1) Vaqtga doir masalalar.
2) Harakatga doir masalalar.
3) Geometrik mazmunli masalalar.
4) Algebraik mazmunli (tenglamalar tuzib) masalalar.
5) Ismli sonlar qatnashgan masalalar.
II BOB
Algebra materiallarini o`rganish metodikasi
Algebra elementlari boshlang`ich matematika kursiga 1969 yildan boshlab kiriilgan.
I–IV sinf o`quvchilari matematik ifodalar, sonli tengliklar va tengsizliklar haqida boshlang`ich ma'lumot olishlari, harfiy simvolika, o`zgaruvchi bilan tanishishlari, sodda tenglama va tengsizliklarni yechishni o`rganishlari va ba'zi masalalarni tenglamalar yordamida yechish o`quvini egallashlari kerak.
Algebra materiali I – sinfdan boshlab arifmetika va geometriya materiallari bilan o`zviy bog`liq ravishda o`rganiladi.
Algebra elementlari kiritilishidan maqsad, o`quvchilarning son, arifmetik amallar, matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarni umumlashtirishlarini yuqori darajaga ko`tarishiga, bundan keyin algebra kursini o`rganishga zamin tayyorlashdan iborat bo`lishi kerak.
R E J A
1 §. Matematik ifodalar.
2 §. Harfiy ifodalar.
3 §. Tenglik, tengsizlik tenglama.
4 §. Masalalarni tenglama yordamida yechish.
Adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |