Buxgalteriya hisobi va audit bakalavriat yo’nalishi talabalari uchun ishlab chiqarish malakaviy amaliyot hisobotini yozish bo’yicha ishchi daftari. Toshkent, 2022. Taqrizchilar: Quljonov. O


Download 470.5 Kb.
bet23/25
Sana07.03.2023
Hajmi470.5 Kb.
#1246863
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
ISMOILOV XASAN

Bo’lim bo’yicha xulosa:
Tashkiliy qoidalar mahalliy yoki davlat qonunlariga asoslanadi. Bunga firma faoliyatining maqsadi va harakterini aniqlash, uni davlat tashkilotlari bilan munosabati, firma nizomi, huquqiy shakllari kabi masalalarni o’z ichiga oladi. Bu qoidalar firmaning egasini, uning huquqi va javobgarligini, dividendlar o’lchovini, yuqori boshqaruvchilarning maoshi va premiyalarini, okladlar sxemasini, kapital quyilmalar limitini va boshqalarni belgilaydi.
Rejalar boshqarishning qarorlarini qabul qilishda har hil bo’linmalarning faoliyatini o’zaro mavofiqlashtirish vositasidir.
Ikki tomonlama qarorlar qabul qilishda bir sathdagi rahbarlarni yuqoridagi rahbarlar bilan maslahatlashmasdan individual harakatlar natijasida qabul qilingan qarorlar.
13-MAVZU: TRANSFERT BAHONI SHAKLLANTIRISH VA KORXONANING SEGMENTAR HISOBOTI
Buxgalteriya hisobini tashkil etishini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi xujjatlar
Respublikamizda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida sotiladigan mahsulot (ish va xizmat)larga ilmiy asoslangan baho siyosatini ishlab chiqish boshqaruv hisobining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Izoh: Amaliyotda har bir korxona o'z mahsulotini ishlab chiqara boshlashidan avval qancha foyda olishi mumkinligini rejalashtiradi. Korxona foydasi mahsulot bahosi va uni ishlab chiqarishga sarflanadigan haqiqiy xarajatlarga bevosita bog'liq bo'ladi. Ushbu holatda mahsulot bahosi ishlab chiqaruvchi yoki xaridor xohishi bo'yicha baland yoki past bo'lishi mumkin emas, u talab va taklif asosida tartibga solib borilishi lozim.
Inflyasiya jarayonida, yani, baholarning o'sishi sodir bo'layotgan paytda pulning foydaliligi pasayib boradi. Shu sababli, bunday sharoitda barcha hisob-kitoblar qiyosiy yoki bazis davr baholarida amalga oshirilishi zarur, aks holda, noto'g'ri ma'lumotlar asosida oqilona moliyaviy boshqaruv qarorlari qabul qilib bo'lmaydi. Shu nuqtai-nazardan qiyosiy baholardan foydalanish moliyaviy menejmentdagi barcha hisob-kitoblarga tegishli talab hisoblanadi. Bunda bir o'lchamning o'zgarishi ikkinchi o'lchamning o'zgarishiga qanday tasir etishi tahlil qilinadi.
Ishlab chiqarishning hajmi va baholar darajasi turlicha bo'lgan holatda foyda summasini solishtirishning bir nechta varianti mavjud. Mahsulotning qo'shimcha birligini ishlab chiqarish umumiy tushumning ma'lum bir birlikda oshishiga olib keladi va u cheklangan tushum deyiladi. Bunda o'z navbatida xarajatlar miqdorining ham bir birlik miqdorida oshishi kuzatiladi va u cheklangan xarajatlar, deb ataladi. Maksimal foyda cheklangan tushum bilan cheklangan xarajatlar bir-biriga teng bo'lgan yoki ular bir-biriga maksimal darajada yaqinlashgan holda yuzaga keladi.
Foydalilikning cheklanganligi nazariyasiga muvofiq, ishlab chiqarishning o'sishi tufayli cheklangan tushum cheklangan xarajatlarga nisbatan tezroq suratlarda o'sib borgunga qadar foyda hajmi o'sib boraveradi, biroq cheklangan xarajatlar cheklangan tushumdan oshib ketgan paytda mahsulot ishlab chiqarishni qisqartirish zarur. Shunday qilib, cheklangan xarajatlarning cheklangan tushumga yaqinligi (maksimal) eng yuqori darajada taminlanganda yoki unga tenglashtirilganda mahsulot ishlab chiqarishning hajmi va bahosi ishlab chiqaruvchini eng yuqori (maksimal) foyda bilan taminlaydi.


Download 470.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling