Buxgalteriya hisobi schotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi Reja


Download 67.59 Kb.
bet7/9
Sana13.04.2023
Hajmi67.59 Kb.
#1350314
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi schotlaridagi ikkiyoqlama yozuv va uning asoslanishi.docx22222

Ikkiyoqlama yozuv tizimi 1
Har bir operatsiyani amalga oshirishda hisob siyosatida ikki tomonda yozuv tizimidan foydalaniladi , bir tomoni debit boshqa tomoni kredit tomon hisoblanadi. Bu yozuv tizimi ikkiyoqlama yozuv tizimi deb nomlanadi. Ikkiyoqlama yozuv tizimi juftlik holda hisobotda avtomatik tarzda balans aks etishiga yordam beradi. Balansdagi qaydlar har bir debit yoki kredit ko’rsatkichlarida katta yoki kichik qiymat sababli noto’g’ri qayd etilishi mumkin.
Ikkiyoqlama yozuv haqida tushunchaga ega bo’lish uchun hisobdagi debit va kredit qoidalarini bilishimiz kerak. Debit ma’nosi kirim qilish yoki qabul qilingan qiymat, kredit ma’nosi chiqim yoki berilgan qiymat. T-hisob tizimida ko’rsatilgandek debit hisobning chap tomonida, kredit esa o’ng tomonida ifoda etiladi, quyidagicha diagrammalanadi:

XXX hisob:
Debit Kredit


Ko’plab bosh jurnallar hisobot shaklida ko’rsatiladi.
3. Sintetik va analitik (tahliliy) hisob
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘larning holati turli tuman bo‘lib, ularni to‘liqligini nazorat qilish buxgalteriya hisobi zimmasidadir. Mablag‘larni turlari bo‘yicha hisobga olishda buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Har bir schyot bir turli mablag‘lar harakatini hisobga olish uchun belgilangandir.
Masalan: «Kassa» schyotida faqat kassadagi pul mablag‘larining kirim-chiqimi hisob-kitob qilinadi va bu to‘g‘risida to‘liq ma'lumot olish imkonini beradi.
Demak, schyotlar yordamida xo‘jalik yurituvchi subyektlar zimmasidagi mablag‘lar harakati turlari bo‘yicha nazorat qilinadi. Nazorat ishlarida mablag‘lar harakati o‘lchov birliklari bo‘yicha va pul ifodasida olib boriladi.
Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z mablag‘larini to‘liqligini, undan samarali foydalanishni nazorat qilib borish maqsadida sintetik va analitik hisob schyotlaridan foydalanadi. Sintetik schyotlar deb, xo‘jalik mablag‘lari harakatini va ular tashkil topish manbalari holati haqidagi ma'lumotlarni umumlashtirib, pul o‘lchov biriligida aks ettiriladigan schyotlar tizimiga aytiladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa, sintetik hisob deb ataladi.

Download 67.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling