Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shakl II kurs talabalari uchun Termiz 2022


Download 278 Kb.
bet13/23
Sana17.07.2023
Hajmi278 Kb.
#1660692
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
2-kurs amaliyot kunduzgi (3)

Jami

30



Izoh: Amaliyot obyektlarida haftasiga 5 ish kuni borligi hisobiga haftaning shanba kunlarida talaba olgan ko’nikmasi va amaliy ma’lumotlar asosida ilmiy rahbar bilan ishlab,hisobot tayyorlashi maqsadga muvofiq.


1. Budjet hisobi va nazorati faoliyatini tashkil etish asoslari
Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi kerak:
-Budjet hisobi va nazoratining amalda qo’llanilishi bilan tanishish;
-Budjet tashkilotlari (jumladan, Moliya vazirligi G’aznachiligi) tizimi bilan tanishish;
- Budjet tashkilotlarining tashkiliy tuzilishi, bo’limlarining asosiy faoliyatlari bilan tanishish;
- Budjet tashkilotlarida hisob va nazorat amaliyoti bo’limi faoliyati bilan yaqindan tanishish;
2. Budjet hisobi va nazoratining me’yoriy- huquqiy asoslari
Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi kerak:

  • O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining Budjet tizimini tartibga solish tavsiflari bilan tanishish;

  • O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat moliyasini boshqarishni isloh qilish” loyihasini amalga oshirishga tayyorlanish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori, “Davlat Budjetining g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (2007 yil 28 fevral, PQ-594-son) bilan tanishish;

  • “Budjet tashkilotlarida buxgaltriya hisobini yuritish tartibi” bilan tanishish;

  • Budjet hisobi va nazoratining mazmuni bilan tanishish;

  • Davlat Budjetining ijrosi va nazorati boyicha boshqa amaldagi me’yoriy- huquqiy qonun hujjatlarining mazmuni bilan tanishish;

3. Budjet tizimida moliyaviy majburiyatlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish nazorati amaliyoti tahlili
Tanishuv amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi kerak:
O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28 fevraldagi PQ-594-son “Davlat Budjeti g’azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 20 martdagi 53-son “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G’aznachiligi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Yagona g’azna hisobvarag’ini qo’llash orqali O’zbekiston Respublikasining Budjet tizimi Budjetlari, shuningdek, boshqa maqsadli jamg’armalar Budjetlarining daromad va xarajatlarining gazna ijrosini amalga oshirish tartibi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2016 yil 22 dekabrda 2850-son raqami bilan ro’yhatdan o’tgan “O’zbekiston Respublikasi Budjet tizimi Budjetlarining g’azna ijrosi qoidalari” asosida g’aznachilik organlarida xarajatlar smetalari va ularga kiritilgan o’zgarishlarni ro’yhatga olish tartibi. 1- va 2- guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish va hisobga olish tartibi. 3-guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish va hisobga olish tartibi. 4- guruh xarajatlari bo’yicha yuridik majburiyatlarni ro’yhatdan o’tkazish va hisobga olish nazorati tartibi. Budjet tashkilotlari Budjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha yuridik majburiyatlarni hisobga olish tartibi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilish bo’yicha shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va hisobga olish. Buyurtmachilarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar (pudratchilar) bilan shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazishda va hisobga olishda narx yechimi hamda narxlar monitoringini amalga oshirish nazorati tartibi.
Ushbu mavzu bo’yicha Tanishuv amaliyoti hisobotiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

  1. G’aznachilik organi va uning hududiy bo’limlarining hisobotlari, ular asosida tahliliy jadvallar;

  2. So’nggi 3 yildagi tuman (viloyat) mahalliy Budjetining rejasi va ijrosi to’g’risidagi statistik ma’lumotlar;

  3. Yuridik majburiyatlar shakllanishida talab etiladigan hujjatlar va ma’lumotnomalar;




Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling