Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Buxgalteriya hisobi va audit 221-guruh talabasi Nematov Muxammadjonning “Biznes Matematika” fanidan “Sarmoya jarayonlari tahlili ’’ mavzusiga yozgan
MUSTAQIL ISHI
Tekshirdi: A.Adilov
Bajardi:M.Nematov
Mavzu: Sarmoya jarayonlari tahlili . Reja 1. Bоshlаng’ich sаrmоyali vа o’zgаr-mаs dаrоmаd chеkli lоyihаlаr хаrаktеristikаlаrini hisоblаsh.
2. Qаrzni yopish muddаtini аniqlаsh.
3. Sаrmоya miqdоrini аniqlаsh. Jаrаyonlаr хаrаktеristikаlаrining fоiz stаvkаsigа bоg’liqligi.
Bоshlаng’ich sаrmоyali vа o’zgаr-mаs dаrоmаd chеkli lоyihаlаr хаrаktеristikаlаrini hisоblаsh. Normal iqtisodiyotda ichki moliyaviy sferada mablag’ni aylantirish bilan katta daromad olish mumkin emas. Sarmoya kiritish yo’li orqali mablag’ni ko’paytirish mumkin. Buning uchun sarmoya jarayonlarini tahlil qilishni bilish kerak. Bunday jarayonlar – to’lovlar oqimidir, bunda sarmoya manfiy, daromadlar musbat deb qabul qilinadi.
Ba’zi umumiy tushunchalarni qaraymiz. Aytaylik {Rk tk - sarmoya jarayoni bo’lsin, bunda Rk to’lov, tk momentdagi to’lovlar oqimi. Agar Rk musbat bo’lsa – bu daromad, manfiy bo’lsa xarajat yoki sarmoya. Jarayon chekli deyiladi, agar oxirgi to’lov mavjud bo’lsa, aks holda cheksiz deyiladi.
Keltirilgan sof daromad NVP (net present value) deb i foiz stavkadagi 0 ga qadar diskontirlangan barcha to’lovlar oqimining algebraik yig’indisiga aytiladi.
. NPV =
jarayon chekli bo’lgan hol uchun jamg’arilgan sof daromad NFV(Net Future Value) ni aniqlash mumkin. Uning qiymati i foiz stavka bo’yicha oxirgi tn to’lovgacha diskontirlashgan to’lovlar oqimining algebraik yig’indisidan iborat.
NFV =
Ravshanki, NFV=NPV
Agar NPV>0 bo’lsa jarayon qoplanadi deyiladi. Biz faqat 0 momentdagi sarmoya jarayonlarini qaraymiz, boshqa to’lovlar musbat, ya’ni bular daromadlar bo’lgan holni qaraymiz. Bunday jarayonlar xarakteristikalaridan biri jarayonning ichki samaradorligi q , ya’ni eng kichik musbat son, q stavka bo’yicha 0 momentga diskontirlangan to’lovlarning algebraik yig’indisi 0 ga teng.
=0
Do'stlaringiz bilan baham: |