Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi
Download 0.79 Mb.
|
MO'M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaysinisi ko’p (kam) Fazoviy munosabatlar
- Tayyorgarlik davri
- 2. Ikkita to`plamni ularni hosil qilingan elementlarining soni bo`yicha taqqoslash va tenglashtirish.
Birinchi o`nlik sonlarni o`rganishda tayyorgarlik davri va raqamlari haqida sonlar bilan tanishtirish davri ajratiladi. Tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi o`nlik ichida nomerlashda zarur bo`ladigan bilimlar, malakalar va ko`nikmalarni aniqlash, ularni to`ldirish va sistemalashtirishdan iborat. Tayyorgarlik davri mashqlari quyidagicha ko`rinishda bo`lishi mumkin. 1. Predmetlar, tovush va harakatlarni sanash. Birinchi mashqlar sinfda mavjud bo`lgan predmetlar, eshik, deraza, parta, stol, stul, bir hatordagi bolalar… kabilarni sanash doir bo`ladi. Shundan keyin qo`lga olib, kurib sanash uchun mayda predmetlardan foydalanish zarur. Har bir o`quvchida 20 tadan sanoq cho`pi bo`lsa, sanashni tashkil qilish oson bo`ladi. Bundan tashqari sanash uchun predmet rasmlardan, darslik boshidagi sahifalarda berilgan rasmlardan foydalanish foydali. Shu bilan birga bolalarni tovushlarni sanash bo`yicha va harakatlarni (qadam) sanash bo`yicha ham mashq qildirish kerak. Sanash jarayonida bolalarni «qancha» so`zi bilan savollar ho`yishga mashq qildirish muhimdir, bunda sanoqda oxirgi aytilgan son sanalayotgan predmetlar «qancha» deb qo`yilgan savolga javob bo`lishini tushuntirish kerak. Shuningdek, predmetlarni o`ngdan chapga yoki chapdan o`ngga, pastdan yuhoriga, yuhoridan pastga qarab sanaganda sanoq natijasi o`zgarmasligi, asosan ulardan birortasini ikki marta qoldirmasdan sanamaslik va qoldirmasdan sanash kerakligini o`rgatish lozim. Predmetlarni sanashga bag`ishlangan darslarda ikkitalab, uchtalab, beshtalab … sanashga ham o`rgatish kerak. 2. Ikkita to`plamni ularni hosil qilingan elementlarining soni bo`yicha taqqoslash va tenglashtirish. Mashqlar bajarishda katta, ortiq, ko`p, kichik, kam, oz, shunga, teng munosabatlarining ma'nosi bo`lishi kerak. Bunda narsalar guruhlarini taqqoslashga doir amaliy mashqlarga ko`proq e'tibor berish kerak. M: a) Stol ustiga bir nechta doiracha qo`ying. Doirachalarni sanamasdan turib, shuncha kvadrat qo`ying. Buni qanday bajarish mumkin? b) Paketda yong`oqlar va konfyetlar bor. Undagi yong`oq yoki konfyetlar ko`pligini qanday bilish mumkin? Predmetlarning rasmda tasvirlangan ikki to`plamini taqqosjuftlarhosil bo`lishi imkoniyatiniko`rsatish yaxshi natija beradi. Bunda ustiga qo`yib juftlarhosil qilib bo`lmaydi. Shuning uchuntaqqoslanayotgan to`plamlarning elementlari orasida ularni bog`lovchi chiziqlardan foydalanib, moslik o`rnatish usulini o`rgatish foydali. Savol: 1) Sanoqdan goydalanmasdan, 1 yoki 2 rasmda predmetlar ko’pligini qanday bilsa bo’ladi? 2) Qaysi rasmda uchburchaklar ko’p? Predmetlarning ikki to`plamini taqqoslash malakasini hosil qilishda o`quvchilarni to`plamlarning biridan predmetlar ikkinchisiga qaraganda qancha ortiq yoki kam ekanini aniqlashga va shu asosida ikki to`plamdagi predmetlar sonini tenglab (kamini qo`shish yoki ortiqchasini olish bilan) masalani ikki usul bilan yechishga o`rgatish kerak. -Qaysi geometrik figuralar ko`p va qancha ko`p? -Figuralar teng bo`lishi uchun nima qilish kerak? Bunday mashqlar qo`shish va ayrish amallari mazmunini yechishga tayyorgarlik bo`lib xizmat qiladi, tenglik, tengsizlik, sonlarni taqqoslash tushunchalarini tarkib toptirish imkonini beradi, o`quvchilarning matematik nutqlarini rivojlantiradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling