5. Yechimni bajarish, rasmiylashtirish va masala savoliga javob berish malakasi.
Sodda masalani arifmetik usulda yechishda ifoda tuziladi va uning qiymati topiladi. M: O`quvchi 1-kuni kitobni 9 betini, 2-kuni esa 1- kundagidan 2 marta ortiq o`qidi. O`quvchi 2-kuni necha bet kitob o`qigan? Yyechish: 9x2=18 (bet). J: O`quvchi 2-kuni 18 bet kitob o`qigan.
Murakkab masalaning arifmetik usulda yechilishini har xil usulda bajarish mumkin. M: 4 ta daftar 20 so`m turadi. Xuddi shunday 6 ta daftar qancha turadi.
Bahosi
|
Miqdori
|
Jami puli
|
Bir xil
|
4 ta
6 ta
|
20 so’m
?
|
1- usul (ifoda tuzish)
Yyechilishi: a) Izohlar bilan: 20:4(so`m)- daftar bahosi
(20:4)x6 (so’m) – 6 ta daftar puli
(20:4)x6=30 (so’m)
b) izohsiz: (20:4)x6=30 (so’m)
Javob: 6 ta daftar 30 so`m turadi.
2-usul (alohida amallar bilan)
a) izoh: 1) 20:4=5 (so`m) - daftar bahosi.
2) 6x5=30(so`m) - 6 ta daftar puli.
Do'stlaringiz bilan baham: |