Butun nomanfiy sonlarni nomerlashni o`rganish metodikasi


§. Matematik ifoda (sonli ifoda)


Download 0.79 Mb.
bet61/79
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#236556
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79
Bog'liq
MO'M

1 §. Matematik ifoda (sonli ifoda)
Dasturga ko`ra I–IV sinf o`quvchilari matematik ifodalarni o`qish va yozishga o`rgatish, amallarning bajarilish tartibi qoidalari bilan tanishtirish va ulardan hisoblashlarda foydalanishni o`rgatish, ifodalarni ayniy almashtirishni o`rgatish ko`zda tutiladi.

O`quvchilarda matematik ifoda tushunchasini shakllantirishda sonlar orasidagi amal belgisi ikki yoqlama ma'noga ega bo`lishligini hisobga olish zarur:

1) Sonlar ustida bajarish kerak bo`lgan amal (6 ga 4 ni qo`sh).

2) Ifodani belgilashga xizmat qiladi (6+4-bu 6 va 4=yig`indisi).



Ta'rif: a) Har bir son – sonli ifoda.

b) A va B sonli ifoda bo`lsa, A+B, A-B, AxB, A:B ham sonli ifoda bo`ladi.



Eng sodda ifodalar yig`indi va ayirma bilan 1-sinfda tanishiladi. 5+1, 6-2 yozuvlarni qo`shish va ayirishning qisqa belgilanishi deb anglaydilar. 9-7 ko`rinishdagi ayirish usulini o`rganishdan oldin sonni ikki son yig`indisi shaklida tasvirlashga amaliy zarurat tug`ilganda 2 son yig`indisi bilan tanishadilar.

Buni o`zlashtirish uchun mashqlar! «Sonlar yig`indisini yozing (7 va 2)», «Sonlarning yig`indisini hisoblang (3 va 4)», «Yozuvni o`qing», «Yig`indini ayting (6+3)», «Sonni yig`indi bilan almashtiring (9= + )», taqqoslang… So`ngra 3 va undan ortiq sonlardan iborat ifodalar bilan tanishadilar:3+1+1, 4-1-1, 2+2+2+2

O`quvchilarni 10+(6-2), (5+3) – 2 ko`rinishdagi ifodalar sonni ayirmaga qo`shish, yig`indidan sonni ayirish qoidalarini o`rganishga, murakkab masalalarni yechishni yozishga tayyorlaydi.

100 ichida sonlarni o`rganishda ikki sodda ifodadan iborat ifodalar kiritiladi: (50+20)=(20+10), 7x3-5, shu bilan birga ifoda va uning qiymati tyerminlari kiritiladi.

Murakkab ifodalarning bajarilishi tartibi qoidalari yuzlik konsentrida o`rganiladi.

a) Sonlar ustida, yoki faqat qo`shish va ayirish, yoki faqat ko`paytirish va bo`lish bajariladigan qavsiz ifodalar dastlab o`rgatiladi. 20+17-19, 3x9:9,…

b) 45 – (20+15), 48: (40-36), 18x (6:2) kabi qavsli ifodalar.

v) Birinchi va ikkinchi bosqich amallarni o`z ichiga olgan qavsiz ifodalar: 20+30:5, 42-12:3, 6x5+40:2 bu qoidalarni o`zlashtirishga doir mashqlar bajarish foydali.

Ifodalar borgan sari qiyinlashib boradi:

90x8-(240+170)+190, 469x148-148x9+(30100-26909).

Ifodani almashtirish - bu berilgan ifodani qiymati mazkur ifoda qiymatiga teng bo`lgan boshqa ifoda bilan almashtirish demakdir.

O`quvchilar bunday almashtirishlarni arifmetik amal xossalariga va natijalariga tayanib bajaradilar.

M: 76-(20+4)=76-24…., 36+20=(30+6)+20=(30+20)+6…

(10+7)x5=17x5 , 72:3=(60+12):3=60:3+12:3..

4+4+4+4+4=4x5 ,


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling