Buxgalteriya hisobi registrlari
Download 23.63 Kb.
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. HISOB REGISTRLARI TUShUNChASI
- 2.HISOB REGISTRLARINING TASNIFI VA TAVSIFI
- Nomlanishiga ko‘ra
BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI Reja: HISOB REGISTRLARI TUShUNChASI HISOB REGISTRLARINING TASNIFI VA TAVSIFI HISOB REGISTRLARINI YURITISh VA TO‘LG‘AZISh TARTIBI HISOB REGISTRLARIDAGI XATOLIKLAR VA ULARNI TUZATISh USULLARI 1. HISOB REGISTRLARI TUShUNChASI Korxonada hisob ma’lumotlarini yig‘ish, qayd etish va jamlash hisob siyosatida aks ettirilgan registrlar yordamida amalga oshiriladi. Hisob registrlari – bu buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda ishlatiladigan axborot tashuvchilardir. Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, hisob registrlari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Yuz bergan xo‘jalik operatsiyalari, ularni tasdiqlovchi hujjatlarni qayd etish (registratsiya qilish); 2. Boshlang‘ich ma’lumotlarni aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar, daromad, xarajat, foyda va zararlar schotlari kesimlarida qayd etish, guruhlash va jamlash; 3. Oraliq ma’lumotlarni aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar, daromad, xarajat, foyda va zararlar schotlari kesimlarida qayd etish, guruhlash va jamlash; 4. Yig‘ma ma’lumotlarni aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar, daromad, xarajat, foyda va zararlar schotlari kesimlarida qayd etish, guruhlash va jamlash. 2.HISOB REGISTRLARINING TASNIFI VA TAVSIFI Amaliyotda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini qayd etish, guruhlash va jamlashda qo‘llanilayotgan axborot tashuvchilarni nomi, shakli, maqsadi, yuritilish tartibi va boshqa jihatlariga qarab har xil turlarga ajratish mumkin. Nomlanishiga ko‘ra hisob registrlari quyidagilarga bo‘linadi: 1. Kitoblar 2. Jurnal-orderlar 3. Qaydnomalar 4. Memorial-orderlar 5. Kartochkalar 6. Mashinogrammalar 1.Kitoblar –bular xo‘jalik operatsiyalarini qayd etish uchun mo‘ljallangan hisob varaqalarini o‘z ichiga olgan, muqovalangan va tikilgan hisob registrlari. Ularga misol etib Kassa kitobini, Bosh kitobni, ish haqi haqi kitobini, asosiy vositalar hisobi kitobini, kelib tushgan yuklarni qayd etish kitobini va boshqalarni keltirish mumkin. Ushbu hisob registrlarining afsalligi shundaki, ular u yoki bu ma’lumotlarni bir necha hisobot davri uchun o‘zida mujassamlashtiradi, bu ma’lumotlarni yo‘qolib ketmasligiga, yaxshi saqlanishiga imkon beradi. Shu bilan birga ular faqat qo‘lda yuritishga mo‘ljallangan, zamonaviy kompyuterlarning imkonlaridan bu kitoblarni aynan shu ko‘rinishida uchun foydalanib bo‘lmaydi. Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan kitoblar ichida muhim rolni Bosh kitob o‘ynaydi. Ushbu kitob hisobot yilining boshida ochiladi, unda har bir schetga alohida varaq ajratiladi. Kitobga yozuvlar oyma-oy ularga ajratilgan qatorlarda ko‘rsatiladi. Bosh kitobda schetlarning debet tomoni yozuvlari barcha korrespondensiyalanadigan kredit schetlar bo‘yicha aks ettiriladi, kredit tomoni yozuvlari jamlangan holda ko‘rsatiladi. Download 23.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling