Buxgalteriya 1-mavzu. Korxona turlari va tashkil etish tartibi


Valuta kursidan daromad ko`rilsa


Download 76.03 Kb.
bet28/36
Sana17.06.2023
Hajmi76.03 Kb.
#1527617
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
BUXGALTERIYA 2 - Copy

Valuta kursidan daromad ko`rilsa.
Masalan:
Tavar sotib olinganda 1 usd=10 678 so`m Valyuta sotib olinganda esa kurs=10 620
15 000 $ tavar olganda kurs bo`yicha=160 170 000 15 00 $ valyuta sotib olinganda kurs bo`yicha =159 800 000.
22.06.2022
Mavzu: Aylanmadan to`lanadigan soliq.
Aylanmadan to`lanadigan soliq soddalashtirilgan soliq tizimidagi korxonalar to`lab boradigan soliq turi hisoblandi. Aylanmadan soliq 2020-yilgacha ENP-edinniy nalogiy platyoj(yagona soliq to`lovi) deb yuritilib kelingan. 2020-yildan boshlab Nalog sa abarota yani Aylanmadan soliq deb yuritilmoqda.
Aylanmadan soliq 2022-yilgacha har chorakda topshirib kelingan 2022-yildan boshlab har oyda topshirishga o`tkazildi. Aylanmadan to`lanadigan soliq stafkasi soliq kodeksining 467-moddasiga asosan korxonaning faoliyat turidan kelib chiqqan holatda 1foizdan 25 foizgacha belgilanishi mumkin. Aksariyat korxona faoliyat turlari uchun 4 foizda keltiriladi.
Aylanmadan to`lanadigan soliq hisobotini topshirish va solig`ini to`lash muddati soliq hisoblangandan keyingi oyni 15-sanasigacha amalga oshiriladi.
Aylanmadan to`lanadigan soliq 1oy ichida korxonada tavar ish xizmatlarni sotishdan ko`rilgan daromadi bo`yicha soliq stavkasiga ko`paytirilib soliq summasi chiqarib olinadi va to`lanadi.
1C dasturida 1 oy bo`yicha korxona daromadini aniqlash va soliq stavkasiga ko`paytirib soliq summasini chiqazib olib. Abarot jadvalini ochamiz va qaysi oyga soliq hisoblayotgan bo`lsak o`sha oyning boshi va oxiri belgilanadi.
Sfarmirovat qilindi va daromadni aks ettiruvchi tranzit schetlardagi summalar qo`shib chiqiladi va daromad summasi aniqlanib soliq stavkasiga ko`paytiriladi chiqqan soliq summasini xarajat sifatida hisobga olish uchun “operatsiy” menusi tanlanadi. “ operatsiya vvdeniy v ruchnoyu” qatoriga kiramiz va “dabavit” qilamiz va chisloga keyingi oyning 15-chisigacha bo`lgan sana kiritiladi. dabavit qilib schet kreditga 9810 schetini kiritamiz schet debetga 6430 scheti ni belgilimiz. Subkontoga korxona faoliyat turi belgiladi.
Xisoblangan aylanmadan soliqni to`lash.
Xuddi soliq to`lashdaka bajariladi faqatgina vid naloga qatoriga kirganda papkalarga kirmasdan “edinniy nalogi plyatoji uslugi” qatori tanlanadi.

24.06.2022


Mavzu: Inventarizatsiya o`tkazish.
Inventarizatsiya deb - Hujjat va haqiqat o`rtasidagi farqni aniqlashda o`tkaziladigan jarayonga aytiladi. Omborda inventarizatsiya o`tkazishda kamissiya tuziladi va kamissiya a`zolari asosida o`tkaziladi. Invertarizatsiya o`tkazish tartibi muddati BXMS(buxgalteriya hisobi milliy standartining) ning 19-soniga asosan o`tkaziladi.
1C dasturida omborda inventarisatsiya o`tkazish va tavar kamomadini aniqlash.
“Sklad” menusini tanlimiz “Inventarizatsiya tavarov na sklade” qatorini tanlimiz “dabavit” qilamiz va chisloga inventarizatsiya o`tkazilagan sana. “zapolnit” ni bosamiz “zapolnit po astatkam na sklade” boslidi va astatka tavarlar kelib chiqadi. “Kolichestvaga” tavarni kam chiqqan miqdori ayrilib yoziladi. Va “ok” bosiladi.
Aniqlangan tavar kamomadini ombor hisobidan chiqarish.
“Sklad” menusiga kiramiz “Spisaniya tavarov” qatorini tanlimiz “dabavit” qilib “tavariy prduksiya” qatorini tanlimiz. Chisloga inventarizatsiya o`tkazilgan sana yoziladi “inventarizatsiya qatoriga uchta nuqta bilan kiramiz va o`tkazilgan inventarizatsiya qatorini tanlimiz va “Zapolnitni” bosamiz va “Zapolnit po Inventarizatsiya” bosiladi. “schet zatrat” bo`limiga o`tamiz va 5910 schetini yozamiz va “ok” ni bosamiz.
Pravodka:
DT 5910 KT2910 --- 700 `000
Aniqlangan tavar kamomadini hodimni oyligidan ushlab qolish.
“Zarplata” menusiga kiramiz “Nachisleniya i uderjaniya” ga kiramiz va ikkinchi qatorini tanlimiz(vvod o planoviyx uderjeniyax ...) “dabavit” qilamiz va chisloga xodimni oyligidan ushlab qolinayotga oy oxiri yozilad(yoki buyruq sana) “vid rashshotaga” “nedastacha” belgilimiz “period” ga qaysi oydan qaysi oygacha ushlab qolinayotganligi belgilanadi pastga “dabavit”q ilib hodimni belgilimiz “Razmer”ga xosimdan 1 oy uchun ushlab qolinayotgan summa yoziladi va ok bosiladi va shu oyga tabel nachisleniya reglamen qilinadi.
Inventarizatsiya natijasida tavarlarning ko`p chiqishi.
“Sklad” menusini tanlimiz “inventarizatsiya tavarov po sklade” “dabavit” qilib chisloga inventarisatsiya o`tkazilgan sana “Zapolnit” ni bosamiz “Zapolnit po astatkam na sklade” ni tanlimiz. Ko`p chiqqan tavar kalichestvasiga ko`p chiqqan miqdori qo`shib yozilib qo`yiladi va ok bosiladi.
Ortiqcha chiqqan tavarni omborga kirim qilish.
“Sklad” menusiga kiramiz “Oprixodivaniya tavarov” ga “dabavit” qilamiz va “oprixodinniy prochchi” ni tanlimiz chisloga inventarizatsiya o`tkazilgan sana “Inventarizatsiya” qatoriga ko`p chiqqan tavar inventarizatsiyasi tanlanadi. “Zapolnitni” bosamiz va “zapolnitni po inventarizaatsiya” tanlimiz va ok ni bosamiz.
Ombordagi tavarlarni hisobdan chiqarish va harajatga olish.
“Sklad” menusini tanlimiz “Spisaniya tavarov” qatoriga kiramiz “dabavit” qilib “tavariy produksiya” ga kiramiz chisloga tavarlar hisobdan chiqarilgan sana, “dabavit” qilamiz tavariy papkasidan hisobdan chiqarilayotgan tavar turi tanlanadi, “Kolichestvaga” hisobdan chiqarilgan miqdori yoziladi. “Schet zatrat” o`tamiz 9430 schetini yozamiz “statiya dvijeniyaga” “prochche rasxodiy” ni belgilimzi va ok ni bosamiz.
Uyga vazifa: Tavarlar sotib olish 6 oy davomida har oy kamomad aniqlash hodimni oyligidan ushlab qolish. Qolgan 3 oyda tavarlarni ko`p chiqishini hisobga olish qolgan 3 oyda xarajat sifatida hisobdan chiqarish.
27.06.2022
Mavzu: Bank vipeska hujjati bilan ishlash.
Bank vipiska hujjati bilan ishlash bank vipiska hujjati korxonani bankdan ochtirilgan asosiy hisob raqami va boshqa hisob raqamlaridagi pul tushishi va chiqib ketishi bilan bog`liq bo`lgan jarayonlarni o`zida aks ettiruvchi hujjat hisoblanadi. Vipska hujjatida chiqib ketayotgan mablag` qaysi sanada, kimga, qaysi hisob raqamga nima maqsadda va nech pul chiqarilganligi yoki bizga hisob raqamga tushganligi aks etgan bo`ladi. Vipska hujjatida agar debit tarafda summa bo`lsa hisob raqamdan chiqib ketgan mablag`ni bildiradi. Agar kredit tarafda summa bo`lsa hisob raqamga pul tushganligini bildiradi.
Bank vipiska hujjatida hisobraqamdan chiqib 20208000... ketgan mablag` yoki 20210.... bilan boshlanadigan hisob raqamga shartnoma asosida pul chiqqan bo`lsa Pastafshikka pul to`lash tartibidaka 1c dasturiga kiritiladi. Yoki shunga o`xshash hisob raqamlardan shartnoma asosida pul tushgan bo`lsa haridordan pul qabul qilishdaka kiritiladi. Vipiska hujjatida chiqib ketgan mablag` 23402..... hisob raqamiga chiqarilagan bo`lsa naznacheniyasini o`qigan holatda soliqlarni to`lash tartibidaka kiritiladi. Vipiskada naznacheniyasida SORJ-199Penya yoki FRNO penya kelgan bo`lsa 1c ga kiritish tartibi “Bank” “izxodiyyashshi” “dabavit” qilib “Prochchi spisaniya” 9430 schetiga chiqariladi. Vipska hujjatida chiqarilagan mablag` 23102.... bilan boshlanadigan hisob raqamga chiqarilgan bo`lsa korxona karparativ kartasiga pul o`tkazilganligini bildiradi va buni 1c ga kiritilish tartibi “Bank” “izxadiyashshi” “dabavit” “prervod na drugoy schot organizatsiya” “schet polchatelga” kirib dabavit qilamiz. “Nomer schetta” qatoriga 23102... li hisob raqam bank kodimizni belgilimiz “schet BU” qatoriga 5530 schetini yozib ok ni bosamiz. “statiya dvijeniyaga” “popolneniya korparativniy karta” belgilab ok bosamiz.
Vipskada chiqarilgan mablag` 23106.... bilan boshlanadigan hisob raqamga chiqarilgan bo`lsa “bank” menusiga kiramiz “izxodiyashshi” “dabavit” “prochchi spisaniya” 6710 schetiga chiqariladi.
Vipskada chiqarilgan mablag` 16 yoki 45 raqami bilan boshlanuvchi hisobraqamga chiqarilgan bo`lsa bank o`z hizmati uchun foizni yechib olganligini bildiradi. Uni 1c ga kiritish tartibi “Bank” “plyatojni order na spisaniya” “dabavit” qilib “prochchi spisaniya” 9430 schetiga chiqariladi “statiyaga” “usluga banka” belgilanadi.
Vipska hujjatida tushgan mablag` 23508.... yoki 23510... bilan boshlanadigan hisobraqamlardan tushgan bo`lsa terminaldan pul tushganligini bildiradi va 1c ga kiritish tartibi terminal pulini qabul qilishdaka.
Hisobraqamga tushgan mablag` 10101.. bilan boshlanadigan hisob raqamdan kelsa Inkasatsiya pulini bankka qabul qilish tartibidaka kiritiladi.
1C dasturiga 5110 scheti bo`yicha astatka kiritish.
“Pritpriyati” menusini tanlimiz “vvod nachaliniyix astatkom” qatorini tanilimiz va o`ng tarafda “izmenit datu vvoda nachalniyx astatkom” yozuvini bosamiz, chisloga qaysi sanadan qoldiq kiritilayotganligi kiritiladi va “ustanovitni” bosamiz va 5510 schetini tanlab ikki marta bosib “dabavit” qilamiz va yana “dabavit” qilib schet uchchotaga 5110 schetini yozamiz, “subkonto scheta” qatoriga asosiy hisob raqamni belgilimiz va “summa astatkaga” vipskdagi qoldiq summa yoziladi va ok bosiladi.

Yillik hisobotlar (forma 1 va forma 2.)
Korxonalar har yil yakunida yillik natijasi bo`yicha soliq organiga xisobot topshiradi. Bu hisobotlar Forma 1 va Forma 2 deb nomlanadi.

Download 76.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling