Buxgalteriya hisobi schyotlaridagi ikki yoqlama yozuv va uning asoslanishi


Download 118.5 Kb.
bet1/3
Sana19.04.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1367015
  1   2   3
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARIDAGI IKKI YOQLAMA YOZUV VA UNING ASOSLANISHI


BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARIDAGI IKKI YOQLAMA YOZUV VA UNING ASOSLANISHI
Reja:



  1. Schyotlarning tuzilishi va ularning turkumlanishi.

  2. Korxona balansiga ta`sir qiluvchi xujalik operatsiyalari va ularni guruxlash.

  3. Ikkiyoqlama yozuvning iqtisodiy mazmuni va mohiyati.

  4. Foydalanilgan adabiyotlar



Schyotlarning tuzilishi va ularning turkumlanishi


Korxona xujalik faoliyatini yuritish davomida ma`lum turdagi operatsiyalarni amalga oshiradi. Buxgalteriya xisobining asosiy vazifasi ushbu jarayonlarni xujjatlarda aks ettirishdir.


Korxona faoliyatida sodir bulgan operatsiyalar darxol ma`lum xujjatlarda kayd qilinib boriladi. Bu jarayonlarni xujjatlashtirish-da ularni soddalashtirib yozish talab etiladi. Buning uchun korxona xujalik mablaglari, ularnig manbalari, majburiyatlar va xujalik jarayonlari shartli rakamlarda ifodalanadi. Ushbu rakamlarni schyotlar deb ataladi.
Shunday qilib, buxgalteriya xisobi schyotlari - bu korxona xujalik mablaglari va operatsiyalarni nazorat qilish va iqtisodiy jixatdan guruxlash usulidir.
Buxgalteriya xisobi schyotlarida korxona xujalik mablaglari, ularning manbalari va operatsiyalar pul birliklarida xisobga olinadi. Demak ushbu mablaglar va operatsiyalar kupayishi yoqi kamayishi mumkin. Bu xolat, albatta, schyotlarda aks ettiriladi. Masalan, korxona kassasidagi nakd pullar 50 "Kassa" schyotida xisobga olinadi. Balansning aktiv kismida joylashgan va xujalik mablaglarini ifodalovchi schyotlar aktiv schyotlar, passiv kismida joylashgan va mablaglar manbasi xamda majburiyatlarni ifodalovchi schyotlar passiv schyotlar deb ataladi.
Buxgalteriya xisobi schyotlari T shaklidagi chizmadan iborat bulib, chap kismi debet va ung tomon kredit deb nomlanadi.
Xar bir schyot aloxida xar bir oy boshida yangi ochiladi va korxona mablagi va manbalari manbasi mikdorini ma`lum chisloga kursatib beradi. Bu xolat schyotning boshlangich koldigi (saldo) deb ataladi.
Aktiv schyotlarda boshlangich koldik debet tomonida, passiv schyotlarda esa kredit tomonlarda joylashgan buladi. Demak aktiv schyotlar buyicha korxona xujalik mablaglari mikdorining kupayishi debet tomonda, kredit tomonda esa kamayishi kayd qilinadi.



Д-т 01 "Асосий воситалар" К-т

С - бошлангич колдик




Қ
(купайиш)



-
(камайиш)















Shunday qilib, joriy oy davomida schyotlarda uzgarish mos ravishda ularning debet va kredit tomonlariga yozib boriladi. Joriy oy yakunida schyotning debet va kredit tomonlaridagi operatsiyalar summalari kushilib, schyotning debet yoqi kredit tomon oborotlarini tashqil qiladi. Bu jarayon korxonaga kelib tushgan mablaglar - aktiv schyotlarning debet tomoni - va sarflangan mablaglar - aktiv schyotlarning kredit tomoni - mikdorini anglatadi. Passiv schyotlarda esa bu xolat aksinchadir.


Schyotning debet va kredit oborotlari summasidan kelib chikkan xolda uning oy yakuniga bulgan yakuniy koldigi aniklanadi. Bu jarayon akti schyotlarda kuyidagi formula orkali aniklanadi:
қ Қ -

Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling