`lchash jarayonini cho`p, qog`oz poloska, qadam kabi ixtiyoriy o`lchovlar bilan boshlash maqsadga muvofiq. Shundan so`ng, har xil hamma uchun majburiy bo`lgan, ammo ma'lum uzunlik o`lchovi birliklarini kiritish zarurligini ko`rsatish kerak. Bu ishni bajarishda qar bir o`quvchi qatnashishi muhimdir.

Kesmallarni o`lchash metodikasini qaraylik. Kesmallarni o`lchashni o`rganish 4 bosqichga ajratiladi:

1. Santimetr modellarini o`lchanayotgan kesma ustiga qo`yish usulidan foydalaniladi.

2. Santimetr modellarini o`lchanayotgan kesmaga qo`yib borish usulidan foydalaniladi.

3. O`lchanayotgan kesmaga raqamlar bilan belgilanmagan shkalali masshtab chizg`ichdan foydalaniladi.

4. O`lchanayotgan kesmaga raqamlar bilan belgilangan odatdagi shkalali chizg`ichdan foydalaniladi.

1- bosqichda asosiy vazifa kesmalarni o`lchash jarayoni haqida aniq tasavvur berishdan iborat.

O`lchash malakasi magnit doska yoki parta ustida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, 8 sm bo`lgan poloska uzunligini 2 sm va 4 sm bo`lgan poloskalar yordamida o`lchanadi, natijada har xil son hosil bo`ladi. Suhbat uyushtirilib, o`lchash uchun yagona birlik kiritish zarurati haqida fikrga kelinadi. Bu o`lchov birligi – Santimetr, Santimetr modeli yordamida poloska o`lchanib, bir xil son hosil bo`lishiga ishonch paydo bo`ladi.





1

2

3

4

5

6

7

8
























2- bosqichda kesmani o`lchash va yasash uchun Santimetr modelidan foydalaniladi. O`qituvchi kesmalarni o`lchashning qo`yib borish usuli bilan tanishtiradi. Dastlabki vaqtlarda Santimetr modeli butun son marta joylashadigan kesmalar uzunligi o`lchanadi.



1






















9

3- bosqichda asosan kesmalar uzunligi raqamlar bilan belgilanmagan masshtab chizg`ich bilan o`lchash o`rgatiladi. Byelgilarni o`quvchilar o`zlari qo`yadilar. Bunday chizg`ichdan foydalanish keyinchalik hisob boshini o`lchanayotgan kesma boshiga nisbatan masshtabli chizg`ichni noto`g`ri qo`yishning oldini oladi. O`lchashlar natijasida o`quvchilarning chizg`ichdandan foydalanish malakalari tarkib toptiriladi. Asosiy e'tibor chizg`ichning boshi o`lchanayotgan kesma boshi bilan ustma – ust tushadigan qilib qo`yish kerakligiga qaratiladi.

Chizg`ichni to`g`ri joylashtirib, o`quvchilar o`lchanayotgan kesma bo`ylab belgilashda har bir Santimetrini aytadilar va ko`rsatadilar.

1 2 3 4 5 6 7 8






4-bosqichda kesmalarni shkalali masshtab chizg`ich bilan o`lchashda o`quvchilar bo`linishlari sanashda ko`zni to`g`ri tutishga o`rgatiladi. Bu juda muhim, chunki ko`zning ko`rish o`qi bu kesmaga nisbatan pyerpedikulyar siljishi mos ravishda xatolikni yuzaga keltiradi.

Amaliy ishlar orqali o`uvchilar Santimetr, detsimetr, metr birliklari va ular orasidagi bog`lanishlarni o`rganishadi. Bu bog`lanishlarni bilish «chamalab» o`lchashga asos bo`lib xizmat qiladi.

Dastur talablariga ko`ra o`quvchilar to`g`ri chiziq, siniq chiziq, burchaklar; ko`pburchaklarni yasashni amalga oshiradilar. Ularni chizish, buklash bilan yasash mumkin. Masalan, to`g`ri burchak modelini hosil qilish uchun qog`oz varag`ini to`g`ri chiziq bo`yicha buklash, so`ngra hosil bo`lgan bo`qish chizig`ining qismlari ustma – ust tushadigan qilib yana bir marta buklash kerak.

To`g`ri to`rtburchak modelini hosil qilish uchun qog`ozni uning qirrallaridan biriga parallyel chiziq bo`yicha buklash kerak. Kvadrat modelini to`g`ri to`rtburchak tekisligini 1 va 2 chiziqlar bo`yicha (1 - rasm) hosil qilish mumkin.




2
1- rasm

Aylana chizish uchun oldin nuqta belgilash va bu nuqtaga sirkul uchi qo`yiladi, so`ngra uning ikkinchi uchiga mahkamlangan qalam yoki bo`r qo`zg`almas nuqta atrofida aylantiriladi, hosil bo`lgan iz aylana bo`ladi. Aylana doiraning chyegarasi ekanligi aniqlanadi.



Demak, o`quvchilarda o`lchash va yasash amaliy malakalarini shakllantirishda samaradorlikka ularni o`lchash asboblaridan foydalanish usullari bilan tanishtirish, har xil amaliy mashqlar geometrik figuralarni chizish, qirqish, yasash, atrofdagi predmetlarning chiziqli o`lchamlarini o`lchash jarayonida erishish mumkin.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling