Buxdupi maktabgacha ta`lim yo`nalishi 5 mt 21S guruh talabasi Xolova Gavhar Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari


Download 125.12 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi125.12 Kb.
#1339457
Bog'liq
BUXDUPI maktabgacha ta`lim yo`nalishi 5 MT 21S guruh talabasi Xolova Gavharning Bolalar jismoniy tarbiyasi - копия


BUXDUPI maktabgacha ta`lim yo`nalishi 5 MT 21S guruh talabasi Xolova Gavhar
Jismoniy tarbiya metodikasining asosiy tushunchalari 1. Jismoniy rivojlanish. 2. Jismoniy tayyorligi. 3. Jismoniy kamolot. 4. Jismoniy tarbiya. 5. Jismoniy tayyorgarlik. 6. Jismoniy ta’lim.
7. Jismoniy mashqlar.
8. Harakat faoliyati. 9. Sport. 10.Jismoniy madaniyat. 11.Jismoniy harakatlar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari bo’yicha me’yoriy ko’rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo’yiladigan Ular «Bolajon» tayanch dasturida ko’rsatib berilgan. Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir. «Jismoniy kamolot» o’sib boradigan ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga qarab o’zgarib turadi. Jismoniy tarbiya bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi. jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog’lom turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yig’indisidan iborat bo’lgan qismi; jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;
Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo’nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o’tkazish metodikasining o’ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jismoniy ta’lim jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi. Jismoniy mashqlar harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o’yinlar) bo’lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «Mashq» iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi. Sport bu musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatdir.
E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT.
Download 125.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling