Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun ishlab chiqarish malakaviy amaliyot hisobotini yozish bo’yicha ishchi daftari. Toshkent, 2022. Taqrizchilar: Quljonov. O


Download 470.5 Kb.
bet22/25
Sana07.03.2023
Hajmi470.5 Kb.
#1246863
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
ISMOILOV XASAN

"TASDIQLAYMAN"

DIREKTOR


Xasanov Otaniyoz Sattarovich


т/р

Xarajatlar nomi

narx

O’lchov birligi

Meyordagi sarfi

Narxi (so’m)

1

Xom ashyolar


-

-

-

1.1






1.2






2

Mehnatga xaq to’lash







2.1

Ishlab chiqarish asosoiy ish haqi

So’m

10000000

9000000

19000000

2.2

Qo’shimcha ish haqqi

So’m

-



2.3

Ijtimoiy sug’urta

So’m

-

-

-

3

Ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlar





3.1

Amartizatsiya

So’m

-

-

-

3.2

Umumiy ishlab chiqarish xarajati

So’m

15000000

-

15000000

3.3

Transport

So’m

-

-

-

4

Jami ishlab chiqarish tannarxi

So’m




5

QQS

So’m

200000

200000

200000







6

Davr xarajati

So’m

45000000

-

-

7

Rejalik foyda

So’m

-

-

-

8

Foyda solig’i

So’m
















9

Shartnoma baxosi

So’m

600000000

600000000


"16" may 2022 y


Bo’lim bo’yicha xulosa:
Xo‘jalik faoliyati natijalarini uzoq bo‘lgan vaqtlar uchun har tomonlama va mukammal taxlil qilishni faqat balans va hisobot yordamidagina amalga oshiriish mumkin. Shu bilan, buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan usullar mohiyatini ko‘rib chiqishga yakun yasaymiz. SHunday qilib, buxgalteriya hisobining metodi quyidagi usullardan iborat ekan: hujjatlashtirish va qayta sanoqdan o‘tkazish, baholash va kalkulatsiya, schyotlar va ikkiyoqlamali yozuv, balans va hisobot. Bu usullardan ba’zi birlari xo‘jalik hisobining boshqa turlarida ham keng qo‘llaniladi. Jumladan, keng miqyosda hujjatlashtirish, baholash, kalkulatsiya, 48 hisobot va ma’lum darajada balansli usul qo‘llaniladi. Buxgalteriya hisobining amaliyotida barcha usullar ajralgan holda emas, balki yagona butunlikning bir qismi sifatida quyidagi ketma-ketlikda qo‘llaniladi.


11-MAVZU: BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH
Buxgalteriya hisobini tashkil etishini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi xujjatlar
Hozirgi davrda xo‘jalik yurituvchi subektning faoliyatidagi sodir bo‘lgan muomalalarni kompyuterlashtirish muhim ahamiyatga ega, chunki ushbu voqealarni tezkor jamlash, ishlov berish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning natijalarini baholash muhim ahamiyatga ega.
Izoh: Boshqarmaga oid qarorlar bu menejerning aniq boshqarish faoliyati natijasidir. Qaror qabul qilish boshqarish asosidir. Qaror ishlab chiqib qabul qilish har bir satxdagi rahbar faoliyatining ijodiy jarayonidir. Bunga quyidagilar kiradi:
- maqsadni ishlab chiqish va maqsadni qo’yish;
- olingan ma’lumotlarga asosan muammolarni o’rganib chiqish;
- samaradorlik me’zonini tanlash va asoslash;
- muammoni yechishning har xil variantlarini mutaxassislar bilan muhokama qilish;
- optimal qarorlarni tanlash va ifodalash;
- qaror qabul qilish;
- ijrochilar uchun qarorlarni aniqlashtirish.
Menejment texnologiyasi boshkarmaga oid qarorlarni 3 bosqichdan iborat bo’lgan jarayon sifatida qaraydi: qarorni tayyorlash; qaror qabul qilish; qarorni amalga oshirish.
Qarorni tayyorlash bosqichida holatning mikro- va makrodarajadagi iqtisodiy tahlili o’tkaziladi, bunga axborotlarni qidirish, yig’ish va ishlov berish hamda yechilishi kerak bo’lgan muammolarni ifodalash kiradi.
Qarorni qabul qilish bosqichida harakatning alternativ yechimlari va yo’nalishlarini ko’p variantli hisob – kitoblar yordamida ishlab chiqish va ularga baho berish, optimal qarorlarni tanlash me’zonlarini aniqlash, eng yaxshi qarorlarni tanlash va qabul qilish amalga oshiriladi.
Qarorni amalga oshirish bosqichida esa qarorni chuqurroq aniqlashtirish va uni ijrochilarga yetkazish, qarorni bajarilishini nazorat qilish, zarur bo’lsa ba’zi bir o’zgartirishlar kiritish, qaror bajarilishi natijasida olingan natijalarga baho berish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilish usullari:
- rahbar malakali ekanligi, shu faoliyat bilan yaqindan tanish
ekanligi asosida, sezgirlikka (intuisiyaga) asoslangan usul;
- qator yillar davomida egallagan tajribaga asoslanib, ketma-ket
isbotlarni keltirib, sog’lom fikrlash orqali qaror qabul qilish usuli;
- ko’plab axborotga ishlov berish asosida, optimal yechimni tanlashni
nazarda tutadigan, qabul qilinadigan qarorlarni asoslashga yordam beradigan, ilmiy – amaliy yunaltirishga asoslangan usul.
Menejmentning Amerikacha uslubi bu uzoqni ko’zlash, shuning uchun istiqbolga rejalanadi, bashorat etiladi, marketing ishlatiladi, chunki iste’molchini yaxshiroq bilish kerak, uning tabiatiga moslashish kerak, oldindan bozorning o’zgarishiga e’tibor qilish kerak va ishlab chiqarish sohasida o’z vaqtida zarur bo’lgan qarorlar qabul qilish kerak.
Amerika firmalarning boshqaruv falsafasi shundan iboratki, firma hodimi yoki ishchisining maqsadi firma maqsadi bilan mos tushadi. Ana shu asosda quyidagi prinsip amalga oshadi: menejer har bir xodimni yaqindan bilish zarur. Firmaning asosiy masalalaridan yana biri - kapital quyilmalarni to’g’ri, samarali ishlatish va yangi mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Yangi mahsulot yaratishda qabul qilinadigan qarorlar jarayoni 4 ta ketma-ket bosqichdan iborat:
1. Yangi mahsulot yaratish g’oyasi yoki maqsadi va konsepsiyasi ishlab
chiqiladi;
2. Yangi mahsulot bo’yicha qo'mita shu yangi mahsulotni ma’qullasa,
marketing mutaxassislari, texnolog mutaxassislari tomonidan bu yangi mahsulot ishlab chiqariladi. Buyumning dastlabki ishlab chiqarilgani ishlab chiqarish bo’yicha injenerlar tomonidan o’rganiladi va bitta mahsulot necha pul bo’lishini, uning sotiladigan narxini, foydani, sotilish hajmini, rentabelligini va hokazolarni tahlil qiladi. Undan keyin mahsulotning oxirgi varianti va sotish rejasi yangi mahsulotlar bo’yicha qumitaga yakuniy tasdiqlash uchun taqdim qilinadi.
3. Yangi mahsulot laboratoriyada va «bozorda» sinovdan o’tkaziladi.
Sinov natijasida, zarur bo’lsa, ba’zi bir o’zgartirishlar kiritiladi va uni bozorga joriy qilish uchun kengaytirilgan rejasi tuziladi. Shu bilan birga, shu mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarish uchun pul bilan ta’minlanishi hal qilinadi.
4. Uzluksiz, kengaytirilgan masshtabda mahsulotni ishlab chiqarishga
o’tiladi. Bu bosqichda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
a) mahsulot sifatini nazorat qilib borish;
b) xom ashyoning zaxiralarini yaratish;
v) material va komplekt qismlarni zapas qilib turish;
g) reklama qilib turish;
d) ulgurji savdo tizimini yaratish;
ye) savdoni rag’batlantirib turish.
Qaror qabul qilishda umumiy boshqaruv deganda, qaror qabul qilish jarayoni bitta umumiy rahbar qo’lida deb tushuniladi. U esa o’z navbatida yuqori rahbarga buysunadi. Bu yerda, qarorni qabul qilishda iyerarxiya hosil bo’ladi, ya’ni har bir rahbar o’zining rahbari bilan maslahatlashadi. Qaror qabul qilish qoidalari yoki normativlari odatda firmaning o’zida ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi. Bu qoidalarda aniq sharoitlarda qarorlar qabul qilishda kerak bo’lgan harakatlar ko’rsatiladi. Bu qoidalarning maqsadi har hil bo’linmalarni o’zaro muvofiqlashtirish. Bu qoidalar 3 turga bo’linadi: operativ, strategik, tashkiliy.
Operativ qoidalar – bu o’rta boshqaruv zvenolarda ishlatiladigan har hil instruksiyalar.
Strategik qoidalar – bu ishlab chiqarilgan mahsulotlar turini aniqlash, xizmat turini aniqlash, narxlar o’rnatish usullari, sotish shart-sharoitlarini ishlab chiqish masalalari kiradi.


Download 470.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling