Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha Kurs ishi


Download 1.91 Mb.
bet2/6
Sana06.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1436288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi

Kurs ishining maqsadi. Mazkur kurs ishida yuqorida keltirilgan schyotlar rejasi asosida sug‘urta tashkilotlariga xos bo‘lgan alohida operatsiyalar bo‘yicha buxgalteriya hisobini yuritish va operatsiyalarni hisobga olish jihatlari yoritib berishga harakat qilingan bundan tashqari sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi subyektlarda daromad hisobining obyektiv zaruriyati maqsad va vazifalari haqida qarashlarga ega bo’lish.
Kurs ishining predmet
Sug‘urta tashkilotlari daromadlar hisobiga ta’sir o’tkazadigan barcha omillar yig’indisi hamda bu omillar ta’sirida sug‘urta tashkilotlari faoliyatini samarali shakllantirish.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Buxgalteriya hisobi siyostining rivojlanish tarixi va istiqbollari;

  • Sug’urta xizmatlarini ko’rsatuvchi subyektlar harajatlari va ularga ta’sir etuvchi omillar tahlili;

  • Sug’urta subyektlarida o’ziga xos jihatlar haqida a’lumotlar berish.

Kurs ishining tuzilish va hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism ya’ni uchta murakkab reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


SUG‘URTA MUNOSABATLARI TO‘G‘RISIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Ma’lumki, uzoq asrlar davomida odamlar doimo tabiiy xavflarga duch kelib yashab kelmoqdalar. Shunga qaramay insonlar jamiyati mazkur xavflar oldida ojiz qolmaslikka harakat qilib, tabiiy xavflar bilan kurashib kelmoqda.
Uzoq yillik amaliyot natijasida insoniyat tomonidan taqdir zarbalariga qarshi turishning quyidagi shakllari ishlab chiqildi.
Insonlar baxtsiz hodisalarning oqibatlari bilan kurashish mumkinligini, tabiiy jarayonlarning qonuniyatlarini asta-sekinlik bilan tushuna boshlaganlaridan so‘ng angladilar. Lekin, afsuski, barcha favqulodda hodisalarning amaliyotda oldini olishning yoki bartaraf etishning imkoni yo‘q. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, tasodifiy hodisalar oqibatida yetgan zararlarni sug‘urta yo‘li bilan qoplash har doim qulay va rejali tartibda amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun sug‘urta bugungi kunda har bir oila, har bir tashkilot, tadbirkor, korxona va davlat uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib qoldi.
Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shuningdek sug‘urtalovchining boshqa mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urtahodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi2.
Har bir inson shuni bilishi kerakki, u o‘z mulkiga ega bo‘lishi bilan uni yo‘qotish bilan bog‘liq riskka yuz tutadi. Yong‘in, suv toshqini, bo‘ron yoki boshqa shunga o‘xshash hodisa oqibatida mulk egasi mulkidan mahrum bo‘lishi mumkin. Mazkur hodisa natijasida mulkning yo‘qotilishi natijasidagi zarar faqatgina uning egasi zimmasiga tushadi. Shuning uchun mulk egasi o‘z mulkini saqlash uchun ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirishi zarur hisoblanadi.
Sug‘urta tavakkalchiliklarining yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.3
Sug‘urta munosabatlarining rivojlanishi bilan ular nafaqat mulkning zararlanishi yoki nobud bo‘lishi holatlarini, balki uchinchi shaxsning mol-mulkiga zarar yetkazish yoki nobud qilish holatlarini ham qamrab ola boshladi. Demak, mulkiy sug‘urta bilan birga uchinchi shaxs oldidagi fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash turi ham vujudga keldi.
Sug‘urta munosabatlarining yana bir yo‘nalishi bu inson hayoti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatlarni sug‘urtalash hisoblanadi. Hozirda inson sog‘lig‘ining buzilishi kabi holatlar tibbiy sug‘urta shartnomalari asosida sug‘urtalanadi. Lekin tibbiy sug‘urta vujudga kelmasdan oldin bu sug‘urta turlari hayot sug‘urtasi sohasida qo‘llanilgan. Hayot sug‘urtasi shartnomasini tuzishning asosiy maqsadi bu sug‘urtalanuvchining merosxo‘rlarini u vafot etgan taqdirda moddiy himoyalash hisoblangan. Bizgacha yetib kelgan birinchi yozma shakldagi hayot sug‘urtasi shartnomasi Angliyada XVI asrda tuzilgan. Undan ham oldin Qadimgi Rimda kollegiyalar tuzilib, ularning vazifalaridan biri kollegiya a’zosi vafot etgan taqdirda, uning oila a’zolariga dafn marosimlarini qoplash uchun ma’-lum belgilangan summalar to‘langan. Mazkur xarajatlarni qoplash uchun fond a’zolikka qabul qilish badallari hisobiga shakllangan. Mazkur tizim hozirgi kundagi dafn marosimi sug‘urtasining tizimi bilan bir xil bo‘lib, u har qanday sababga ko‘ra sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda sug‘urta summasi to‘lab berilishini nazarda tutadi.
Keyinchalik esa sug‘urta tashkilotlari sug‘urtalanuvchi ma’lum yoshgacha yashagan taqdirda sug‘urta qoplamasini to‘lashni nazarda tutuvchi sug‘urta turlarini taklif eta boshladilar. Natijada jamg‘arish xarakteriga ega sug‘urta turlari paydo bo‘la boshladi. Jamg‘arish xarakteriga ega sug‘urta turlarining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda sug‘urtalanuvchi shartnomada belgilangan tartibda sug‘urta badalini to‘lab boradi. Sug‘urtalovchi to‘langan badallarni shartnomada belgilangan muddatda to‘plab boradi. Sug‘urta hodisasi sifatida shartnomada belgilangan hodisa yoki shartnoma muddatining tugashi hisoblanadi. Agar shartnoma muddati tugamasdan avval sug‘urta hodisasi yuz bersa, shartnomada belgilangan sug‘urta summasi sug‘urtalanuvchiga to‘lab beriladi. Sug‘urta shartnomasining muddati tugagan taqdirda, sug‘urtalovchi tomonidan to‘plab borilgan sug‘urta badallari shartnomada belgilangan foiz ustamasi bilan sug‘urtalanuvchiga sug‘urta summasi sifatida to‘lab beriladi.
Sug‘urta tushunchasiga “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida ta’rif berilib, unga ko‘ra “sug‘urta—muayyan voqea (hodisa) yuz berganda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash, tovonlar va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun maqsadli pul jamg‘armalarini tashkil etish hamda ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini himoya qilishga doir munosabatlar”.
Sug‘urta munosabatlarida ikki tomon ishtirok etadi:
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari bo‘lgan yuridik shaxslarning muassislari (ishtirokchilari) sifatida ish yuritishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan yuridik shaxsning mulkiy manfaatlarini sug‘urta qilish faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan sug‘urta tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.4
Sug‘urtalanuvchi yoki shartnomada ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning xatti-harakati yoki harakatsizligi oqibatida uchinchi shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini keltirib chiqaruvchi xavflarni sug‘urtalash sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Qonunchilikka muvofiq sug‘urta shartnomasi sug‘urtalanuvchining og‘zaki yoki yozma arizasiga asosan yozma ravishda tuziladi.
Mulkiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:

mulkiymanfaatto‘g‘risida;

  • yuz berishi ehtimol tutilib, sug‘urta amalga oshirilayotgan

voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;

  • sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;

  • sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida, agar

shartnomada uni sug‘urta pulidan oz miqdorda to‘lash mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa;

  • sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida;

  • shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.




1-rasm. Sug`urta faoliyatining klassifiukator modeli
Turkumlanishning barcha bo‘g‘inlari sug‘urtani amalga oshirish shakllarini qamrab oladi, ya’ni majburiy va ixtiyoriy.
Tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta ixtiyoriy sug‘urta hisoblanadi.
Ixtiyoriy sug‘urtaning shartlari tomonlarning kelishuviga asosan belgilanadi. Sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchining huquqlari hamda burchlari, shuningdek, har bir sug‘urta turining aniq shartlari tegishli sug‘urta shartnomalari bilan belgilab quyiladi.
Ixtiyoriy sug‘urta turlarining umumiy shartlari va uni amalga oshirishning tartiblari sug‘urta qoidalarida o‘z aksini topadi. Ixtiyoriy sug‘urta turlarining qoidalari sug‘urtalovchilar tomonidan qonunchilik talablariga muvofiq tarzda mustaqil ishlab chiqiladi hamda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiluvchi organdan litsenziya olish paytida kelishilinadi.
Majburiy sug‘urtani amalga oshirish huquqiga davlat sug‘urta tashkilotlari ega bo‘lib kelganlar, biroq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27 noyabrdagi 413-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ustav kapitali hajmini 500 ming AQSh dollariga teng miqdorga yetkazgan har qanday sug‘urta kompaniyasi litsenziya asosida majburiy sug‘urta bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar (2010-yil 1 yanvardan 1500 ming yevroga ekvivalent summada). Shu bilan birga sug‘urta tashkilotlari majburiy sug‘urta qilinishi lozim bo‘lgan obyektlarning but saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatishga haqlidirlar.5


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling