Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi


Download 0.79 Mb.
bet42/79
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#236556
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79
Bog'liq
MO'M

Masalan: 10 m 80 sm:8=135(sm)=1 m 35 sm 10 m 80 sm =1080

1080 8


28 135 (sm)

40

0



15 t:2=7500kg=7t 500kg 15000 2 15 t 2

15 t = 15000 kg 10 7500 kg 1 t 7 t 500 kg

0 1000 kg

0

II. Xona sonlariga ko`paytirish va bo`lishda dastlab 10, 100, 1000 ga ko`paytirish va qoldiqsiz bo`lish hollarini qarash kerak. Bu hollarni hisoblash usullari nomerlashni o`rganishda haralgani uchun bu yerda sonlarni ko`paytirishda (10, 100, 1000) shu sonning o`ng tomoniga tegishli sonning nollari nechta bo`lsa, shuncha nol yozib qo`yiladi, bo`lishda esa o`ng tomonidan shuncha nolni tashlab yuborish yetarli ekanligini yana bir marta takrorlash kerak.



Masalan: 14 ni 10 ga ko`paytirish kerak bo`lsin. 14-bu 14 ta birlik uni 10 ga ko`paytirilganda 14 o`nlik hosil bo`ladi yoki 140.

Xulosa: har qanday son 10 ga ko`paytirilganda ko`paytmada o`sha raqamlar bilan ifodalangan o`ng tomoniga bitta nol yozilgan son hosil bo`ladi.

Bo`lish: 160 ni 10 ga bo`lish kerak bo`lsin. 160-bu 16 o`nlik uni 10 ga bo`linsa 16 birlik hosil bo`ladi yoki 16.

Xulosa: Nol bilan tugaydigan sonni 10 ga bo`lishdan bo`linmada nechta o`nlik bo`lsa, shuncha birlik chiqadi; shu birliklarni hosil qilish uchun bo`linuvchidan bitta nolni tashlab yuborish yetarli.

Shundan keyin sonni 10,100, 1000 ga qoldiqli bo`lish hollari qaraladi: 74:10=7 (qoldiq 4) holi tushuntirib yechiladi. O`quvchilarni tegishli umumlashtirishga ega bo`lishlari uchun quyidagicha misollar bajariladi.

1236:10=123 (qold 6)

1236:100=12 (qold 36)

1236:1000=1 (qold 236).

Bunday misollarda o`quvchilar bo`luvchidagi nollar sonini bo`linmadagi qoldiqning raqamlari soni bilan taqqoslab xulosa chiqarishadi: 10, 100… ga qoldiqli bo`lishda, bo`linuvchida o`ng tomonidan boshlab, bo`luvchida nechta nol bo`lsa, shuncha raqam ajratish va bu sonni qoldiq deb o`qish, chapdagi raqamlar hosil qilgan sonni bo`linma deb o`qish kerak.

Sonni ko`paytmaga ko`paytirish qoidasi (guruhlash) ko`p xonali sonlarni nollar bilan tugaydigan sonlarga ko`paytirishning nazariy asosi bo`la oladi.

7x(5x2)=7x10=70

7x(5x2)=(7x5)x2=70

7x(5x2)=(7x2)x5=70

Shunga o`xshash mashqlar natijasida xulosa: sonni ko`paytmaga ko`paytirish uchun ko`paytmani hisoblash va uni chiqqan natijaga ko`paytirish mumkin. Ammo, sonni ko`paytuvchilardan biriga ko`paytirish va chiqqan natijani boshqa ko`paytuvchiga ko`paytirish ham mumkin. qoidani mustahkamlash maqsadida oralih hisoblashlarda nollar bilan tugaydigan sonlarni beradigan mashqlar bajarish kerak. Masalan: 25x(8x4)=(25x4)x8=100x8=800 15x(6x7)=(15x6)x7=90x7=630

Nollar bilan tugaydigan sonlarga ko`paytirish usuli qaraladi va o`zlashtiriladi: og`zaki usul:

25x30=25x(3x10)=(25x3)x10=75x10=750

45x14=45x(2x7)=(45x2)x7=90x7=630




Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling