Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi


III- BOB. Ulushlar va Kasrlar bilan tanishtirish


Download 0.79 Mb.
bet64/79
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#236556
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79
Bog'liq
MO'M

III- BOB. Ulushlar va Kasrlar bilan tanishtirish.
1 §. Kasrlar bilan tanishtirishning umumiy metodikasi.

2 §. Miqdorlarni ulushlari bilan tanishtirish metodikasi.


Kasrlar bilan tanishtirishning umumiy metodikasi.
O`quvchilarni kasrlar bilan tanishtirish programmaga binoan ikkinchi sinfdan boshlanadi. Bunda o`quvchilar 5 soat davomida kasrlarning hosil bo`lishi, ularni taqqoslash, sonning ulushini topish va berilgan ulushiga ko`ra sonning o`zini topish bilan tanishadilar. III – sinfda birning ulushlari haqidagi ma'lumotlar ancha kengaytiriladi. Bunda o`quvchilar I-sinfda qaralgan ba'zi ulushlarni hosil qilish usulini takrorlash bilan bir qatorda birining bir nechta ulushidan iborat ulushlarning hosil bo’lishi protsyessi bilan tanishadilar: shu asosida o`qvchilarda kasr butunning bir nechta ulushi to`plamidan iborat, degan tasavvur hosil bo`ladi.

Bu temani o`rganish kasr sonlarni o`rganishning boshlang`ich zvenosi bo`ladi, shu bilan birga sonlar arifmetikasi bilan geometriya boshlang`ich elementlari (kesma ulushi) orasidagi bog`lovchi zveno ham bo`ladi. Kasr tushunchasi matematikada katta rol o`ynovchi hamda boy amaliy tatbiqlarga ega bo`lgan (miqdorlarni o`lchash) mikdor tushunchasining o`zi bilan uzviy bog`langan. Shu sababli bu temani o`lchashda o`quvchilarda kasrlar haqida to`g`ri tasavvurlarning shakllanishini, shu tushuncha bilan bog`lq masalalarni yyeish malakalarining tarkib topishini ta’minlash muhimdir.

Kasr tushunchasini shakllantirish har xil predmetlarni teng qismlarga bo`lishdan boshlanadi, bu predmetlarning har birini biz bir butun deb qaraymiz. Abstrakt kasr tushunchasi, aftidan, shu konkreti bo`lishdan, sindirishdan, maydalashdan, yoyishdan kelib chiqishi mumkin.

Bu boshlang`ich bosqichni o`quvchi bir necha yil ilgari bosib o`tgan. Maktabgacha yoshdayoq unga olmalar, pryaniklar va konfyetlarni bo`lishga; qovun va tarvuzlarni, bodring, pomidorlarni kesishga to`g`ri kelgan edi va o`sha davridayoq ko`p marta butunning yarmi, choragi, uchdan biri va boshqa ba’zi bir ulushlari haqida gapirilgan.

Bolalarning figurani teng bo`laklarga bo`lish borasida to`plagan tasavvurlari va malakalari ularda butunning ulushlari tushunchasini tarkib toptirishda asosiy boshlang`ich tayanch bo`ladi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling