Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi


«Minglik» mavzusida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi


Download 0.79 Mb.
bet7/79
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#236556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79
Bog'liq
MO'M

«Minglik» mavzusida sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi.

1000 ichida

«Yuzlik», III xona birligi, 3 xonali sonlarni qo`shish va yozish, raqamlarning o`rin qiymati printsipi, 3 xonali sonlarni biriktirish orqali qo`shish va ayirish, taqqoslash, 3 xonali sonni yuzlik, o`nlik, birliklar yig`inidsi ko`rinishida yozish. Mm, km, kun, oy, yil, sekund, asr, vaqt, diametr, dm kub, m kub, narx, ularni boshqa birlikda ifodalash, geometrik shakllarni o`lchash, qismlarga bo`lish, taqqoslash.


1000 ichida sonlarni nomerlashni o`rgatishda o`qituvchining vazifasi o`quvchilarni quyidagilarga o`rgatishdan iborat:

a) narsalarni bittalab, o`ntalab, yuztalab gruppalarga birlashtirib sanash;

b) 1000 ichida sonlarni o`qish va yozish, hamda ularning natural qatorda kelish tartibini bilish;

v) sonlarni yuzlik, o`nlik va birliklardan hosil qila olish;

g) o`ngdan chapga hisoblanganda birlik, o`nlik va yuzliklar qaysi o`ringa yozilishini aniqlash;

d) sonni xona qo`shiluvchilarining yig`indisi shaklida ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish;

1000 ichida sonlarni og`zaki nomerlashni 5 bosqichga bo`lishi mumkin.

I. Tayyorlash ishi. Bu bosqichning asosiy vazifasi 100 ichida nomerlashga doir materialdan 1000 ichida sonlarni nomerlashga yordam beradigan qismini takrorlashdan iborat:

1) Sonlarni tartib bilan sanang; 15…, 26…, 67…;

2) Sanashni davom ettiring; 86, 87…, 60, 70…;

3) 7 o`nlik va 2 birlikdan iborat sonni ayting, undan oldingi va keyingi sonni ayting. Bu sonni yozish uchun nechta raqam kerak bo`ladi? 72 sonini qanday xona qo`shiluvchilarining yig`indisi bilan tasvirlash mumkni?

4) 69 soni qanday qo`shni sonlar orasida turadi?

5) 10 sonidan boshlab, bittalab, (5,10) qo`shib sanang.

6) 100 da nechta o`nlik bor? O`nlik yuzlikdan nechta marta kam?

7) Birinchi xonaning 3 birligi va ikkinchi xonaning 5 birligidan iborat sonni ayting.

8) 50, 100 sonlarining yozilishida nechta raqam qatnashadi?




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling