Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi
§. Geometrik figuralar haqida dastlabki tasavvurlar tizimini tarkib toptirish
Download 0.79 Mb.
|
MO'M
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Nuqta deb nimaga aytiladi»
2 §. Geometrik figuralar haqida dastlabki tasavvurlar tizimini tarkib toptirish.
Asosiy geometrik figuralar haqidagi tasavvurlar va ko`nikmalarini shakllantirish matematika o`qitishning ilk kunlaridayoq amalga oshirilib boriladi. O`quvchilar bunda turli xil tabiatli predmetlar va geometrik shakllar modellari bilan ish ko`rib, mashqlarni bajara borib, shakllarning muhim va muhim bo`lmagan umumiy belgilarni aniqlaydilar. O`quvchilar dastlab nuqta, to`g`ri chiziq, egri chiziq, kesma, siniq chiziq tushunchalari haqida aniq tasavvurlarni tarkib toptirish kerak. Bu tushunchalar maktab geometriya kursining asosiy (ta'riflanmaydigan) tushunchalaridan bo`lganligi uchun «Nuqta deb nimaga aytiladi», «To`g`ri chiziq deb nimaga aytiladi» degan savol ma'noga ega bo`lmay qoladi. Qalam uchining qog`ozdagi izi, bo`rning doskadagi izi nuqta haqida tasavvurni beradi. Bo`r surtilgan ipni tarang tortib qo`yib yuborilsa, doskada TO`G`RI ChIZIQ bir qismining obrazi hosil bo`ladi. Uni har ikkala tomonga davom ettirishi mumkin. Chizg`ich yordamida, qog`oz varag`ini buklash orqali, tekisliklarning kesishish chizig`i, stol qirrasi kabilarni ham to`g`ri chiziq deb tasavvur qilish mumkin. O`quvchilarni to`g`ri chiziq bilan tanishtirilayotganda egri chiziq bilan ham tanishtiriladi. Tarang tortilgan ip salqi holatga keltirilsa, u qoldirgan iz egri chiziq haqida tasavvur beradi. Mashqlar bajarish orqali o`quvchilar to`g`ri va egri chiziqlarning ba'zi xossalari bilan tanishtiradilar. Masalan, berilgan nuqtadan chiziqlar o`tkazish bo`yicha mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to`g`ri va egri chiziq o`tkazish mumkin, berilgan ikki nuqta orqali faqat bitta to`g`ri chiziq va istalgancha egri chiziq o`tkazish mumkin degan xulosaga keladilar. Kesma tushunchasi amaliy topshiriqlar bajarish natijasida o`zlashtiriladi. Agar to`g`ri chiziqqa ikkita nuqta qo`yilsa, to`g`ri chiziqning chyegarasining shu ikki nuqtalardan iborat qismi kesma deyiladi. Kesmalning chegaralarini chiziqchalar bilan ham belgilash mumkin. O`quvchilar to`g`ri chiziq tasviri, kesma tasviridan qanday farq qilishini bilishlari muhim: kesmaning oxirlari nuqta yoki chiziqchalar bilan belgilanadi. Ko`pburchaklar bilan bolalar maktabgacha davrlaridanoq uchrashishganlar. O`qituvchining vazifasi o`quvchilarning geometrik shakllar haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularni ajrata olish, chizish, ba'zi xossalarini tanishtirishdan iborat. Turli modellardan foydalanib uchburchak bilan tanishtiriladi. Uchburchakning asosiy elementlari uchi, tomoni, burchagini ajratishni o`rgatish muhimdir. To`rtburchak, beshburchak va oltiburchak bilan tanishtirishda ham shunga o`xshash ish olib boriladi. Geometrik figuralarni o`rganishda o`quvchilar dastur talablariga muvofiq quyidagilarni bilishlari kerak. - shakllar haqidagi tasavvurga ega bo`lish, shakllarning nomlari va belgilash. - figuralarni bir – biridan farqini bilish, figuralarni qismlarga ajratish va birlashtirish orqali yangi figuralar hosil qilish malakasiga ega bo`lish. - figuralarni taqqoslash. Dasturning bu talablarini bajarish o`quvchilarda geometrik tasavvurlar ko’lamini yaratish uchun zarurdir, keyinchalik shu tasavvurlar asosida geometrik bilimlar rivojlantiriladi.
Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling