Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi shakl II kurs talabalari uchun Termiz 2022


Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi


Download 278 Kb.
bet19/23
Sana17.07.2023
Hajmi278 Kb.
#1660692
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
2-kurs amaliyot kunduzgi (3)

Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi

Amaliyot davrida talaba quyidagilarni o`rganishi kerak:
Banklarda balansdan tashqari operatsiyalar hisobi mazmuni. Bank kafolatlari va ularning hisobi. Muddatli bitimlar va ularning hisobi.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagilar ilova qilinadi:

  • Balansdan tashqari operatsiyalarga doir hujjatlar nusxalari;

  • Kreditlar bo`yicha kafolatlari hujjatlari nusxalari ;

  • Muddatli bitimlar hujjatlari nusxalari ;



Bank buxgalteriya hisobotlari va hisobotini tayyorlash
Amaliyot davrida talaba quyidagilarni o`rganishi kerak:
Bank buxgalteriya hisobotlarining ahamiyati va turlari. Joriy buxgalteriya hisobotining mazmuni. Yillik hisobotning mazmuni, uni tuzish va tasdiqlash tartibi. Bank kunlik balansi mohiyati va tuzish tartibi. Tijorat bankarining moliyaviy hisobotlari.
Hisobotga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagilar ilova qilinadi:

  • Kunlik balans nusxalari;

  • Oylik, choraklik, yillik balans hisobotlari nusxalari ;

  • Tijorat bankarining moliyaviy hisobotlari (foyda va zararlar , bank kapitali, asosiy vositalar harakati to`g`risida va boshqalar);

IV. TANISHUV AMALIYOTINI O‘TASH JARAYONIDA TALABANING MAJBURIYATLARI
Tanishuv amaliyotni o‘tash davrida talaba tegishli moliya bo‘limida o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishi kerak. Mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va Tanishuv sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy rioya qilishi zarur. Amaliyot o‘tayotgan talaba amaliyot dasturida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni bajarishi, yo‘riqnoma, xatlar va boshqa barcha huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda ulardagi o‘zgarishlar bilan tanishib borishi lozim. Amaliyot davomida talaba institut dekanati tomonidan berilgan kundalikni yuritib, unda har kuni bajargan ishlarini yoritib borishi lozim.
Har bir ish kunining oxirida amaliyot joyidagi rahbar talabaning kundalik daftariga o‘z imzosini qo‘yish orqali tasdiqlaydi.
Talaba amaliyot o`tash joyida amalga oshirgan kunlik amaliyot ishlarini umumlashtirib, amaliyot muddati tugagach, hisobot tayyorlaydi (bo‘lim va sho‘balarning tavsifi hamda ularga tegishli ilovalar). Hisobotning hajmi mundarija, xulosa va ilovalardan tashqari, kamida 30 betni tashkil etishi lozim. Tayyor bo‘lgan hisobot kafedra tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak:

  • kirish;

  • har bir bo‘limda ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan mavzular va savollar to‘liq ochib berilgan amaliyot natijalari;

  • amaliy ma’lumotlar (jadval, chizmalar);

  • amaliyot o`tash joyida foydalaniladigan hujjatlardan namunalar;

  • xulosa;

  • ilovalar.

Talaba amaliyot obyektidan kundalikni (amaliyot joyiga kelganligi va amaliyot bo‘yicha yakuniy xulosani mas’ul xodim imzosi va muhr bilan tasdiqlatishi) rasmiylashtirishi kerak.
Talaba o‘z xulosalari, taklif va tavsiyalarini shakllantiradi va bayon qiladi, amaliyot davomida egallangan ko‘nikma va malakalarni sanab o‘tadi, amaliyot bo‘yicha hisobotni yakuniy loyihalash ustida ishlaydi, amaliyot o’talgan mavzular bo‘yicha barcha materiallarni tizimlashtiradi, amaliy materiallar va hujjatlar namunalari va nusxalarini ilovalarda taqdim etadi, belgilangan tartibda tahliliy jadvallar, rasm va diagrammalar tuzadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi, amaliyot kundaligini amaliyot joyidan xulosa, imzolar va muhrlar bilan rasmiuylashtiradi, bir papkaga (skorosshivatel) kundalikni, tavsiya etilgan mavzular ketma-ketligida yozilgan tahliliy xulosalrni, ilova qilinizi lozim bo’lgan amaliy materiallarni tizimlashtiradi.



Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling