Buxgalteriya hisobi fani bo’yicha Kurs ishi


-rasm. Sug’urta bizning hayotimizning himoyachisi. SUG‘URTA KOMPANIYALARINING HISOBOT SHAKLLARI


Download 1.91 Mb.
bet5/6
Sana06.05.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1436288
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi

3-rasm. Sug’urta bizning hayotimizning himoyachisi.
SUG‘URTA KOMPANIYALARINING HISOBOT SHAKLLARI
O‘zbekiston Respublikasi 2016-yil 13-aprelda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq Moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobi subyektining hisobot sanasidagi moliyaviy holati, hisobot davridagi faoliyatining moliyaviy natijasi va pul mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi tizimlashtirilgan axborotdan iboratdir.
Yillik moliyaviy hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • buxgalteriya balansi;

  • moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;

  • pul oqimlari haqidagi hisobot;

  • xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot;

  • izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.

Xalqaro standartlar bo‘yicha tuziladigan moliyaviy hisobotga doir talablar moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi subyekti moliyaviy hisobotni tuzishda mustaqil balansga ajratilgan o‘z vakolatxonalarining, filiallarining va boshqa tarkibiy bo‘linmalarining buxgalteriya balanslarini hamda boshqa hisobot shakllarini kiritishi kerak.
Moliyaviy hisobot hisobot yili boshidan ortib boruvchi yakun bilan tuziladi.6
Hozirda sug‘urta tashkilotlari uchun mo‘ljallangan alohida moliyaviy hisobot shakllari amaliyotda kiritilgan bo‘lib, sug‘urta tashkilotlari moliyaviy hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2009-yilning 19-martidagi 37-son bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 20-aprelda 1945-son bilan ro‘yxatga olingan “Sug‘urtalovchilarning moliyaviy hisobot shakllarini va ularni to‘ldirish bo‘yicha Qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘I asosida shakllantirmoqdalar. Ushbu buyruqqa ko‘ra sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy hisobot shakllari hamda ularni to‘ldirish Qoidalari tasdiqlangan. Mazkur sug‘urta tashkilotlari uchun mo‘ljallangan moliyaviy hisobot shakllari hamda ularni to‘ldirish bo‘yicha Qoidalar 2009-yilning 30-aprelidan kuchga kirgan.












Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling