Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha Kurs ishi


Download 1.91 Mb.
bet3/6
Sana06.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1436288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi

2-rasm. Sug’urta va uning biz uchun ahamiyati.
Hayot sizga egri to'pni tashlaydi-bu haqda hech qanday savol yo'q. Siz sug'urta qilasizmi, bu butunlay boshqa masala.
Sug'urta sizni tibbiy xarajatlar kabi kutilmagan xarajatlardan himoya qiladi. Garchi ko‘pchilik sug‘urta muhimligini bilishsa-da, har kim ham sug‘urta turlarini va ular qanday yordam berishini bilmaydi.

  • Ba'zi keng tarqalgan sug'urta turlariga quyidagilar kiradi:

  • Tibbiy sug'urta

  • Avtomobil sug'urtasi

  • Hayot sug'urtasi

  • Uy sug'urtasi

SUG‘URTA TASHKILOTLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Sug‘urta faoliyati sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshirilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy xizmat turlaridan biri hisoblanadi. Sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish jarayonining bir qancha o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, ular Tovar ishlab chiqarish va boshqa xizmat turlarini ko‘rsatish jarayonlaridan keskin farq qiladi.
Masalan sug‘urta shartnomasini tuzish va sug‘urta polisini sotib olish jarayonini ko‘rib chiqsak, sug‘urtalovchi sug‘urta xizmatini ko‘rsatishda, ma’lum miqdordagi javobgarlikni o‘z zimmasiga olishdan avval sug‘urtalanuvchidan sug‘urta mukofotini undiradi, ya’ni daromad qiladi. Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urta qoplamasini amalga oshiradi, ya’ni xarajat qiladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda esa aksincha, avval xarajat qilinib, Tovar ishlab chiqariladi va u sotilgandan so‘ng daromad olinadi.
Sug‘urta tashkilotlari sug‘urtalanuvchilardan kelib tushgan sug‘urta mukofotlaridan sug‘urta zararlarini qoplash zaxirasini tashkil etadilar. Mazkur zaxira sug‘urta muddati tugamagunga qadar sug‘urtalovchining majburiyati hisoblanadi. Sug‘urta muddati tugaganidan so‘nggina ushbu mablag‘lar sug‘urta tashkilotining daromadi sifatida hisobga olinishi mumkin. Ba’zi hollarda sug‘urta zaxirasidagi mablag‘lar kunma-kun shartnoma muddatining o‘tgan muddatiga nisbatan proporsional ravishda hisobga olib boriladi.
Bundan tashqari, sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasidagi majburiyatlarni ma’lum haq evaziga boshqa sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazishi yoki ulardan qabul qilib olishi mumkin. Sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasidagi majburiyatlarni boshqa sug‘urta tashkilotlariga o‘tkazib yuborgan taqdirda ham sug‘urtalanuvchilarning oldida javobgar bo‘lib qolaveradilar.
Sug‘urta tashkilotlarida ham buxgalteriya hisobi umumiy tartib-qoidalarga asoslanib, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuridik shaxslar, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududida hamda undan tashqarida joylashgan sho‘ba korxonalari, filiallari, vakolatxonalari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari singari buxgalteriya hisobi subyektlari hisoblanadi. Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar va xarajatlar foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari esa buxgalteriya hisobining obyektlaridir.
Barcha tashkilotlardagi singari sug‘urta tashkilotida ham buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlash hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Buxgalteriya hisobi hisob varaqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘isidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

  • Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

  • moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish. Buxgalteriya hisobining yuqoridagi vazifalari quyidagi asosiy qoidalar asosida amalga oshiriladi:

  • buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usulida yuritish;

  • uzluksizlik;

  • xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi;

  • aniqlik;

  • hisoblash;

  • oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik);

  • mazmunning shakldan ustunligi;

  • ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi;

  • moliyaviy hisobotning betarafligi;

  • hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;

  • aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.

Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari bilan, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mulkchilik shaklidan qat’I nazar barchasi O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 21-son milliy standarti asosida faoliyat yuritishi shart. Budjet muassasalari, sug‘urta tashkilotlari va banklar bundan mustasno. Ma’lumki, banklar va budjet muassasalari uchun alohida buxgalteriya hisobini yuritish tartiblari ishlab chiqilgan. Sug‘urta tashkilotlari uchun mazkur tartib 2008-yil 5-mayda 1813-son bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan “Sug‘urtalovchilar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi Schyotlar rejasi” asosida o‘rnatib berilgan. Ushbu schyotlar rejasida sug‘urta faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan.
Quyida sug‘urta tashkilotlari uchun belgilangan schyotlar rejasi va umumiy schyotlar rejasi o‘rtasidagi farqli jihatlarini ko‘rsatib berish uchun solishtirma jadval keltirilgan. Sug‘urta faoliyatiga taalluqli schyotlarni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ulardan biri bu–6280 “To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari” schyotidir. Ushbu schyotda sug‘urta shartnomalari bo‘yicha olingan sug‘urta mukofotlari hisobga olinadi. Sug‘urta mukofotlarining to‘lanishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning debeti 6280 “To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari” schyotining krediti bilan bog‘langan holda rasmiylashtiriladi. Bundan tashqari, ushbu schyot quyidagi schyotlar bilan ham bog‘lanishi mumkin:

  • sug‘urtalanuvchilarga to‘lanadigan schyotlar (6030);

  • to‘lanadigan dividendlarni hisobga oluvchi schyotlar (6610);

  • xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar (6710).


Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling